O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI IJTIMOIYFANLAR KAFEDRASI Magistratura 1 kurs “Umumiy onkologiya” yo’nalishi rezidenti Nortojiyev Dilshod Berdiyorovichning “ Kuchli ijtimoiy siyosat: mohiyat va imkoniyatlar” mavzusidagi bajargan MUSTAQIL ISHI Qabul qildi: Norqulov D.T.
Toshkent – 2023 Kuchli ijtimoiy siyosat: mohiyat va imkoniyatlar
Reja:
1.Aholi bandligini ta’minlash va ishsizlikni kamaytirish bo‘yicha zaruriy chora tadbirlar.
2.Xotin-qizlar va yoshlarni ish bilan ta’minlash darajasini oshirish, ular tadbirkorligini rivojlantirish.
3.Nuroniylarni xar tomonlama qo‘llab- quvvatlash.
Yangi O‘zbekistonni o‘z hayotidan rozi, baxtli insonlar mamlakatiga, har tomonlama rivojlangan ijtimoiy makonga aylantirish ushbu yo‘nalishdagi islohotlarning asosiy maqsadidir.
Yangi O‘zbekistonni o‘z hayotidan rozi, baxtli insonlar mamlakatiga, har tomonlama rivojlangan ijtimoiy makonga aylantirish ushbu yo‘nalishdagi islohotlarning asosiy maqsadidir.
Biz ushbu jabhadagi ezgu ishlarimizni davom ettirib, ijtimoiy adolat tamoyili asosida aholining yordamga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni bartaraf etishni davlat siyosati darajasiga ko‘tardik. O‘zbekiston tarixida ijtimoiy soha bo‘yicha bunday keng ko‘lamli ishlar ilgari hech qachon bo‘lmagan.
Bugungi kunga kelib ijtimoiy nafaqa bilan ta’minlanadigan aholi soni qariyb 1,5 barobar oshirildi. Ushbu toifani qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiyotimizni tiklash uchun davlat budjetidan nihoyatda katta mablag‘ ajratildi.
Keyingi paytda uyma-uy yurib o‘rganish orqali aholini ijtimoiy himoya qilish, ehtiyojmand oilalarni aniqlashning o‘ziga xos fuqarobay va mahallabay yangi tizimi shakllantirildi. Shuningdek, moddiy yordam va ko‘makka muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan oilalarning farzandlarini va nogironligi bo‘lgan bolalarni qishki kiyim-bosh to‘plamlari, maktab formasi va o‘quv qurollari bilan ta’minlash maqsadida moddiy yordam ko‘rsatilmoqda.