O‘zbekistonda bu borada yetarli tajriba to‘plangan, ijtimoiy himoya sohasida aynan davlat va xususiy sherikchilik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, resurslarni fuqarolar o‘rtasida maqsadli qayta taqsimlash, ijtimoiy siyosat tizimida esa ijtimoiy ta'minot, ijtimoiy himoya, ijtimoiy yordam markaziy o‘rin egallaydi. Mamlakatimizda davlat byudjeti xarajatlarining 60 foizi ijtimoiy-madaniy sohaga: ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, aholining kam ta'minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalashga yo‘naltiriladi. Zero, milliy qadriyatlarga tayanish, o‘zaro yordam va aholini qo‘llab-quvvatlashning jamoaviy shakllari xalqimizning bu boradagi o‘ziga xos qadriyatlaridan biridir. Xususan, mahalla instituti mazkur yo‘nalishda alohida o‘rin tutadi.
Bugun yurtimizda inson omili oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning “Odamlar ertaga emas, bugun baxtli yashashni istaydilar”, degan tamoyilni ilgari surishi va buni bugungi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishiga aylantirishida ham aynan shu mazmun-mohiyat mujassamdir. Mazkur prinsip ijrosi o‘laroq, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan insonparvar siyosat odamlar hayotiga yangicha mazmun baxsh etmoqda. Xususan, aholining talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, qishloq joylarda yangilangan namunali loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish bo‘yicha dasturning qabul qilingani odamlar qalbida yashash va ishlashga bo‘lgan qarashlarni o‘zgartirib yubordi.