O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi ijtimoiy


Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini samarali tashkil qilish, nafaqadagi otaxonlar va onaxonlarni qaddini ko‘tarish hamda ularga har tomonlama yordam berish masalalari



Yüklə 44,81 Kb.
səhifə3/11
tarix14.12.2023
ölçüsü44,81 Kb.
#177347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
mustaqil ish dilshod

Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini samarali tashkil qilish, nafaqadagi otaxonlar va onaxonlarni qaddini ko‘tarish hamda ularga har tomonlama yordam berish masalalarida ham kamchiliklar mavjud.

Soha rivojini ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgan va ortiqcha qog‘ozbozlik bilan bog‘liq bo‘lgan ba’zi nomutanosib holatlar davlat ijtimoiy xizmati yoki yordamini taqdim etish vaqtini qisqartirish imkoniyatini bermayotganini ko‘pchilik mulozimlar yaxshi biladi. Ammo shunga qaramasdan bunday noxush vaziyat davom etayotganini qanday tushunish mumkin?

Ijtimoiy sohani takomillashtirish va bu boradagi islohotlar bilan aloqador bo‘lgan idoraviy axborot tizimlari, elektron resurs va ma’lumotlar bazalari mavjud emasligi ham bu boradagi ishlarimiz rivojiga xalal bermoqda.

Mamlakatimizning ko‘plab hududlaridagi mehnat bozorida doimiy ish o‘rinlari mavjud emasligi va shu bilan birga yoshlar, xotin-qizlar, kam ta’minlangan oilalar a’zolari bandligini to‘la-to‘kis ta’minlashga erishilmagani ham ijtimoiy sohaga doir islohotlar samarasini kamaytirmoqda.

Ushbu sohada nogironlar, boquvchisini yo‘qotganlar va yordamga muhtoj aholi qatlami uchun maslahat-axborot berish xizmatlari va boshqa zarur xizmatlar darajasi pastligi, mazkur yo‘nalishda uchrayotgan kamchiliklar va nuqsonlarni bartaraf etish zarurati bizni albatta bezovta qilishi kerak.

Ayniqsa, nogironlar uchun protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalarining yetishmovchiligi, ba’zi hollardaularning bahosining yuqoriligi bilan bog‘liq muammolar ham mavjud.

Ayniqsa, nogironlar uchun protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalarining yetishmovchiligi, ba’zi hollardaularning bahosining yuqoriligi bilan bog‘liq muammolar ham mavjud.

Ayni paytda tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, “Muruvvat” va “Saxovat” internat-uylarida vasiylikka olinganlarning turmush sifatini yaxshilashga qaratilgan tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirish, ularning reabilitatsiyasi va ijtimoiylashuvi samaradorligini oshirish vazifalari ham dolzarblashmoqda.


Yüklə 44,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin