Bu jihatdan, mamlakatimizdagi protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalarni, shu jumladan, chet el investitsiyalari va kreditlarini jalb etgan holda modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, ulardaishlab chiqarishning zamonaviy standartlarini joriy qilish kutilgan natijalarga erishish imkonini beradi.
Ijtimoiy soha islohotlarining yuqori samaradorligiga erishish, mavjud muammolarni bartaraf etishda quyidagilarga alohida e’tibor berish zarur:
*aholini ijtimoiy himoya qilish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, aholining ijtimoiy jihatdan zaif qatlamlariga davlat ijtimoiy xizmatlari va “Ijtimoiy himoyayagona reyestri” axborot tizimini yanada rivojlantirish;
* idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llash vositasida o‘zaro hujjat almashish jarayonini avtomatlashtirish orqali davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotnoma va tasdiqlovchi hujjatlar sonini tubdan qisqartirish bo‘yicha faoliyatni davom ettirish;
* belgilangan mezonlarga muvofiq kam ta’minlangan oilalarning ehtiyojmandlik darajasini obyektiv baholash, davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim etish jarayonlarini avtomatlashtirish orqali qarorlarni qabul qilishda subyektiv yondashuvni bartaraf etishga erishish;
* aholining ehtiyojmand toifasi tarkibi o‘zgarishi dinamikasi monitoringi va tahlilini yuritish, ularni baholash mezonlarini respublika va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini hisobga olgan holda takomillashtirishni davom ettirish;
* aholining ehtiyojmand toifasi tarkibi o‘zgarishi dinamikasi monitoringi va tahlilini yuritish, ularni baholash mezonlarini respublika va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini hisobga olgan holda takomillashtirishni davom ettirish;
* davlat ijtimoiy xizmatlari va ijtimoii yordam oluvchilarning yagona ma’lumot bazasini muttasil yangilab borish; manfaatdor vazirlik, idoralar va tashkilotlarning o‘zlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishda xizmatlarni bepul yoki imtiyozli asosda taqdim etishi uchun ma’lumot bilan ta’minlash choralarini kuchaytirish;