* nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish va shu maqsadda nogironlik belgisi bo‘yicha kamsitishga yo‘l ko‘ymaslik, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda teng sharoitlarni va ularni buzganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash;
* nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini ta’minlash sohasidagi umume’tirof etilgan xalqaro norma va standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilishbo‘yicha faoliyatni davom ettirish;
* tibbiy-mehnat ekspertizasi va nogironliknibelgilashning shaffof, zamonaviy uslub va mezonlarini joriy etish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish darajasi va sifatini, jumladan, diagnostika, davolash va reabilitatsiyaning zamonaviy uslublarini qo‘llagan holda, yuqori texnologik ixtisoslashgan tibbiy va ijtimoiy yordamdan foydalanish imkoniyatini kengaytirish orqali oshirish;
* tibbiy yordam darajasi va sifatini oshirish, kasalliklarni barvaqt aniqlash hamda tug‘ma nuqsonlar va irsiy kasalliklar o‘sishining sabab va shart-sharoitlarini barvaqt aniqlash va oldini olishni ham nazarda tutuvchi profilaktika tadbirlarini kengaytirish buyicha skrining tekshiruvlarining samaradorligini ko‘tarish;
*tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, “Muruvvat” va “Saxovat” internat-uylarida vasiylikka olinganlarning turmush sifatini yaxshilashga qaratilgan tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirish, ularning reabilitatsiyasi va ijtimoiylashuvi samaradorligini oshirish;
* nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga jalb qilinishi va faol ishtirokini ta’minlovchi inklyuziv ta’lim va ishga joylashtirish tiziminitakomillashtirish;
* nogironlikni belgilash va tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish sohasida vakolatli davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, tartib-taomillardan o‘tishni yanada soddalashtirish.