UIF-2022: 8.2
SCIENCE AND INNOVATION
ISSN: 2181-3337
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
2022
№4
246
ionlarining miqdori hamda konsentratsiyasiga bog‘liq. Metallarni rekuperatsiyalash uchun kuchli
(H-shaklda) va kuchsiz (Na-shaklda) kislotali kationitlar ishlatiladi.
Teskari osmos va ultrafiltrlash
Osmotik bosimdan yuqori bosimda yarimo‘tkazuvchi
membranalar orqali eritmalarni filtrlash jarayoni teskari osmos va ultrafiltrlash deb ataladi (3.13-
rasm). Membrana o‘zidan erituvchi molekulalarini o‘tkazadi, shu bilan birga erigan moddalarni
ushlab qoladi. Teskari osmosda erituvchi molekulalarning o‘lchamidan katta bo‘lmagan
zarrachalar ajratiladi. Ultraffltrlashda alohida zarrachalaming o‘lchami dz odatda kattaroq.
Quyida bu jarayonlarning qo‘llanilish chegaralari keltirilgan. Jarayon Teskari osmos
Ultrafiltrlash Makrofiltrlash dz, mkm 0,0001-0,001 0,001-0,02 0,02-10
Bu jarayon oddiy
filtrlashdan mayda o‘lchamli zarrachalaming ajralishi bilan farq qiladi. Teskari osmos jarayonini
olib borish uchun kerak bo‘lgan bosim ultrafiltrlash jarayoniga kerak bo‘lgan bosim (0,1—0,5
MPa) ga qaraganda ancha yuqori (6—10 MPa). Teskari osmos issiqlik elektrstansiyalarida suvni
tuzsizlantirishda va turli sanoat korxonalarida (yarim o‘tkazgichlar, kineskoplar, dori-darmon
ishlab chiqarishda va h.k.) hamda shahar oqova suvlarini tozalashda ishlatiladi.
Teskari
osmosning eng sodda qurilmasi yuqori bosimli nasos va ketma-ket ulangan moduldan
(membranali element) iborat (3.14- rasm). Usulning afzalliklari: iflosliklar ajralishida fazalarga
ajratish
shart emasligi, energiya sarfi kamligi, kimyoviy reagentlarsiz yoki kam miqdorda
reagent qo'shish bilan xona haroratida
olib borish mumkinligi; qurilma tuzilishining soddaligi.
Usulning kamchiligi: membrananing tashqi yuzasidd erigan moddalar konsentratsiyasining
ortishi bilan yuzaga keluvchi konsentratsion qutblanishning hosil bo‘lishidir. Bu holat
qurilmaning ish
mahsuldorligining kamayishiga, komponentlarning parchalanish bosqichi
pasayishiga va membrananing ishlash muddatining kamayishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: