Science and innovation



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix11.09.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#142648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
A-40 (1)

Suzish va tindirish
Suzish usuli sanoat oqova suvlarini samarali tozalashdan oldin, kanal 
va quvurlarni to ‘lib qolmasligi, shuningdek, oqova suvlar tarkibidagi yirik aralashmalami ajratib 
olish maqsadida qo'llaniladi. Bu jarayonni amalga oshirishda odatda panjara yoki elaklardan 
foydalaniladi. Panjaralar qo‘zg‘aluvchan, qo‘zg‘almas, shuningdek, maydalagichlar bilan 
biriktirilgan turlarga bo‘linadi. Panjaralar metall naychadan tayyorlanadi va oqova suvning 
harakatlanish yo‘nalishiga 60—75° burchak ostida o‘rnatiladi. Doira kesimli naychalarning 
qarshiligi kam bo'ladi, ammo tez ifloslanadi, shuning uchun ko‘pincha to ‘g‘ri burchakli 
naychadan foydalaniladi. Panjaralar oqova suvni turli xilda o'rnatilgan xaskashlar yordamida 
tozalaydi 
Tindirish usuli
oqova suv tarkibidagi dag‘al dispers aralashmalarni cho‘ktirishda 
ishlatiladi. Cho‘ktirish og‘irlik kuchi ta ’sirida olib boriladi. Jarayonni olib borish uchun 
qumtutgich, tindirgich va tiniqlashtirgichlar qo'llaniladi. Tiniqlashtirgichlarda bir vaqtning o‘zida 
tindirish bilan biiga oqova suvni muallaq zarrachali qatlamdan o ‘tkazish ham amalga oshadi. 
Oqova suvlardagi turli shakl va o ‘lchamga ega bo'lgan muallaq zarrachalarning fizik xossalari 
cho‘ktirish jarayonida o ‘zgaradi. 
Filtrlash usuli
oqova suv tarkibidagi mayda dispers qattiq yoki suyuq moddalarni ajratib 
olish uchun qo‘llaniladi. Chunki ularni tindirish usuli bilan ajratib olish qiyin. 
Oqova suvlarni fizik-kim yoviy tozalash
ga koagullash, flokullash, adsorblash, ion-
almashinish, ekstraklash, rektifiklash, bug‘latish, distillash, qaytar osmos, ultrafiltrlash, 
kristallash, desorblash kabi usullar kiradi. Bu usullar oqova suvlar tarkibidagi mayda dispers 
zarrachalardan (qattiq va suyuq), erigan gazlardan, mineral va organik moddalardan tozalashda 
qo‘llaniladi. Fizikkimyoviy usullarni qo'llash biokimyoviy usullarga nisbatan bir qator 
afzalliklarga ega: 1. Oqova suv tarkibidagi zaharli biokimyoviy oksidlanmaydigan organik 
ifloslantiruvchilarni yo‘qotish mumkin. 2. Ancha chuqur va barqaror darajada tozalashga 
erishiladi. 3. Qurilmalar oicham i kichik. 4. Bosimlar o'zgarishigata’sirchanligi kam. 5. To‘liq 
avtomatlashtirish mumkin. 6. Ba’zijarayonlarning kinetikasi chuqur o‘rganilgan, modellashtirish, 
matematik izohlash va optimallashtirish imkoniyati bor. 7. Turli moddalarni rekupirlash imkoni 
bor. Oqova suvlarni tozalashda sanitariya va texnologiya talablariga amal qilgan holda usul 
tanlanadi. Bunda oqova suvning miqdori, ifloslovchi moddalarning konsentratsiyasi, moddiy va 
energetik resurslarning mavjudligi va jarayonning foydaliligi hisobga olinadi. 
Flotatsiya 
Oqova suvdan erimaydigan va o‘zi mustaqil cho‘kadigan aralashmalarni 
ajratib olish uchun flotatsiya usuldan foydalaniladi. Ba’zan erigan moddalar, masalan sirt faol 
moddalar (SFM) ni ajratib olishda ham bu jarayon qo'llaniladi. Bu jarayon ко ‘p'ikli quyultirish 
deb ataladi. Neftni qayta ishlash, sun’iy tola, sellulozaqog‘oz ishlab chiqarish, teri oshlash
mashinasozlik, oziq-ovqat, kimyo sanoati oqova suvlarini tozalashda flotatsiya qo‘l keladi. 
Biokimyoviy tozalashdan so‘ng faol loyqani ajratib olishda ham bu usuldan foydalaniladi. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin