Science and innovation



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix02.06.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#122041
1   2   3   4   5
iqtisodiy-inqiroz-kelib-chiqish-sabablari-va-ozbekistondagi-iqtisodiy-masalalar-va-korilgan-chora-tadbirlar

 
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
813 
aylanmasi 2021 yil boshida 2 trln.dollarga yetdi va kriptovalyuta bozorining tez o‘sishi oqibatida 
allaqachon jamg‘arma sifatida dollarning ishonliligiga putur yetmoqda. Pul muomalasidagi 
tektonik siljishlar butun dunyo markaziy banklarini kriptovalyutalarning rivojlanish 
tendensiyasini kuzatishga va blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda davlat raqamli 
valyutalarini chiqarishga majbur qilmoqda. Bunday valyutalar to‘lov va hisob -kitob qilish 
texnologiyalarini ancha soddalashtiradi va agar kriptovalyutalarning joriy etilishi tufayli boshqa 
davlatlar dollar bilan to‘lovlardan ommaviy ravishda voz kecha boshlasa, dollar qulashi, bu esa 
katta ehtimol bilan jahon iqtisodiyotidagi o‘ta og‘ir “Tepki” ga aylanishi mumkin.
Bizning davlatda iqtisodiy inqirozga qarshi fundamental choralar ko’rib kelinmoqda.
2008-2012 yilga mo’ljallangan iqtisodiy chora tadbirlarni ko’ramizmi yoki taraqqiyotning 
“O’zbek moduli” haqida so’z yuritamizmi,balki “Harakatlar strategiyasi” tamoyillarini taxlil 
qilamizmi iqtisodiyotimizdagi munosabatlarni sezilarli darajada uzoq o’ylangan reja asosida 
talofatlarsiz kelayotganini ko’rishimiz mumkin. Mustaqillik davrlaridagi “Shok terapiyasi” kabi 
bizga taklif etilgan yo’llar o’rniga biz o’zimizning o’ziga xos yo’limizni belgilab oldik va shu 
rejalar asosida harakat olib bormoqdamiz. Iqtisodiyotning bir maromda o’zgarishi o’z navbatida 
yagona islohotchi qarashlarini talab qiladi. Bizning belgilab olgan yo’limizda ham davlat bosh 
islohotchi vazifasini bajaradi. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish bu davlatning 
imkoniyatlari cheklanganligi, yoxud iqtisodiyotni yaxshi bilmasligidan emas, balki uzoqqa 
mo’ljallangan iqtisodiy, strategik yo’li borligidandir. Davlatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish 
shu orqali aholi qatlamlarining ko’p qismini yaxshi hayot kechirish tarziga o’tishini ta’minlash 
keskin inqirozlarning oldini oluvchi vosita bo’lib kelmoqda deb o’ylashimiz mumkin. Bugungi 
kunda turli xil imkoniyatlar yetarli bo’lganligi davlat ruxsatlarining berilishi tashqi 
investitsiyalar soni va miqdorini keng ko’lamda oshirib kelmoqda. Iqtisodiy o‘sish va 
prognozlash o’z navbatida iqtisodiy bilimlarni talab etar ekan yaxshi kadrlar masalasi ham 
iqtisodiy inqiroz kutilayotgan davrda uning oldini olishning zarur choralaridan biri ekanligini 
bilishimiz mumkin. Dunyo milliarderlarining fikricha pul topish va uni ko’paytirish insonning 
keng salohiyati va dunyo qarashi bilan birgalikda teran va kreativ g’oyalariga bog’liq ekan. 
Agarda shu insonlardagi mablag’ni oddiy qatlam aholisiga tenglashtirilganda ham bu mablag’lar 
ularning hayotini yaxshilatib qo’ymas edi. Toki ularning iqtisodiyot, inqiroz, jamg’arish, budjet, 
daromad va xarajat kabi masalalarda bilimlari yetmas ekan ular bu mablag’larni shunchaki 
sarflab yuborishadi. Aslida ayni qo’rqinchili inqiroz va iqtisodiyotning o‘sish mushkulligi ham 
ana shunda. 
Aholi orasida iqtisodiy bilimlarni oshirish va iqtisodiy savodxonligini yaxshilash
daromaddan ko’p qismini foydaga aylantirish masalalarini bilish iqtisodiyotda vujudga keladigan 
har qanday holatga qarshi turishning fundamental himoyasi hisoblanadi. Inqirozga avvalo ko’p 
hollarda pulning qadrsizlanishi va narxlarning keskin oshishi, valutadagi o’zgarishlar asosiy 
sabablardan biri bo’lib kelmoqda. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin