Academic Research, Uzbekistan 1567 www.ares.uz 1.Ta'lim tizimini demokratlashtirish, ta'lim tizimining barcha bosqichlarida
uzluksizlik
va
uzviylikni
ta'minlash,
ta'lim
muassasalari
mustaqilligini
mustahkamlash.
2.Aholining barcha qatlamlari uchun ta'lim olishga teng imkoniyatlar yaratish.
3.Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ta'lim oldiga yangi vazifalar qo'yishi. Kasb
o'rganish uchun ta'lim olish bilan birga kelajakda ishlash uchun emas, balki o'z
shaxsiy ehtiyoji uchun ta'lim olishning rivojlanib borishi va boshqalar.
MUHOKAMA VA NATIJALAR Ularni amalga oshirishda innovatsion ta'limning quyidagi rivojlanish
printsiplari asosida ish olib borilishi lozim.
•
Ta'lim va amaliyotning o'zaro uzviy bog'liqligini ta'minlash, kadrlarni
amaliyotda ishlashga tayyorlash;
• Ilm-fan yutuqlarini ta'limga keng joriy qilib borish:
• Ta'limning uzluksizligi va uzviyligini ta'minlash, hayot mobaynida uzluksiz
ta'lim;
• Bitiruvchilarning korporativ hamkorligini ta'minlash, ta'lim muassasalari
an'analarini shakllantirish va rivojlantirib borish;
• Ta'lim va tarbiyani qo'shib olib borish, yuksak ahloqiy fazilatlarni
tarbiyalash;
• Yuksak ma'naviy fazilatlarga ega bo'lgan intelligentsiyani tarbiyalash.
Innovatsiyalarni ta'lim jarayonlariga tatbiq etishning istiqbollari:
• Ta'lim muassasalari moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan ta'lim jarayonida samarali
foydalanish, masofaviy ta'limni joriy etish.
• Ta'lim
muassasalarining
mintaqaviy
va
xalqaro
miqyosda
integratsiyalashuvi, ta'lim sohasidagi xalqaro hamkorlikning rivojlanib borishi;
• Ta'lim muassasalarini moliyalashtirish manbalarining ko'payib borishi,
byudjetdan tashqari moliyalashtirish;
• Ta'lim sifatini boshqarishga xalqaro standartlar talablarini joriy etishni
tashkil etadi.
O'quv yurtlari o'rtasidagi integratsion aloqalar o'rnatish natijasida innovatsion
faollikning ahamiyati quyidagicha:
1.Amaliy tadqiqotlarning shakllanish ko'nikmalari, professional yechimlarni
qabul qilishga yordam beradi;
2. Bilimlarni samarali o'zlashtirish imkonini yaratadi ;