Academic Research, Uzbekistan 1570 www.ares.uz rivojlantirish, takomillashtirishga qaratilgan innovatsiyalar;
2.Nisbatan chuqurroq o'zgarishlarga qaratilgan innovatsiyalar;
3.Tub islohotlarga qaratilgan innovatsiyalar.
To'rtinchi guruh:
1.Muayyan hududni zamonaviy kadrlarga bo'lgan ehtiyojini qondirishga
qaratilgan innovatsiyalar;
2.Ijtimoiy buyurtmani qondirishga qaratilgan me'yoriy-huquqiy hujjatlarni
ishlab chiqish va takomillashtirishga qaratilgan innovatsiyalar;
3.Inson haqidagi fanlarning yutuqlarini o'rganishga qaratilgan innovatsiyalar;
4.Ilg'or pedagogik tajribalarni tatbiq etishga qaratilgan innovatsiyalar;
5.Ta'lim muassasasi rahbariyati va pedagoglarning malakasini oshirib borish,
ishga ijodiy yondoshuv, mas'uliyat va fidoyilikni tarbiyalashga qaratilgan
innovatsiyalar;
6.Tajriba-sinov ishlari, yangiliklarni sinash uchun ma'lum bir ta'lim
muassasalarida qo'llab ko'rib, ijobiy tajribalarni, yutuqlarni ommalashtirishga
qaratilgan innovatsiyalar;
7.Ilg'or xorijiy tajribalar, jahondagi nufuzli ta'lim muassasalarining yutuqlarini
joriy etishga qaratilgan etishga qaratilgan innovatsiyalar va boshqalar.
Innovatsion ta'limni rivojlantirishda yuqorida ajratib ko'rsatilgan innovatsion
faoliyatni amalga oshirish guruhlari eng maqbul variantlarni tanlashi, innovatsiyalarni
unumli boshqarishi uchun zarur oid masalalarni hal etishi lozim. Innovatsion ta'limni
rivojlantirishda, ta'lim tizimida innovatsiyalar xususida maqbul qarorlar qabul qilish,
elektron axborot tizimini yaratish va undan unumli foydalanish masalalarini
muvaffaqiyatli hal etish maqsadga muvofiq.