Scientific Journal Impact Factor (sjif) 2021: 723


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 239,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix18.04.2023
ölçüsü239,47 Kb.
#99781
1   2   3   4   5
muhammad-yusuf-sheriyatida-ritorik-soroq-gaplarning-oziga-xos-uslubiy-xususiyatlari

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 

 
 
Academic Research, Uzbekistan 721 www.ares.uz 
3) Ritorik-taajjub; 
4) Ritorik-tashvish; 
5) Ritorik-g'azab; 
6) Ritorik-gumon; 
7) Ritorik-kuchli hayajon. 
Xalqning erka, bulbulzabon shoir Muhammad Yusufning
Sha'ningga she'r bitdim. U seni topsin, 
Poyingga tiz cho'kib, qo'lingni o'psin. 
Undan ham ulug'im borligin ko'rsin, 
Men uchun ham aziz holingniso'rsin, 
Sensiz g'arib ko'nglim ko'ngilmi, onam, 
Endi men ham senga o'g'ilmi, onam!

(«Onamga» she'ri) 
satrlarida taajjubli-tashvishli holati ritorik so'roq gapning ritorik-tashvish xususiyati 
orqali namoyon qilingan. Bunda shoir onasini qiynab qo'yganligi, undan afsusdaligi va 
shu gunohlari uchun volidai muhtaramasidan uzr so'rayotganligi, men senga loyiq 
farzand bo'la olmadim, shunda ham sen meni farzandim deb ulug'layapsan, «men 
gunohkoringni kechir», deyish orqali afsus-nadomat va uzrini ifodalagan. 
«Rozidil» she'ridan keltirilgan quyidagi parchada esa ritorik-gumon ma'nosi qo'llangan 
bo'lib, shoirning voqeaga nisbatan biroz ishonchsizlik, gumonsirash holatini ko'rishimiz 
mumkin: 
Bu yoqda uvol-u, u yoqda halol – 
Chinorday yurakni bukar qilday g'am. 
Yaxsi odamlarni ko'rib, ehtimol, 
Sayrab yuborgandir Asqad Muxtor ham. («Rozidil» she'ri)
 
Bu ta'sirchan misralar insonning chinorday mustahkam, baquvvat yuragini qilday nozik 
g'am osongina yenga olishini, shu g'am va hasratlarni, nohaqlik va adolatsizliklarni 
ko'rib guvohi bo'lgan tinch, osoyishta va ezgilik hukm surayotgan davrni orzu qilib 
ko'rolmay ketgan ijodkorlarga achinish, balki ular hozir ana shunday osoyishta zaminda 
hayot bo'lganda shu hurlikni kuylovchi ajoyib asarlar yaratgan bo'lardi degan gumonli 
o'y-fikrlarni bayon etmoqda. 
Alhazar, alhazar, ming bor alhazar, 
Ana, yurishibdi kiyganlari zar, 
Qodiriyni sorib shoir bo'lganlar – 
Mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor… 
(«Yurtim ado bo'lmas armonlaring bor»)



Yüklə 239,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin