Scientific Journal Impact Factor (sjif) 2021: 723


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 239,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix18.04.2023
ölçüsü239,47 Kb.
#99781
1   2   3   4   5
muhammad-yusuf-sheriyatida-ritorik-soroq-gaplarning-oziga-xos-uslubiy-xususiyatlari

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 

 
 
Academic Research, Uzbekistan 720 www.ares.uz 
ma'naviy boylik,buyuk qadriyatdir. Kimda-kim o'zbek tilining bor latofatini, jozibasi va 
ta'sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo'lsa, munis onalarimizning 
allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o'lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va 
hofizlarimizning sehrli qo'shiqlariga quloq tutsin,» - deb o'rinli fikrlarni bildirdilar. 
Darhaqiqat, shoir va yozuvchilarimiz asarlariga quloq tutar ekanmiz bu fikrlar qanchalar 
o'rinli eganligiga guvoh bo'lamiz.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Jumladan, xalqimizning suyukli va dilbar shoiri – Muhammad Yusuf o'zining 
betakror ijodi va ijtimoiy faoliyati bilan yurtdoshlarimiz qalbida fidoiylik tuyg'ularini 
uyg'otib, farzandlik burchini anglagan holda yosh avlod onggi, qalbi va shuurida 
vatanga muhabbat, o'zaro hurmat, chin mardlik, o'zbekona qadriyatlar kabi insoniy 
fazilatlarni uyg'ota oldi. Shoir she'rlarida samimiyat, qalb yaqinligi, muhimi falsafa 
mujassam.
Shu bilan birgalikda, shoir ijodining til xususiyatlarini o'rganish ham 
tilshunoslikning dolzarb masalalaridan biridir. Muhammad Yusuf she'rlarining sintaktik 
xususiyati ham o'ziga xos bo'lib, bu holatni shoir she'riyatidagi gap shakllarining 
ifodalanishida ham ko'rishimiz mumkin. Jumladan, ritorik so'roq gaplarning 
qo'llanishidagi o'ziga xoslikni shoirning ichki kechinmalarini buyruq, tasdiqlash
tashvish, kuchli hayajon, inkor, tasdiq, taajjub kabi ma'nolar orqali ifodalashiga guvoh 
bo'lamiz. O'ylaymizki, mazkur ilmiy maqola orqali shoir she'riyatida qo'llangan ritorik 
so'roq gaplarni o'rganish tilshunoslik fanining samaradorligini yanada yaxshilashga 
xizmat qiladi.
MUHOKAMA
Ma'lumki, ilmiy adabiyotlarda ritorik so'roq gaplar – badiiy matnning emotsional- 
ekspressivligini ta'minlovchi uslubiy vositalardan hisoblanadi. Tasdiq va inkor 
mazmuniga ega bo'lgan, tinglovchidan javob talab qilmaydigan gaplardir. Ko'pincha 
ritorik so'roq gaplar takibida nahotki, axir so'zlari keladi. Ular nutqqa ko'tarinki ruh 
bag'ishlaydi va tasdiqning kuchli emotsiya bilan ta'kidlanishi uchun xizmat qiladi. 
Bunday gap shakllari qahramonning hayratlanishi, quvonchini, ajablanishini, shubha va 
gumonsirashini, g'azab va nafratini ifodalashda juda qo'l keladi. Ichki va tashqi, 
monologik va dialogik nutqlarda keng qo'llaniladi. Ritorik so'roq gaplarning quyidagi 
ma'nolarni ifodalovchi 7 ta turi mavjud: 
1) Ritorik-tasdiq
2) Ritorik-inkor; 



Yüklə 239,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin