1260 𝑓 =
60 ∗ 𝑛
𝑝
Bu yerda n-rotorning aylanishlar soni(ayl/min); p-statorning juft qutblar soni;
MUHOKAMA VA NATIJALAR Xuddi shunga o`xshash misolni elektr stansiyalarining ochiq taqsimlash
qurilmalarida ham ko`rib chiqamiz.Bugungi kunda ochiq taqsimlash qurilmalarida
asosan ikki xil yuqori kuchlanishdagi taqsimlash shinalari mavjud.Bular 110 kv li
taqsimlash shinalari hamda 220 kv li taqsimlash shinalari hisoblanadi.Bu ikkala shinani
avtoransformatorlar bog`lab turadi.Qaysi shinaga quvvat yetishmayotgan bo`lsa aynan
shu avtotransformator orqali yetishmayotgan tomonga quvvat oqib o`tadi.Bu oqib
o`tuvchi quvvat miqdori yetishmayotgan quvvat miqdori deb yuritiladi.Agar
avtotransformator yoki uni shinalarga ulovchi o`chirgichlarda nosozlik chiqib qolsa
avtotansformatordan quvvat oqib o`tishi to`xtaydi.Bu jarayonda quvvat yetishmayotgan
shinada iste`molchilar yuklamasi ortib ketadi va buning oqibatida shinada chastota
pasayishni boshlaydi.Bunday holda tarmoqni barqaror saqlab qolishni yagona yo`li
ortiqcha yuklamani o`chirish hisoblanadi.Yuqorida ko`rib chiqqan ikkala holimizda
ham chastotaning standart qiymatdan pasayishiga guvoh bo`lyapmiz.
Energotizimda chastotaning ruxsat etilgan og`ish chegarasi ±0.1 Hz deb qabul
qilingan.Agarda chastota bu ruxsat etilgan standart qiymatdan ko`proq og`ishsa bu
avariya holatini keltirib chiqaradi. Shinalarni avtomatik yuksizlantirish (АРШ)
avtomatikasi yuqori kuchlanishli shinalarda o`rnatiladi va bunday avariyaviy
jarayonlarda ortiqcha yuklamani o`chirish orqali energosistemaning barqaror ishlashini
ta’minlaydi.
XULOSA Biroq hozirgi kunga kelib energotizimning barcha sohalari yangilanish va
takomillashishni talab qilmoqda.Oldingi rejimni nazorat qilish avtomatikasi shinalarni
avtomatik yuksizlantirish avtomatikasiga qaraganda ancha tezkor va ishonchlidir.Bu
avtomatikaning ishlashida inson omilining o`rni juda kam. Oldingi rejimni nazorat
qilish avtomatikasida o`chirishi kerak bo`lgan tarmoq oldindan buyruq asosida bu
avtomatikaga yuklanib qoyiladi. Oldingi rejimni nazorat qilish avtomatikasi eng
zamonaviy relelar yordamida tayyorlanadi.Shuning uchun oldingi rejimni nazorat qilish
avtomatikasi shinalarni avtomatik yuksizlantirish avtomatikasiga o`xshab yolg`on xabar
orqali ishlab ketmaydi. Masalan, oldingi rejimni nazorat qilish avtomatikasi 400 Mvt
quvvat ga o`rnatilgan deb olsak, qachonki shinadan 400 Mvt dan katta quvvat yoqotilsa
shundagina avtomatika ishga tushadi.Agar shinadan 400 Mvt dan kam quvvat yoqotilsa
bu avtomatika ishga tushmaydi.Bundan tashqari bu avtomatikaning shinalarni avtomatik