472 g`oyalarni sinab ko`rishi, xatolarini tuzatishi, rejalar tuzishi, uni amalga oshirish
ularning aqliy rivojlanishiga olib keladi.
MUHOKAMA Syujеtli – rolli o`yinlar va sahnalashtirish markazi uchun ko’rgazmalar
tayyorlash.
Guruhlarda xonalarni syujеtli rolli o`yinlar va sahnalashtirish markaziga mos
holda jihozlash yo’riqnomasi:
1. Shirma
2. Marionetka-qo‘g‘irchoqlar (ipda o‘ynatadigan)
3. Qo‘lqopli, barmoqli, tayoqchali, soya teatr ertak kaxramonlari
4. Ertak qaxramonlari liboslari
5. Niqoblari
6. Uycha maketi
7. Mazmunli o‘yinchoqlar
8. Rejissyorlik o‘yinlari uchun qaxramonlar (odamchalar, askarlar, multfilm
personajlari)
9. Sahna uchun jixozlar (turli daraxtlar, tandir maketi va xokazo)
Syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish markazlari bolalar iqtidorini namoyon
bo‘lishi, o‘z mahoratini ko‘rsatishi uchun juda qulay muhitdir. Bu markazni - bolaning
“Men”ini shakllantiruvchi markaz deb ham atash mumkin. Markazdagi barcha jihozlar
bolalar hayotida uchraydigan jihozlar bo‘lib, o‘yin jarayonida bola ulardan
foydalanishni o‘rganadi, kasblar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. O‘yinda
oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari aks etadi va ular orqali ahloqiy tarbiya olish
(tarbiyachi uchun esa oiladagi muhitni o‘rganish) imkoni yaratiladi. Syujetli-rolli
o‘yinlar mazmunining o‘ziga xosligi uning eng muhim xususiyatlaridan xisoblanadi.
Mashhur pedagog va psixologlardan D.B.Elkonin, D.V. Mendjeritskiy, P.E.Samorukova
va boshqalarning fikricha, syujetli–rolli o‘yinlar kattalarning ijtimoiy hayotidagi
rang-
barang xatti-harakatlari
, ko‘rinishlari – bolalar o‘yinlarining asosiy mazmuni bo‘lib
xizmat qilib, kattalar ijtimoiy hayotining namunasini oladigan faoliyat turidir.