403 avvalgi VIX-VIII asrlar); demotik til miloddan avvalgi VIII- V asri); Kopt tili (III-VII
asrlar).
Misr yozuvi mil.avv IV mingyillik oxirida rasm-yozuv, piktografiya asosida kelib
chiqadi. Misrliklar dunyoda eng qadimgi qiziqarli g’oyalar, badiiy obrazlar bilan
sug’orilgan boy adabiyotlarni yaratdilar. Adabiyot uchun qulay omil bo’lib xalq og’zaki
ijodi xizmat qildi. Ilk badiiy asarlar mil.avv IV mingyillikda paydo bo’lgan.
Nasihatnomalardan eng qadimiysi “Ptaxotep nasihatnomasidir”dir.
Ko’pgina afsonalar, qayta ishlangan diniy madhiyalar Osiris mashaqqatlari,
xudo Raning yer osti podsholigiga sayohati hikoya qilingan sikllari mashhur bo’lgan.
MUHOKAMA Ma’lumki, Misrda qishloq xo’jaligi ishlari boshlanishidan avval Nil daryosi
toshgan. Bu voqea ravshan yulduz Sirius ertalabki shafaqda ko’ringandan 2-3 kun keyin
o’tib sodir bo’lgan edi. Astronomlar Siriusni ko’rishlari bilan Misr aholisini Nilning
toshishi va ekin ekish mavsumi boshlangani haqida habar topgan.
Misr issiq davlat bo’lgani uchun turli kasalliklar ko’p bo’lgan. Misr tarixida
ko’pdan ko’p janglar, istilolar va ichki urushlar natijasida ko’plab aholi, jangchilar
jarohatlangan. Ularni davolash ehtiyoji Misrda tabobatning juda erta shakllanishiga
sabab bo’ladi. Misr tabiblari mo’miyolash uchun odamning ichki a’zolarini jarrohlik
yo’li bilan ochganlar. Tabiblar ko’z, bosh, tish, ichki ruhiy kasalliklar, singan-chiqqan
va boshqalar bo’yicha ixtisoslashgan. Misr tabobati jahon tabobatida alohida o’ringa
ega bo’lgan. Qadimgi podsholik davrida firavnlar saroyida bo’lajak mirzalarni
tayyorlaydigan maktablar tashkil qilingan. Keyinchalik ibodatxonalar va yirik davlat
idoralari qoshida ham maktablar tashkil qilingan. Maktablarda 5 yoshdan 16 yoshgacha
bo’lgan bolalar ta’lim olgan.12 yoshdan boshlab talabalar idoralarda xizmat qilgan.
Mashg’ulotlar tong sahardan kechgacha davom etgan. Maktabda qattiq intizom joriy
etilgan, tan jazosi qo’llanilgan. O’quv, yozuv, hisob asosiy fanlar bo’lgan. O’quv
predmetlaridan tashqari, maktabda gimnastika mashg’ulotlati, suzish va yaxshi
muomalaga o’rgatilgan. Zodagonlarning bolalari qo’shin boshliqlari tayyorlaydigan
harbiy maktablarda ta’lim olishgan.
NATIJA Qadimgi Misrliklar tarixi tarixiy va geografik bilimlarga qiziqib qaragan. Misr
tarixiga oid dastlabki tarixiy ma’lumotlar, shifer lavhalarga, fil suyagi bo’laklariga, qora
yog’och taxtachalarga, Polemos toshi, ibodatxona devorlariga bitilgan yozuv lavhalar
saqlanib qolgan. Bu jihatdan “Tutmos III yilnomasi” qimmatlidir. Qadimgi Misr haqida
papiruslarga yozilgan har turli ma’lumotlar ham muhimdir. Qadimgi Yunon tarixchisi