«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 6


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA



Yüklə 379,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix23.11.2022
ölçüsü379,71 Kb.
#70150
1   2   3   4   5
o-qitish-jarayoniga-innovatsion-ta-lim-texnologiyalarini-qo-llashda-yondashuvlar

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
Shundan kelib chiqqan xolda “Texnologiya” fani o‘qituvchisini yangi davlat
ta’lim standarlari, o‘quv reja va dasturlari asosida yosh avlodning mantiqiy fikr qila 
olish, aqliy rivojlanishi, dunyoqarashini, kommunikativ qobiliyati, savodxonligi va


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6
349
 
o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllantirishga, erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini 
anglash, o‘z fikrini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish ko‘nikmalarini
egallashlari, o‘quvchilarda kreativ yondashuvni shakllantirish uchun qulay shart-
sharoitlarni ta’minlashga tayyorlash lozim[4-7].
“Texnologiya” fani o‘qituvchisi dars jarayonida o‘quvchilarning bir qolipga 
tushib qolmasligi uchun ilg‘or pedagogik va innovatsion texnologiyalarini keng joriy
etish bilan birga, o‘zining kompetentligini namoyon qilishi orqali o‘quvchilarda 
kreativ yondashuvni shakllantirishni ta’minlaydi.
Zamonaviy - kompetentli o‘qituvchi kelajak bunyodkori, yangi pedagogik
texnologiyalar,nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi,
tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ‘ibotchisi sifatida o‘quvchilarda berilayotgan 
bilim, 
ko‘nikma 
va 
malakalarni 
o‘zlashtirishga 
kreativ 
yondashuvni 
shakllantiruvchisidir[8].
Zamonaviy - kompetentli o‘qituvchi tomonidan dars mazmunidagi asosiy 
ma’lumotlar va o‘quv materiali shunday taqdim etilishi kerakki, u o‘quvchining vizual 
idrok qilish qobiliyatini osonlashtirsin. Zero, o‘qituvchi ta’lim islohotining bosh
ijrochisidir. Bunda har bir o‘qituvchini qisqa vaqt ichida juda katta miqdordagi
axborot to‘plamini o‘zlashtirish, qayta ishlash va amalda qo‘llay olishga o‘rgatish 
muhim ahamiyatga ega. Uni hal qilishda o‘qituvchiga o‘qitishning an’anaviy usullari
bilan birga innovatsion texnologiyalari jumladan, mediatexnologiyalardan
foydalanish yordam beradi. Darsda mediatexno-logiyalardan foydalanish o‘qitish 
jarayonini qiziqarli olib borish, har bir o‘quvchiga individual-kreativ yondashish 
imkonini beradi.
“Texnologiya” fanidan umumta’lim maktablarida mediatexnologiyalarni
qo‘llash-fanlararo bog‘liqlikni kengaytiradi, mavzularni qo‘shimcha ma’lumotlar
bilan boyitishni ta’minlaydi[9]. Umumta’lim maktablari o‘quvchilarida aqliy 
qobiliyatlarini jadal rivojlantirish jarayoni kechadi, ularning intellektual salohiyati
rivojlanishi uchun asos yaratiladi. O‘quv jarayonida innovatsion ta’lim 
texnologiyalaridan foydalanish “Texnologiya ta’limi”ning dolzarb masalalarini samarali 
echish uchun imkoniyat yaratadi.
Bunda:
-o‘quv jarayonini qiziqarli va natijaviyligini ta’minlash hisobiga ta’lim
oluvchida o‘quv materialini ongli ravishda o‘zlashtirish va anglab olish motivatsiyasi 
ortadi;
-mustaqil izlanish, ishlash va o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmasi rivojlanadi;
-o‘quv mashg‘ulotlarining sifat va samaradorligini, har bir o‘quvchining o‘tilgan 
mavzuni to‘liq o‘zlashtirishini ta’minlaydi;


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6

Yüklə 379,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin