«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 6



Yüklə 379,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix23.11.2022
ölçüsü379,71 Kb.
#70150
1   2   3   4   5
o-qitish-jarayoniga-innovatsion-ta-lim-texnologiyalarini-qo-llashda-yondashuvlar

350
 
- ta’lim oluvchining mustaqil fikrlashini, bilishva o‘zlashtirish hissiyotini,
maqsadga erishishga intilishlarini, ijodiy tasavvurlarini rivojlantirish hisobiga faol 
rivojlanishga erishiladi;
- sinfdagi barcha o‘quvchilarning faol faoliyat yurishi ta’minlanadi. 
MUHOKAMA 
Innovatsion va axborot texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq qilishni 
zamonaviy axborot dunyosining jadal rivojlanishidagi mantiqiy va zaruriy qadam deb 
xarakterlash mumkin. Media vositalarning (kompyuter, proektor, elektron doska, 3 D
printer va h.k.) ta’lim-tarbiya jarayoniga faol kirib kelishi o‘qituvchilar kasbiy
faoliyatida o‘qitishning innovatsion metodlarini, vositalarini, turlarini, shakllarini
umuman, pedagogik texnologiyalarini zudlik bilan joriy etish zaruriyatini keltirib 
chiqaradi.
Innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llashda muhim natijalardan biri - ortiqcha 
ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir.
Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni ta’lim oluvchilarga etkazib berish,
ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish,
shuningdek, ta’lim oluvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan
bilim, ko‘nikma hamda malakalar darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik 
mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha kreativ yondashuvni talab etadi.
Innovatsion ta’lim texnologiyalarini majburan qo‘llash orqali maqsadga erishib 
bo‘lmaydi. Aksincha, tajribali o‘qituvchilar tomonidan asoslangan yoki ular
tomonidan qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalardan foydalanish bilan birga ularni 
ijodiy rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion texnologiyalardan foydalanish 
ta’lim oluvchining o‘quv jarayonida mustaqil ishlash, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘qitish, 
o‘z faolligini oshirish, mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Bundan 
ko‘rinib turibdiki, o‘qitishning yangi pedagogik texnologiyalari qatoriga
mediatexnologiyalarini kiritish zarurati kundan-kunga oshib bormoqda.
Ta’lim-tarbiya jarayonidagi innovatsiyalar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar, 
yangiliklar, dars o‘tishning interfaol usullari o‘z-o‘zidan ta’limga kirib kelmaydi.
Demak, o‘qituvchidan bilim, ijodiy mehnat va kasb mahorat talab qilinadi. Chunki
o‘qituvchi faoliyati yangilanmasa, ta’limda samaradorlikka erishib bo‘lmaydi.
O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarni ijodiy izlanish, faollik, erkin fikr yuritishga 
yo‘naltiruvchi ta’lim shakli, metod va vositalarining to‘g‘ri tanlanishi darslarning
qiziqarli, bahs-munozaralarga boy bo‘lishi, ijodiy tortishuvlarning yuzaga kelishiga
turtki bo‘ladi. Mana shu holatdagina o‘quvchilar tashabbusni o‘z qo‘llariga 
oladilar, o‘qituvchining zimmasida esa ularning faoliyatini ma’lum yo‘nalishga
solib yuborish, faoliyatni umumiy nazorat qilish, murakkab vaziyatlarda yo‘l-


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6

Yüklə 379,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin