Page 33 kamligini va MTT lari axborot kommunikatsiya vositalari bilan ta’minlanmaganligini
keltirish mumkin. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi
“O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6108-son Farmoni hamda O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabr PQ-4884 sonli “Ta’lim-tarbiya tizimini
yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida” gi qaroriga asosan axborot
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, ta’lim sifatini nazorat
qilish davlat inspeksiyasi hamda boshqa mafaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda
2022 yil 1 yanvarga qadar maktabgacha ta’lim tizimida zamonaviy o’qitish shakllari,
yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish vazifasi belgilangan [1].
O’zbekiston Respublikasining 2019 yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya
to’g’risida”gi O’RQ-595 sonli qonunining 53-moddasida ta’lim-tarbiya jarayoniga
ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish, maktabgacha ta’lim
tashkilotlari uchun o’quv-uslubiy va didaktik materiallar ishlab chiqish-ishlab shiqarish,
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish vazifalari
belgilangan [2]. Xorijiy va mahalliy tadqiqotchilar S.L.Novoselova [3], I.Yu.Pashiliti,
G.P.Petko, Xanter [5] va M.I.Jumayevlarning fikrlariga ko’ra ta'lim jarayonida
kompyuterdan foydalanish bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar nafaqat kompyuter
texnologiyalaridan foydalanish imkoniyati maqsadga muvofiqligini, balki bolaning
intellekti va shaxsiyatini rivojlantirishda alohida o'rin tutganligini va bugungi kunda
multimedia o'qitish vositalaridan foydalanish maktabgacha ta'lim tizimidagi ko'plab
uslubiy yangiliklarni ishonchli isbotlamoqda [5]. Ularning fikriga qo’shilib shuni
aytmoqchimanki multimedia maxsulotlari bolaning ta’limga bo’lgan qiziqishini
oshiradi, fikrlash doirasi va intelektual salohiyatini o’stiradi va mustaqil bilim olishiga
imkoniyat yaratadi.
ASOSIY QISM Ilmiy izlanishlarim natijasida men o’z tadqiqot ishimda asosiy e’tiborni
maktabgacha ta’lim sohasida raqamli texnologiyalarni qo’llash va “Ilk qadam”
maktabgacha ta’lim muasasasining Davlat o’quv dasturi talablari asosida “Elementar
matematika” mashg’ulotlarini o’qitishga mo’ljallangan elektron ta’lim resursini
yaratishga qaratdik va ilmiy izlanishlar olib bordik. 2020 yilda “Maktabgacha ta’limda
matematika mashg’ulotini o’qitishga mo’ljallangan amaliy dastur” nomli elektron ta’lim
resursini yaratildi Adliya vazirligi huzuridagi intelektual mulk agentligi tomonidan
mualliflik guvoxnomasi olindi. 2021 yilda “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim
muassasasining Davlat o’quv dasturi, “O’zbekiston Respublikasining ilk va
maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yilgan davlat talablari” asosida
shakllantirilgan elementar matematika mashg’ulotlar to’plamining kompyuter dasturi
yaratildi dasturda to’liq kichik guruh, o’rta guruh, katta guruh, tayyorlov guruh