Scientific progress volume ǀ issue ǀ 2021 issn: 2181-1601 Uzbekistan



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix08.02.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#83538
1   2   3
maktabgacha-ta-lim-tashkilotlarida-bolalarni-tabiat-bilan-tanishtirish-orqali-tarbiyalash

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 511
faxrlanish, Ona yer qadr qimmati, vatanparvarlik va tabiatparvarlik tuyg’usi, ekologik 
qadriyatlarini o’rganish, buyuk allomalarning tabiat haqidagi fikrlari bilan tanishish, 
atrof muhit, odob-axloq masalalari keng o’rganilgan. Har bir MTTdagi bolalarning 
tabiat haqidagi tushunchalarini tarbiyalashda ish olib borayotgan ijodkor tarbiyachilar 
faoliyatlari o`rganish orqali quyidagi xulosalarga kelish mumkin: 
1. Milliy ekologik qadriyatlar mohiyatini bolalarga yetkazish, ularda tabiatga nisbatan 
chuqur hurmat qaror toptirish, bola ekologik bilimini shakllantirish yo’lida muhim 
vosita bo’lib xizmat qiladi. 
2. Bola ekologik bilimini tarkibiy qismlarini ilmiy asoslash: ekologik munosabatlar: 
tabiatga qiziqsh, atrof muxit doirasida bola ekologik tasavvuri, idroki, tafakkuri, 
savodxonligi, fapolligi hamda bilimdonligini shakllantirish maqsadga mufoviqdir. 
3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari yoshdagi guruh bolalarida tabiat haqidagi 
tushunchalarni shakllantirish, odob, fikr doirasining kengayishi va odamlarga, tabiatga 
samimiy munosabatda bo’lish kabi axloqiy xissiyotlarining kamol topishi bilan 
bog’liqdir. 
Tabiat 
haqidagi 
tushunchalarni 
shakllantirishda 
O’rta 
Osiyo 
mutafakkirlarining asarlaridan, ularning ijodidan namuna sifatida foydalanish bolalarda 
ekologik bilimlarni takomillashtirishda ijobiy natijalarga erishish mumkin. 
4. Tabiatga muhabbat xissini shakllantirish bolalarda bilimlarni chuqur egallash, 
ularning ma’naviyatini oshirish imkoniyatini yaratadi. 
Tabiatga muhabbat hissini shakllantirishda oddiy tabiatga sayr qilish, bolalarga 
tabiat go’zalligini ko’rsatish muhim ahamiyatga ega. Shunday ekan maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarida katta yoshdagi bolalarda tabiat haqidagi tushunchalari shakllantirishni 
takomillashtirishda quyidagilarga amal qilish maqsadga muvofiqdir: 
- O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning tabiat 
haqidagi tushunchalarini shakllantirishni muntazam ravishda takomillashtirish; 
- Xalq ta’limi tizimining hamma bosqichlarida ekologik qadriyatlarning asosi 
hisoblangan ekologik bilim tarbiyasiga alohida e’tibor berish; 
- Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida katta yoshdagi bolalarning psixologik 
xususiyatlarini xisobga olgan xolda ekologik tushunchalarni shakllantirishga qaratilgan 
mashg’ulotlar uyushtirish; 
- Bolalarning tabiat haqidagi tushunchalarini tarbiyalash faoliyatida mexnatsevarlik 
fazilatlarini shakllantirish, ayniqsa, o’zlari tarbiyalanayotgan bog’chalarida mexnat 
qilishga o’rgatish; 
- O’zbekiston mustaqilligi tufayli umuminsoniy, milliy, ma’naviy, ekologik 
qadriyatlardan foydalanish; 
- Maktabgacha ta’lim tashkilotlari katta yoshdagi bolalarda o’zbek xalqining milliy urf 
odatlaridan foydalanish, tabiat haqidagi bilimlarni tarbiyalashga alog’ida ahamiyat 
berish; 



Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin