Scientific progress volume ǀ issue ǀ 2021 issn: 2181-1601 Uzbekistan



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix23.03.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#89337
1   2   3   4   5   6   7
bo-lajak-o-qituvchilarni-tayyorlashda-zamonaviy-yondashuvlar

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 177
qilingan) lug‘atlarda bir xilda talqin qilinmaydi, balki “biron-bir narsa haqida fikr 
yuritishga imkon beruvchi bilimlarga egalik” va “xabardorlik, vakolatlilik”, “obro‘ga 
egalik, to‘la huquqlilik” kabi variantlarda qo‘llaniladi [2;3]. 
Kompetentli yondashuv g‘oyalari bir qancha xorijiy tadqiqotchi-olimlarning 
ishlarida ko‘rib chiqilgan. Kompetentli yondashuv oliy ta’lim muassasalarida 
mutaxassislarni kasbiy tayyorlashning maqsadi sifatida kompetentlilikning 
belgilanishiga asoslanadi. Kompetentli yondashuv ta’lim oluvchilar tomonidan har xil 
hayotiy va kasbiy vaziyatlarda samarali harakat qilishga imkon beruvchi turli hildagi 
mahoratning o‘zlashtirilishini ko‘zda tutadi.
NATIJA
Kompetentli yondashuv oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari modeli asosiga 
qo‘yiladi va oliy ta’lim bo‘yicha DTS doirasida yuzaga chiqarladi. Bitiruvchi modeli 
uning kasbiy malakasini ta’lim natijalariga umum o‘quv fanlari talablari bilan 
birlashtiradi va buning natijasida bo‘lajak informatika o‘qituvchisining tayyorgarligi 
kompetentli yondashuv mantig‘ida amalga oshirilishi hamda oliy ta’lim muassasasi 
bitiruvchisining kasbiy kompetentliligi shakllanishiga olib kelinishi lozim. 
Kasbiy kompetentlilik “o‘qituvchi tomonidan uning pedagogik faoliyatini
pedagogik muloqotini va o‘qituvchi shaxsini ma’lum bir qadriyatlar, g‘oyalar va 
pedagogik ong tashuvchisi sifatida shakllanganligini belgilovchi bilim, mahorat va 
ko‘nkimalarning zaruriy hajmini egallaganligi” sifatida talqin qilinadi [4]. 
Pedagogik faoliyatni yetarlicha yuqori darajada amalga oshira oladigan, 
o‘quvchilarning o‘qitilganligi va tarbiyalanganligida yaxshi natijalarga erishadigan 
hamda shaxs sifatida o‘zini yuzaga chiqara oladigan o‘qituvchi kasbiy kompetentli 
bo‘lib hisoblanadi [12-18].
- kasbiy pedagogik bilimlar bilan; 
- kasbiy pedagogik mahorat bilan; 
- o‘qituvchining ham bilish sohasiga, ham motivatsion sohasiga tegishli bo‘lgan 
kasbiy ahamiyatli sifatlari bilan; 
- kasbiy pedagogik pozitsiyasi bilan; 
- o‘qituvchining xulq-atvorini belgilaydigan (o‘quvchilarga, o‘ziga, hamkasblariga) 
barqaror munosabatlari tizimi bilan. 
O‘qitish jarayonida shakllantiriladigan bilim, mahorat va ko‘nikmalar ko‘pincha 
real hayotdagi vaziyatlarda keraksiz bo‘lib qoadi. Ularning bunday o‘ziga xosligi 
bo‘lajak o‘qituvchilarning eng birinchi o‘rinda, moslashuvchan, mobil bilimlari va 
ulardan turli xil, shu jumladan, tipik bo‘lmagan vaziyatlarda ham foydalana olish 
mahoratining shakllantirilishiga qaratiladigan kasbiy hamda metodik tayyorgarligi 
mazmuniga bo‘lgan o‘ziga xos talablarni birinchi o‘ringa olib chiqadi [19-24]. 



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin