Page 1501 murakkabliklar bilan o’tkazish yuqoridagi sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi.
Jismoniy fazilatlarni bir—biriga muvofiq holda rivojlantirish. Mashg’ulotlarni
shug’ullanuvchilar shaxsiy qobiliyatlariga muvofiq tashkil etish hamda
o’quvchilarni sport turlariga jalb etish.
Aqliy va estetik sifatlarni tarbiyalash. Botirlik, qat’iylik, intizomlilik,
jamoatchilik, do’stlik va o’rtoqlik xissini, madaniy xulq ko’nikmalarini, mehnatiga
va ijtimoiy mulkka munosabatni tarbiyalash. Jismoniy tarbiyaning butun jarayoni
bunday qimmatli axloqiy va irodaviy sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Ko’pchilik
jismoniy mashqlar, o’yin harakatlari dovyuraklik va do’stlik xislarini tarbiyalashga
yordam beradi. Shuningdek, Vatanga muxabbat, vatanparvarlik, xis—tuyg’ularni
shakllantirish va tarbiyalash. To’g’ri qomatni shakllantirish. To’rganda va yurganda
qomatni to’g’ri tutish ko’nikmalarini shakllantirish. Qomatni to’g’ri shakllantirish
murakkab va uzoq davom etuvchi jarayondir. Shunday ekan, bu sohada ijobiy
natijalarga erishish uchun , tik to’rganda, yurganda qomatini to’g’ri tutishi masadga
muvofiqdir; jismoniy mashqlarni keng qo’llash kerak; jismoniy madaniyat darslari
mazmuniga albatta qomatni yaxshilashga oid mashqlarni, mashg’ulotlargacha
bo’lgan gimnastikani, jismoniy madaniyat vaqtlarini, badan tarbiyani kiritish,
o’quvchi va talabalarga o’zlari ustida tinmasdan jismoniy va aqliy mashg’ulotlar bilan
ishlash hamda uyga tegishli vazifalar berish kerak. Berilgan vazifalarni o’z vaqtida
tekshirish hamda amaliyotda sinab ko’rish shu asosida natijalarga erishish ko’zda
tutiladi. O’quvchi va talabalarni aqliy va axloqiy tamondan keng doirada tarbiyalash
muxim vazifalardan biridir chunki o’quvchi va talabalar ongi rivojlanish paytida
bo’ladi. Tarbiyani yaxshi tomonga yo’naltira olgandagina kerakli natijalarga erishish
mumkin.
Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarga jalb etish. O’quvchi va talabalarni ta’lim
muassasalaridagina emas, balki uyda ham jismoniy mashqlarni sistemali ravishda
bajarishga odatlantirib borishdan iborat. Bu muhim vazifani amalga oshirish uchun
o’quvchi va talabalar bilan olib boriladigan barcha mashg’ulotlarni jonli,
o’rganiladigan materialning mazmuni va shaklini qiziqarli, hayajonli qilish, mashg’ulot
rahbarining samimiy muomalasi ostida o’tkazish, shug’ullanuvchilar o’zaro do’stona
xamkorlik qilishlari uchun sharoit yaratish zarur. O’quvchi va talabalarni shaxsiy
qiziqishlari va jismoniy qobiliyatlariga ko’ra ularni sport turlari bilan shug’ullanishga
jalb etish. Shuningdek, yashash joylarida, sport to’garaklarga umumiy jismoniy
tayyorgarlik va sport mashg’ulotlarni amalga oshirish kerakdir. O’quvchi va
talabalarda tashkilotchilikni tarbiyalash, jismoniy madaniyat faoliyatini tayyorlash.
Ta’lim muassasasi ommaviy jismoniy madaniyat va sport ishlarini muvaffaqiyatli olib
borish, jismoniy madaniyat darslari hamda mashg’ulotlarni to’laqonli o’tkazishda
o’quvchi va talabalar jismoniy madaniyat faoliyatining o’qituvchiga doimiy yordami
zarur. O’quvchi va talabalar orasida jismoniy madaniyat tashkilotchilari, sport