Mavzu: Infratovush va uning tibbiyotda ahamyati. Infratovush (lot. infra — quyi, past, ostida) — inson qulog‘iga eshitilmaydigan past chastotali (chastotalari 16 Hz dan past bo‘lgan) elastik to‘lqinlar. Yer yuzida infratovush hosil qiluvchi manbalar xilma xil (masalan chaqmoq chaqishi, tog‘lar ko‘chishi, o‘rmon va dengizning showullashi, shamol guvullashi va h. k.). Infratovush muhitda juda kam yutiladi, shuning uchun u havo, suv va yer yuzida juda uzoq masofalarga tarqaladi. Infratovushning bu xususiyatlaridan, masalan, atmosferaning yuqori qatlamlarini, yer po‘stini tadqiq qilishda, kuchli portlashning uzoqligini va dengizlarda kuchli to‘lqinlar tarqalayotgan manba uzoqligini aniqlashda foydalaniladi. Infratovushni o‘Ichashda maxsus asboblar — mikrofon, gidrofon, geofon yoki vibrator ishlatiladi. Infratovush organizmning bir qator sistemalari funksional holatlariga yomon ta’sir ko‘rsatadi: charchash, bosh og‘rig‘i, uyquchilik, jahl chiqishi va boshqalar paydo bo'ladi. Infratovushinng organizmga birlamchi ta’sir ko‘rsatish mexanizmi 113 rezonansli xarakterga ega deb faraz qilinadi. Xususiy tebranishlar chastotasi bilan tebranishga majbur etuvchi kuchlarning chastotasi bir-biriga yaqin bo‘lganda rezonans hodisasi yuz beradi. Odam gavdasining xususiy tebranishlar chastotasi, gavdaning yotgan holida 3-4 Hz, turgan holda 5-12 Hz, ko‘krak qafasining xususiy tebranishlar chastotasi 5-8 Hz, qorin bo‘shlig‘iniki 3-4 Hz bo‘lib, bu infratovush chastotalariga mos keladi. Infratovush intensivligi darajasini yashash joylarida, ishlab chiqarish korxonalarida va transport vositalari turar joylarida kamaytirish gigiyenaning asosiy vazifalaridan biridir.