INFRATOVUSH INFRATOVUSH (lot. infra — quyi, past, ostida) — inson qulogʻiga eshi-tilmaydigan past chastotali (chastotalari 16 gs dan past boʻlgan) elastik toʻlqinlar. Yer yuzida Infratovush hosil qiluvchi manbalar xilmaxil (mas, chaqmoq chaqishi, togʻlar koʻchishi, oʻrmon va dengizning shov-shuvi, shamol guvullashi va h. k.). I. muhitda juda kam yutiladi, shuning uchun u havo, suv va yer yuzida juda uzoq masofalarga tarqaladi. Infratovushning bu xususiyatlaridan, mas, atmosferaning yuqori qatlamlarini, yer poʻstini tadqiq qilishda, kuchli portlashning uzoqligini va dengizlarda kuchli toʻlqinlar tarqa-layotgan manba uzokligini aniqlashda foydalaniladi. Infratovushni oʻlchashda maxsus asboblar — mikrofon, gidrofon, geofon yoki vibrator ishlatiladi. Testlar
1.Infratovush bu-chastotasi quyidagiga teng bolgan mexanik bolama tolqindir .. 16 Gs dan kichik 20 Gs dan katta 20 kGs dan katta 16 Gs dan 20 kGs gacha 2.Tovush balandligi bu eshitishni . sezish darajasi adaptasiyasi qozgatish darajasi diapozoni 3. Eshitish otkirligini aniqlash usuli audiometriya perkussiya auskulttasiya fonokardiografiya 4.Auskultasiya - bu ... hosil bolgan tovushlarni eshitish. azolarda yurakda opkada opkada va ichakda 5. Tovush tolqini - bu zarralarning boylama tebranishlarini elastik muhitda quyidagi chastota bilan tebranishidir.