Scientific progress volume ǀ issue ǀ 2021 issn: 2181-1601 Uzbekistan



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix26.12.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#77906
1   2   3   4
neft-quduqlarini-shtangali-chuqurlik-nasoslari-yordamida-ishlatish (1)

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 1189
Quvurli nаsоslаr chuqurligi 1200 mеtrgаchа bo`lgаn quduqlаrdа ishlаtilib, ulаrni 
tа’mirlаshdа yoki аyrim qismlаrini аlmаshtirishdа ko’tаrib-tushirish оpеrаsiyalаrigа 
ko’p vаqt sаrflаnmаydi. 
Chuqurlik shtangali nasos maxsus konstruktsiyali plunjerli nasos ko’rinishidadir. 
Nasoslardagi uzatmali harakat yer usti orqali shtanga tizmasi orqali amalga oshiriladi. 
Shuning uchun ham bunday nasoslar chuqurlik shtangali nasoslar deb ataladi.
Shtangali nasos qurilmasi (3-rasm) chuqurlik plunjer (1) nasosidan tuzilgan bo’lib, 
NKQ (4) orqali quduqdagi dinamik sathga tushiriladi. Tebratma dastgoh quduq ustiga 
o’rnatiladi, quduq usti jihozlari salnikli uchlik (troynik) va planshaybadan iboratdir. 
Quduqqa (3) shtangalarda nasos plunjeri (2) tushiriladi.
Yuqoridagi shtanga polirovkali shtok deb atalib, (6) salnik orqali o’tib, travers va 
egiluvchan arqon osilmasi yordamida tebratma dastgoh muvozanatlagich (7) 
boshchasiga biriktiriladi. Tebratma dastgohning harakatlanishi elektrodvigatel yuritmali 
uzatma tizimi yordamida amalga oshiriladi. Elektrodvigatel (11) tebratma dastgohni 
(12) reduktor, krivoship (1) va (9) shatun yordamida (8) muvozanatlagichdagi 
(muvozanatlilik) ilgarilanma harakatni hosil qiladi. Bu harakat (3) tizma shtangi orqali 
nasos plunjeriga (2) uzatiladi. Quduq ustiga (5) uchlik (troynik) o’rnatilgan bo’lib, unga 
neft quduqdan kirib keladi.
Uchyoqning yuqori qismida salnikli qurilma bo’ladi, u orqali yuqori shtanga 
(polirovkali shtok) o’tkazilgan va u quduq ustining germetikligini ta’minlaydi hamda 
nasos qurilmasi ishlab turganda neftni oqib ketishiga yo’l qo’ymaydi. Uchtalikning o’rta 
qismida yon otilmasi bo’lib, u orqali neft quduqdan otilma tizim chizig’iga 
yo’naltiriladi. Chuqurlik nasosi quyidagi tartibda ishlaydi.
Plunjer (2) yuqoriga harakatlanganda (2-rasm, a) pastki suruvchi klapan suyuqlik 
ustun bosimi ta’sirida quvur orqa fazasiga ochiladi va neft (suyuqlik) nasos silindriga 
kirib keladi. Bu vaqtda yuqoridagi haydovchi klapan yopiq bo’ladi. Shunday qilib, unga 
nasos-kompressor quduqlardagi suyuqlik ustunining bosimi ta’sir qiladi. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin