Scientific progress volume ǀ issue ǀ


www.scientificprogress.uz



Yüklə 481,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix15.04.2023
ölçüsü481,59 Kb.
#98474
1   2   3   4   5   6
moda-eskizlarini-chizishda-odam-qomatini-tasvirlash (1)

www.scientificprogress.uz
 
Page 1217
Sochlar chizmasi chizilganda, soch orqali yuz ifodasi va rangi tasvirlanadi. 
Markerli ruchka bilan chizilgan qalin chiziqlar yoki pero ruchkasi bilan berilgan 
shtrixlar yuz qiyofasini xarakterlaydi. Tanish bo‘lgan qiyofalarni va jurnallardan 
anologlardan foydalanib eskiz chizish malakani oshirishga hamda o‘zining uslubni 
yaralishiga yordam beradi. 
Qo‘l uch qismga bo‘linadi: yelka kamari, tirsak va panja. Qo‘l kafti va oyoq 
panjalarni tasvirlashda ijodkor bir qancha to‘siqlarga duch keladi. Qo‘l va kaft qomatga 
nisbatan olingan proporsiyaga ega bo‘lsa ham eskizni uslublashda ularning o‘lchamlari 
buzilishi mumkin, lekin ular model siymosiga uyg‘un bo‘lishi kerak. 
Ko‘rsatmada berilgani kabi, kaftning uzunligi yuz hajmiga teng bo‘lganda 
proporsiya va o‘lchamning mutanosibligiga ega bo‘ladi. Yana qo‘shimcha qilib 
aytganda, bilakdan barmoq uchigacha bo‘lgan masofa barmoqlar yoyilgandagi masofa 
(qarich)ga tengligini ko‘rish mumkin. Bu holatni tasvirlashdan maqsad umumiylikdagi 
soddalikni ko‘rsatib, minimal elementlardan foydalangan holda, qo‘l chizmada asosiy 
shaklni saqlab, detallarni chizishdir. 
Oyoqlarni to‘g‘ri chizish uchun mushaklar tashkil qilgan konturga, uni tizza va 
to‘piq sohasidagi torayishiga e’tibor qaratish zarur. Oyoq panjalari bilan birgalikda 
oyoq proporsional ravishda qomatning umumiy qonun-qoidalarida to‘rtta modulni 
egallaydi. Oyoq uzunligi qomatning umumiy balandligidan yarmini tashkil etishini 
nazarda tutish kerak. Oyoq uchta harakatchan bo'laklardan iborat: son, boldir, panja 
bo‘lib, ular o‘zaro son, tizza va harakatchan bo‘laklardan iborat: son, boldir, panja 
bo‘lib, ular o‘zaro son, tizza va to‘piq bo‘g‘imlari bilan birlashadi. Son va boldir bir xil 
uzunlikda bo‘ladi. Qo‘l sxemasida bo‘lgani kabi, oyoq sxemasida ham yumaloq va 
ellipssimon shakllarni ustma-ust qo‘yilishdan iborat bo‘lishi mumkin. 
Qomat – bu odam yurganda va turganda, vertikal muvozanatini - saqlagan holda 
tanasining holatidir. Qomat bo‘yicha figuralar normal, bukchaygan va kekkaygan 
turlarga ajratiladi. 
Bukchaygan figurada gavdasi ozmi-ko‘pmi old tomonga og‘gan bo‘ladi. Bu 
holatda oldinga yo‘nalgan yelkalari pastroq yoki past bo‘ladi. Orqasi dumaloq, kuraklari 
turtib chiqqan, ko‘krak qafasi tor, ichiga kirgan, ko‘krak bezlari past joylashgan, qorin 
chiqqan. Normal qomatli figuraga nisbatan umurtqa pog‘onasi bo‘ylab bel sohasi 
kamroq kirgan, dumba esa kamroq chiqqan. 
Kekkaygan figura gavdasi orqa tomonga ko‘proq og‘ishi bilan tavsiflanadi. 
Yelkalari orqa tomonga yozilgan, orqasi vertikal bo‘yicha nisbatan to‘g‘ri, ko‘krak 
qafasi baland, kerilgan, ko‘krak bezlari baland joylashgan, qorin yassi yoki kirganroq. 
Bunday figuralar umurtqa pog‘onasi bel sathida ko‘proq kirgan va dumba ko‘proq 
chiqqani bilan normal qomatli figuralardan farq qiladi. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 2 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Yüklə 481,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin