SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2
ǀ ISSUE 6
ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 269
IQTISОDIYOTNING BОSH MUАMMОSI: EHTIYOJLАRNING
CHЕKSIZLIGI VА RЕSURSLАRNING CHЕKLАNGАNLIGI
Oybek Utbasarov
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 2-bosqich talabasi
outbasarov@gmail.com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada iqtisodiyotning bosh muammosi bo’lgan
ehtiyojlarning
cheksizligi va resurslarning cheklanganligi va ushbu muammoning yechilishi
sabablariga oid fikr-mulohazalar, takliflar va muammolarga
yechimlar keltirilib
o’tilgan.
Kalit so’zlar: moddiy ehtiyojlar, samaradorlik, natija, to’la bandlik,
iqtisodiy
tanlov, muqobil xarajat, inson ehtiyojlari.
THE MAIN PROBLEM OF THE ECONOMY: UNLIMITED NEEDS AND
LIMITED RESOURCES
ABSTRACT
This article provides feedback, suggestions, and solutions to the problem of infinite
needs
and limited resources, which are the main problems of the economy, and the
reasons for solving this problem.
Keywords: material needs, efficiency, result, full employment, economic choice,
alternative cost, human needs.
Jamiyatning tuzilishi qanday bo`lishidan kat'i nazar uning a'zolari o`z
ehtiyojlarini qondirishlari shart, chunki hayot kechirish ehtiyojlarning qondirilishini
talab etadi. Hayotiy ehtiyojlarning turlari ko`p. Ular iqtisodiy, sotsial, madaniy, siyosiy,
ma'naviy va hatto sof fiziologik ehtiyojlardan iboratdir. Bularning orasida eng ustuvor
ahamiyatga ega bo`lgani sotsial-iqtisodiy ehtiyojdir.
Sotsial-iqtisodiy ehtiyojlar-kishilarning
yashashi, mehnat qilishi va ma'lum
iqtisodiy mavqega ega bo`lishi uchun iste'mol etilishi zarur bo`lgan mahsulotlar va
xizmatlar majmuidir. Bu faqat tirikchilik ehtiyoji emas, balki insonning shaxs sifatida
kamol topish zarurati hamdir. Uning jismoniy ehtiyojlardan farqi shuki,
mehnat
vositasida va tabiat ishtirokida qondiriladi, ya'ni u ishlab chiqarish faoliyatini talab
qiladi. Ehtiyoj avvalam bor yakka tartibda bo`ladi,
chunki har bir odamning
xususiyatiga qarab ehtiyoj farqlanadi.
Shunday ehtiyojlar borki, ular yakka bo`lsada, birgalikda qondirilishi mumkin.
Bunday vaqtda guruhiy ehtiyojlar paydo bo`ladi. Bu esa ma'lum guruhga birlashgan