Page 1131
asosiy tarkibiy qismlaridan birini xalq dostonlari, jumladan, “Alpomish” dostoni tashkil
etadi. "Alpomish" dostoni ajdodlarimiz ijodiy dahosining bebaho badiiy yodgorligi. U
bugungi kunda o’zbek xalqining milliy birligi va ma’naviy uyg’onish, o’z-o’zini
anglashining ramziga aylangan dostondir.
«Alpomish» dostoni xalqimiz orasida juda keng tarqalgan. U hozir ham ayrim
baxshilar tomonidan kuylanib kelinmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimida bolalar
adabiyoti, pedagogika, bolalar nutqini o’stirish, bolalarni sahnalshtirish va ijodiy
faoliyatga
o’rgatish
sohalari
bo’yicha
ko’rsatilgan
yo’nalishlarda
«Tarbiyalanuvchilarning umummadaniy va axloqiy ko’nikmalari, savodxonlik
malakalarini shakllantirish bilan birga bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyatini,
aqliy rivojlanishini, dunyoqarashini, kammunikativ savodxonligini oshirishga, jismonan
sog’lom bo’lishga, moddiy borliq go’zalliklarini his etishga, go’zallik va nafosatdan
zavqlana olishga, milliy urf - odatlarni iziga singdirishga va ardoqlashga, ularga rioya
qilishga» alohida ahamiyat berilgan. Shunday ekan xalqimizning urf - odatlaridan
chuqur o’rin olgan maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarni vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash milliy istiqlol g’oyasining asosiy negizini tashkil etadi. Chunki,
xalqimizning qadim-qadimdan avloddan avlodga o’tib kelayotgan insonparvarligi
bugungi kunda jamiyatimiz ma’naviyatini yuksaltirishda, mustaqil O’zbekistonda
demokratik, insonparvar davlatni barpo etishda muhim o’rin tutadi.
Tarbiyalanuvchilarga xalq dostoni personajlarining xarakterini ochib berish, shu
maqsadni ifodalovchi ibora va jumlalarning mazmunini, ya’ni asl va ko’chma
ma’nolarini ham tushuntirish matnning puxta tushunib olinishiga yordam beradi.
Maktabgacha ta’lim guruhlarda xalq og’zaki ijod materiallari mashg’ulot
jarayonida o’rganilganda tarbiyalanuvchilarning ma’naviy shakllanishiga ta’siri
tarbiyachi tomonidan maxsus e’tiborga olinishi talab etiladi. Har bir fanining bilimlari,
bilimlar tarkibidagi alohida mavzular o’quvchi ongini ilmiy-nazariy bilimlar bilan
boyitibgina qolmasdan, uning ma’naviyatiga ta’siri ham mualliflar tomonidan
mo’ljallangan bo’ladi. Buni o’qituvchi mashg’ulot jarayonida hisobga olganda,
tarbiyaviy maqsadga erishishga harakat qilganda o’quvchining ma’naviy dunyosi boyib
boshlaydi. Turli markazlar tarbiyachi ma’naviyatining o’ziga mos bo’lgan tomonlarini
rivojlantiradi. Maktabgacha ta’lim guruhlarda nutq o’stirish, bolalar adabiyoti, bolalarni
sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish nazariyasi va metodikasi tarkibiga xalq
og’zaki ijod namunalari kiritilganligini bayon etgan edik. Ushbu materiallar
tarbiyalanuvchilarning dunyoqarashiga kuchli ta’sir etib, ongi va axloqini
takomillashtiradi: