Scientific progress volume ǀ issue ǀ


Ilk yosh: 1-3 yosh davrlarni o’z ichiga oladi



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix31.03.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#91953
1   2   3   4   5   6
xalq-dostonlarini-o-rgatishning-amaliy-ahamiyati-hamda-dolzarbligi-alpomish-dostoni-misolida (1)

1.Ilk yosh: 1-3 yosh davrlarni o’z ichiga oladi. Ilk yoshdagi ijtimoiy rivojlanish 
vaziyati va uning genetik vazifasi. Bola hayotining birinchi yili oxiriga kelib erishgan 
natijalari yangi ijtimoiy rivojlanish vaziyatini qurishni talab qiladi. “Alpomish” 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 7 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 1132
dostonida qahramonlar tasviriga mos nomini taniy oladi. Bu yoshdagi bolalarda tasvir 
orqali nutqiy muloqotga erishish mumkin. 
2.Kichik guruh: 3-4 yoshni o’z ichiga oladi. Bolaning imkon doirasidagi va 
undan tashqaridagi nutq vositalari bilan faol muloqotga kirishish, kattalarning 
savollariga va takliflariga javob berish, o’z istak-xohishlarini, hissiyotlarini, fikrlarini 
ifoda qilgan holda tashabbus ko’rsatib fikr bildirishga intilishini qo’llab-quvvatlash; 
tengdoshlari ishlariga qiziqishini, o’z taassurotlarini ular bilan o’rtoqlashishni istashini, 
o’yin harakatlarini, ro’y berayotgan hodisaga munosabatini nutq bilan ifodalashga 
qiziqishini rag’batlantirish; shaxsiy tajribadan kelib chiqqan holda bolaning o’ziga 
yaqin mavzular bo’yicha, yoki “Alpomish” dostoni qahramonlari sifatlarini o’rgatish 
mumkin. Qahramonlik va mardlik, yurt tinchligi, millat birligi g’oyalari, uning 
qahramonona shon-shuhrati, el-yurt farovonligi va oila baxti, vatan ravnaqi uchun 
kurash tuyg’ulari shakllantiriladi.
3. O’rta guruh: 4-5 yoshni o’z ichiga oladi.  “Alpomish” dostoni obrazlarining 
tahlilini bu yoshda bemalol kuzatish mumkin. Masalan, qahramonlikda Alpomishdan, 
ibo-hayo va Sharq qizlariga xos fazilatlarni Barchinoydan, do’stlar bilan kengashib ahil 
bo’lishni Alpomish va Qorajondan, vaziyatdan tashqari muloqot qilishga undash 
xususiyatlari o’rgatiladi. Dushmanlarning «qirq mingini bir deb sanab qirishga» tayyor 
turgan jasur Barchin obrazida qahramonlik eposlariga xos botir qiz («alp qiz») haqidagi 
an’anaviy tushuncha ham o’z ifodasini topgan. Qahramonlik va mardlikni tarannum 
etuvchi Barchinning shartlari dostonda nihoyatda badiiy tasvirlangan. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin