See discussions, stats, and author profiles for this publication at



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/37
tarix14.03.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#87850
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37
Trening ma\'lumoti

"Koʻrinmas sovgʻa" 
Ishtirokchilar davra qurib olishadi. Boshlovchi qoʻlida narsani yasash mumkin 
boʻlgan koʻrinmas loy borligini va ishtirokchilar undan sovgʻa yasab, oʻng 
tomonidagi ishtirokchiga uzatishlari lozimligini aytadi. Sovgʻa yasaladi va qabul 
qilib olingach, yana boshqatdan sovgʻa yasalib, navbatdagi ishtirokchiga taqdim 
etiladi. SHu tariqa barcha "sovgʻa" olmagunicha bu harakatlar takrorlanadi. Oʻyin 
oxirida kimning nima sovgʻa qilgani va sababi soʻraladi. 


34 
"Yashirin lider" 
Guruh ahzolaridan biri xonadan chiqib turadi. Qolganlardan birini — "lider"ni 
tanlashadi. Qolgan ishtirokchilarning vazifasi: lider muayyan harakatlarni 
bajarganda ular ham bu harakatlarni takrorlashi kerak. Xonadan chiqarib yuborilgan 
ishtirokchini xonaga taklif qiladilar, uning vazifasi: "lider" kimligini aniqlashi kerak. 
Agar toʻgʻri topsa, lider bilan oʻrin almashadi. 
 
Sakrash 
Guruh ishtirokchilari yuzlarini bir tomonga oʻgirgan holda bir qator turadilar. 
Yoʻriqnoma: "Men "bir, ikki, uch", deb sanayman va har "uch" deganimda siz 
quyidagicha holatlarda sakrashingiz mumkin: 
1. Joyingizda turgan holda. 
2. Sakrab oʻng tomonga oʻgirilish. 
3. Sakrab chap tomonga oʻgirilish. 
Topshiriqni bir-birimiz bilan gaplashmasdan, jimlikda bajaramiz.
Mashq 
hamma ishtirokchilar bir tomonga qarab turmagunlaricha davom etaveradi. Mashqni 
bajarishda oʻzaro koʻrsatmalar berilmasligiga, ayrim ishtirokchilarning kelishib 
olmasliklariga va bir ishtirokchining buyrugʻi bilan biror tomonni tanlamaslikka 
ehtibor berish kerak. 
Mashq guruhni jipslashtiradi, kayfiyatni koʻtaradi, qizgʻinlikni, tanglikni 
yumshatadi. SHuningdek, guruh qatnashchilarining birgalikdagi faoliyatda kelishib 
olishlariga va umumiy qarorga kelishlariga imkon beradi. 
Oʻyin oxirida guruhga beriladigan savollar: "Guruhning oldiga qoʻygan vazifani 
bajarishda nima yordam berdi?", "Vazifani tezroq bajarishga nima xalaqit berdi?", 
"Vazifani tezroq bajarishga nimalar yordam berishi mumkin edi?" va h.k. 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin