34
"Yashirin lider"
Guruh ahzolaridan biri xonadan chiqib turadi. Qolganlardan birini — "lider"ni
tanlashadi. Qolgan ishtirokchilarning vazifasi:
lider muayyan harakatlarni
bajarganda ular ham bu harakatlarni takrorlashi kerak. Xonadan chiqarib yuborilgan
ishtirokchini xonaga taklif qiladilar, uning vazifasi: "lider" kimligini aniqlashi kerak.
Agar toʻgʻri topsa, lider bilan oʻrin almashadi.
Sakrash
Guruh ishtirokchilari yuzlarini bir tomonga oʻgirgan holda bir qator turadilar.
Yoʻriqnoma: "Men "bir, ikki, uch", deb sanayman va har "uch" deganimda siz
quyidagicha holatlarda sakrashingiz mumkin:
1. Joyingizda turgan holda.
2. Sakrab oʻng tomonga oʻgirilish.
3. Sakrab chap tomonga oʻgirilish.
Topshiriqni bir-birimiz bilan gaplashmasdan, jimlikda bajaramiz.
Mashq
hamma ishtirokchilar bir tomonga qarab turmagunlaricha davom etaveradi. Mashqni
bajarishda oʻzaro koʻrsatmalar berilmasligiga, ayrim
ishtirokchilarning kelishib
olmasliklariga va bir ishtirokchining buyrugʻi bilan
biror tomonni tanlamaslikka
ehtibor berish kerak.
Mashq
guruhni jipslashtiradi, kayfiyatni koʻtaradi, qizgʻinlikni,
tanglikni
yumshatadi. SHuningdek, guruh qatnashchilarining birgalikdagi faoliyatda kelishib
olishlariga va umumiy qarorga kelishlariga imkon beradi.
Oʻyin oxirida guruhga beriladigan savollar: "Guruhning oldiga qoʻygan
vazifani
bajarishda nima yordam berdi?", "Vazifani tezroq bajarishga nima xalaqit berdi?",
"Vazifani tezroq bajarishga nimalar yordam berishi mumkin edi?" va h.k.
Dostları ilə paylaş: