Toshkent – 2019
2
TAQRIZCHILAR:
Mullabaeva N.M. – Oʻzbekiston Milliy universiteti, Ijtimoiy fanlar fakulg’teti,
“Psixologiya” kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi
Uzoqov I. – Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlar Oʻzbek tili va adabiyoti
universiteti katta oʻqituvchisi, pedagogika fanlari nomzodi
Kasbiy faoliyatni psixologik tahminotida asosiy oʻrinlardan birini kasbiy
tayyorgarlik bosqichi egallaydi. Oʻqitishni jadallashtirishning psixologik-pedagogik
tomonlari, insonning ichki resurslarini, uning ijodiy imkoniyatlarini
faollashtirishning guruhiy vositalari, mutaxassislarning shaxsiy sifatlarini
shakllantirishga moʻljallangan treninglarni tashkil etish va ularni oʻtkazish hozirgi
kunda dolzarb masala sifatida yuzaga chiqmoqda.
Mazkur metodik qoʻllanma muammoning yechimlaridan biri boʻlgan ijtimoiy
treninglar va ularni oʻtkazish metodlariga bagʻishlangan boʻlib, psixolog
mutaxassislarga, pedagoglarga, psixologiya fanidan tahlim olayotgan talabalarga
moʻljallangan.
Muharrir: I.N. Aslonov
Ushbu monografiya ___________________Alisher Navoiy nomidagi TDOʻTAU Uslubiy
kengashining 2019 yil «___»________dagi yigʻilishida muhokama qilinib, nashr qilish uchun
tavsiya etilgan. ( - sonli qaror).
©
Aslonov I., Arapbaeva D., 2019
3
Trening tarixi haqida
Guruhlarda trening oʻtkazishga bagʻishlangan ishlar tarixi shuni koʻrsatadiki,
bu boradagi ishlar dastlab aynan psixologik mahno va mazmun kasb etmagan. Bu
soha asosan psixosomatik kasalliklar bilan bemorlar guruhini bir joyda davolashga
harakatdan boshlangan. Bunda dastlabki tadqiqotlardan biri sifatida avstriyalik
psixiatr F.A.Mesmerning (1734-1815y.y) va amerikalik shifokor Djozef Prattning
(1930y) olib borgan ishlarini keltirish mumkin. Ular har ikkalasi ham guruhiy
terapeya usulini qoʻllagan holda oʻz kasallarini davolashga harakat qilganlar. D. Pratt
dastlab oʻz bemorlarini guruhiy davolashning faqat iqtisodiy jihatdan foydaliligini
anglagan xolos, u guruhda ish olib borishning psixologik jihatlariga ehtibor ham
bermagan. Lekin asta-sekin u shu narsaga amin boʻlganki, psixoterapeyada asosiy
holat – guruhiy oʻzaro tahsirdir. Yahni, Pratt guruhdagi kishilarning bir-biriga ijobiy
tahsiri - ularning kasallikdan sogʻayishlariga ham katta tahsir koʻrsatayotganligini
kuzatgan. D.Prattning tadqiqoti guruhiy terapeyada dastlabki qadam boʻlgan boʻlsa,
bu sohada ikkinchi qadam sifatida Freydning psixoanaliz nazariyasini davom
ettiruvchilaran biri boʻlgan – Trigant Barrouning ishlarini tahlil qilish mumkin.
T.Barrou 1925 yildayoq guruhiy tahlil (gruppovoy analiz) atamasini kiritganki,
bunda u kishilarni tushunish uchun ular bilan birga boʻlgan ijtimoiy guruhlarni
oʻrganish lozimligini qayd etgan.
Guruhiy terapeya haqida gap ketganda Ya.Morenoning ishlarini ham gapirib
oʻtish lozimki, oʻz vaqtida u ham bu sohani tushunish uchun anchagina ishlarni
amalga oshirgan. U guruhiy terapeyada asosiy boʻlgan psixodrammaning asoschisi
hisoblanadi. U 1932 yilda guruhiy psixoterapeya atamasini kiritdi.
XX asrning 50-60-yillariga kelib psixoterapevtlar orasida guruh bilan ish olib
borishga qiziqish ortdi. Ulardan biri – psixologiyadagi gumanistik yoʻnalishni
rivojlanishiga hissa qoʻshgan olimlardan biri Karl Rodjers hisoblanadi. Uning ishi
boshqalardan shunisi bilan farqlanadiki, u guruh boshqaruvchisini mutaxassis yoki
mijozni davolovchi shifokor emas, balki, ishtirokchilar bilan teng boʻlgan, ular bilan
oʻzaro teng munosabatda boʻla oluvchi sherik sifatida qaraydi.
4
1960 yillarda K.Rodjersning gumanistik psixologiya an’anasi ga mos holda
ijtimoiy va hayotiy koʻnikmalarni shakllantiruvchi treninglar oʻtkazila boshlandi. Bu
treninglar oʻqituvchilar va menedjerlarning kasbiy malakalarini va tayyorgarligini
oshirish maqsadida amalga oshirilgan. Hayotiy koʻnikmalarni shakllantirish
yuzasidan olib borilgan treninglarda ishtirokchilarga yoʻnaltirilgan uchta asosiy
modeldan foydalanilgan.
Birinchi model hayotiy koʻnikmalarning yetti xil turini oʻz ichiga olgan boʻlib,
bular: muommolarni yecha olish, muloqot, oʻziga ishonchni saqlab turish, tanqidiy
tafakkur, qathiyatlilik, Men – kontseptsiyasini rivojlantirish va oʻzini boshqara olish
koʻnikmalaridir.
Ikkinchi model treningni asosiy maqsadi sifatida hayotiy koʻnikmalarning
toʻrtta kategoriyasini oʻz ichiga oladi. Bular: shaxslararo muloqot, salomatligini
asrash, qaror qabul qilish va muammolarni yechish koʻnimalaridir.
Uchinchi model oʻz xissiyotlarini nazorat qilish, shaxslararo munosabat, oʻzini
tushunish, oʻzini iqtisodiy himoya qilish, oʻzini qoʻllab-quvvatlash koʻnikmalarini
xosil qilishga qaratilgandir.
Ruhiy ishni tashkil qilish borasida Kurt Levin ham ish olib borgan boʻlib, u
oʻz tadqiqotlari natijasida shunday xulosaga keladiki “ Kishilarning individual
xususiyatlarini aniqlashda ularni alohida alohida tekshirgandan koʻra bitta guruhga
jamlab tekshirish osonroq kechadi”. Guruhiy terapiyani muvaffaqiyatini
tahminlovchi sabablardan biri oʻyin va mashqlar jarayonida xissiy munosabatlar
natijasida ishtirokchilarning bir-biriga boʻlgan munosabati nihoyatda iliq boʻladi.
SHu bilan birgalikda trening guruhlarda inson oʻziga nisbatan boshqalar tomonidan
iliq munosabatni, ishonchni, mehrni va yordam berishga tayyorlik xislarini sezadi.
Davolovchi vrach yoki mutaxassis bilan emas guruhdagi ishtirokchilar bilan
oʻz muammolarini hal qilish har bir ishtirokchida qulaylik xissini vujudga keltiradi.
SHu yoʻnalishda olib borgan ishlari natijasida Lekin (1972) psixokorrektsion
guruhlar uchun umumiy boʻlgan 6 ta jarayonni ajratib koʻrsatadi:
1. Xissiyotlarni ifodalash yengil kechadi;
2. Guruhga taalluqlilik xissi tugʻiladi;
5
3. Oʻzini-oʻzi namoyon qilishga mashullik sezadi;
4. Xulq-atvorning yangi koʻrinishlarini oʻzlashtiradi;
5. SHaxslararo munosabatlarni solishtirishda guruh bilan birga xulosa chiqazadi;
6. Guruhni boshqarishda mahlum bir liderning javobgarligi xis qilinadi.
Bu jarayonlar deyarli barcha psixokorektsion guruhlarda olib boriladigan ishlarda
kuzatilgan.
Psixokorrektsion guruhlarni muammosining yechilishiga qarab rahbarlarni
tayyorlash va shaxslararo munosabat koʻnikmalarini oʻrgatish, shaxsni
barkamollashtiruvchi, turli xil ruhiy zoʻriqishlarni bartaraf etuvchi guruhlarga
ajratish mumkin. Har qanday turdagi guruhning qamrovi juda keng boʻladi: axborot
olish yoki vazifani bajarishga qaratilgan guruhdan to shaxsni barkamollashtirish yoki
tushunishga qaratilgan guruhgacha; boshqaruvchiga yoʻnaltirilgan guruhdan to
ishtirokchiga yoʻnaltirilgan guruhgacha; yuqori tuzilmadagi guruhdan to past
tuzulmadagi guruhgacha, qisqa vaqtli guruhdan uzoq vaqtga moʻljallangan
guruhgacha; sogʻlom odamlar guruhidan to kasallardan tuzilgan guruhgacha.
Muloqot jarayonida kompitetlikni oshirish yuzasidan dastlabki ish
K.Levinning shogirdlariga tegishli boʻlib, ular AQSHning Betel shaxrida trening
guruxini tashkil etib, ular bilan ish olib borganlar va T – guruh nomini olgan. Ular
ishining asosida quyidagi gʻoya yotadi: koʻpchilik odamlar guruhlarda ishlaydilar va
yashaydilar, lekin ular koʻpincha bu guruhda qanday ishtirok etayotgani, atrofidagi
odamlar ularga qanday koʻz bilan qarayotgani, ularning xulq-atvori va xatti-
harakatlariga nisbatan qanday munosabat bildirayotganligi haqida oʻylab ham
koʻrmaydilar. K.Levin kishilarning xulq-atvorida va ustanovkalarida yuzaga
keladigan oʻzgarishlar ular bilan alohida ishlaganda emas balki mahlum bir guruhga
birlashtirib ishlanganda samaraliroq boʻlganligini tahkidlaydi. SHuning uchun odam
oʻzidagi ustanovakalarni oʻzgartirish yoki xulq-atvorning yangi shakllarini vujudga
keltirish uchun atrofdagi odamlar unga nisbatan qanday munosabatda boʻlishiga
qarab harakat qilishlari lozim.
K.Levinning shogirdlari tomonidan guruhlararo munosabatlar sohasida olib
borilgan ishlar AQSHda trening boʻyicha milliy laboratoriyaning tuzilishiga asos
6
soldi. Bu laboratoriyada bazaviy koʻnikmalarni xosil qilish boʻyicha guruh tuzilgan
edi. Olib borilgan ishlar natijasida T-guruh amaliyoti rivojlandi. Bu guruhda
raxbarlar, menedjerlar, siyosiy liderlar ishtirok etib, ularda shaxslararo oʻzaro
munosabatda samarali muloqot oʻrnatish, boshqarish, nizolarni hal qilish va
guruhlarni jipslashtirish koʻnikmalari shakllantirildi. Bahzi T-guruhlar esa insonning
hayotiy qadriyatlari va oʻziga toʻgʻri baho berish va oʻziga nisbatan ijobiylik
xislarini kuchaytirishga yoʻnaltirilgan edi. Bunday T-guruhlarning dastlabkisi 1954
yilda tashkil etilgan boʻlib ular senzitiv guruhlar deb nomlangan.
1970 yillarda Leyptsig va Yenskiy universitetlarida M.Forverg rahbarligi
ostida ijtimoiy-psixologik trening usuli ishlab chiqildi. Bu treningda sahna koʻrinishi
elementlarini oʻz ichiga olgan rolli oʻyinlardan foydalanildi, ularning maqsadi
samarali muloqot koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan edi.
Rus psixologiyasida ham ijtimoiy psixologik trening oʻziga xos tarzda keng
koʻlamda oʻrganilgan va ishlangan. Ijtimoiy psixologik trening yuzasidan dastlabki
monografiya 1982 yilda L.A.Petrovskiy tomonidan nashr etilgan boʻlib unda
ijtimoiy-psixologik treningni nazariy va uslubiy aspektlari yoritib berilgan.
Keyinchalik bu ishlar asta-sekin rivojlana bordi. XX asr oxiri va XXI asr boshlariga
kelib rus psixologiyasida psixologik treninglar muammosi shitob bilan rivojlanishini
kuzatish mumkin. Bu borada rus psixologlaridan bir qancha olimlar ish olib borgan.
Rossiyadagi ijtimoiy-psixologik treningning nazariy va metodik jixatlariga
bagʻishlangan qoʻllanmalardan dastlabkisi 1982 yilda L.A. Petrovskiy tomonidan
ommaga taqdim etilgan. Bugungi kunda bu qoʻllanmada berilgan metodlar bolalar,
ota-onalar, ijtimoiy guruhlar (ish jarayonida insonlar bilan muloqotga kiruvchilar),
tashkilot rahbarlari bilan ishlashda, yahni yuqorida sanalgan guruhlar bilan
treninglar tashkil qilishda, ishni olib borishda faol qoʻllanilib kelinmoqda.
Mamlakatimizda ham psixologiya sohasining bir yoʻnalishi sifatida psixologik
treninglar keyingi yillarda anchagina rivojlanayotganligini koʻrish mumkin.
V.Karimova, T.M.Adizova, F.Akromova kabilarning ishlarida bu sohaga tegishli
mahlumotlarning yoritilganligini koʻrish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |