26
"Avlodlar oʻrtasidagi nizo" oʻyini
Maqsad: Oʻquvchilarda muomala madaniyatini shakllantirish, shaxslararo
munosabatlarni ijobiy rivojlantirish.
Bunda uch kishi ishtirok etadi — yigit, qiz va katta yoshli odam. Avlodlar
oʻrtasida " Eh, hozirgi yoshlar..." qabilida taqlid uyushtiriladi.
Yigit va qizning
vazifasi: imkon boricha xushmuomalalik bilan nizodan qochish. Jyuri ahzolari har
bir oʻquvchining harakatini baholab boradi.
"Orqadagi yozuvlar"
Ishtirokchilarning
orqalariga
varaq
mahkamlab
qoʻyiladi. Hamma
ishtirokchilar xonada xohlagan odamining oldiga borib uning orqasidagi qogʻozga
bu odamning nimasi oʻziga yoqishini yozishi kerak.
Vazifani mukammallashtirish
ham mumkin. Masalan, oʻsha odamda nimani oʻzgartirishni xohlashini yozishi
mumkin.
Informatsiyani (mahlumotni) soʻzsiz uzatish
Bu oʻyinda boshlovchi yoʻnaltirib turuvchi rolini bajaradi.
Boshlovchi
shunday tushuntirish beradi: "Hozir bir kishi xonadan tashqariga chiqib turadi,
qolganlar esa unga qanaqa mahlumotni aytish lozimligi haqida kelishib olishadi.
Men uni chaqiraman, shunda butun guruh imo-ishora, turli qiliqlar va yuz harakatlari
bilan unga shu informatsiyani uzatishga harakat qilishadi.
CHaqirilgan odamning
vazifasi — guruh unga aytmoqchi boʻlayotgan mahlumotni anglab olishdan iborat".
Boshlovchiga eslatma: Odatda, oʻsmirlar oʻyin muhitidan nojoʻya xatti-
harakatlarni bajarish uchun bahona sifatida foydalanishlari mumkin. Albatta, bu
oʻyinda nojoʻya harakatlar boʻlishi tabiiy, lekin kimki vaziyatdan shoʻxlik va hazil-
huzul uchun foydalanmoqchi boʻlsa, uni oʻynayotgan guruhinng oʻzi tartibga keltirib
qoʻyishi kerak. Bu usulning muhim tahsir
kuchiga egaligini hisobga olib, uni
jamoatchilikdan holi va shovqin kam boʻlgan maxsus xonalarda oʻtkazish maqsadga
muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: