18
3. Noverbal kommunikatsiyalar boʻyicha tajribalarni rivojlantirish.
Mazkur maqsadlarga erishishni belgilaydigan asosiy shartlar quyidagilar boʻlib
hisoblanadi:
1. Taklif etilgan barcha mashgʻulot jarayonlariga faol ishtirok etish.
2. Oʻzining va oʻzgalarning tajribasiga hurmat bilan qarash: har bir kishining
oʻzini qanday tutishi uning shu vaziyat va shu vaqtdagi imkoniyatlaridan kelib
chiqadi, hech kim birovdan bundan ham yaxshiroq yoki mahlum namunaga koʻra
xatti-harakat qilishni talab qila olmaydi.
3. Qatnashchilar va sheriklarni his etishga yoʻnalganlik.
4. Hatti –harakatga va oʻzaro hamkorlikka kirishish talabi.
Mashgʻulotlarda turli mualliflar (masalan, TSzen N., Paxomov Yu. va
boshqalar)ning
psixologik
mashqlari
va
usullaridan
kasbiy
faoliyatga
moslashtirilgan holda foydalanilishi mumkin. Oʻtkazilgan mashgʻulotlar maqsadiga
koʻra bir necha tiplarga boʻlinadi:
1.
Umumfaollashtiruvchi, tayyorlovchi mashgʻulotlar. Ular tegishli
guruhiy hamkorlik muhitini yaratish: emotsional va xatti-harakatlardagi erkinlik,
mehyoriy toʻsiqlarni olib tashlash. Odatda, bu mashgʻulotlar butun guruh bilan
birgalikda bajariladi. Mazkur mashgʻulotlarga quyidagilar kiradi: «tanishuv», «qor
ustida yurish» «harakatni yoki tuygʻuni doira boʻylab oʻtkazish», «Broun harakati»
va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: