19
Taklif etilgan mashqlarning noodatiyligi tufayli tinglovchilarning mashgʻulot
chogʻida oʻzlariga xos boʻlmagan xatti-harakatlarni bajarishlariga toʻgʻri keladi va
bu muomaladagi siqiqlikni bartaraf etishga yordam beradi. Jismoniy aloqaga alohida
urgʻu berish zarur: «broun harakati» dagi oddiy jismoniy muloqot hamda oʻz
jarayonida qatnashchilarning «shu yerda va shu paytdagi» his-tuygʻulari
haqidagi
suhbatlari asosida kechadigan, bir-birlarining oʻziga
xos holatlarini tushunishga
qaratilgan
«qalbdan suhbat» mashqi. SHuni ham tahkidlash joizki,
mashgʻulotlarning samaradorligi birgalikdagi faoliyat
uchun zarur muhitni
tahminlashga bogʻliqdir.
Umumiy metodologik tamoyillar shaxs va jamiyat munosabatlari asosida
yotadi. Ijtimoiy psixologiya fani doirasida esa psixologiya va sotsialogiyadagi
metodologik tamoyillar tadqiqotning metodologik asosini tashkil etadi.
Muomala psixologiya fanining asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanib, u oʻz
ichiga shaxslararo munosabatlarning eng muhim mexanizmlarini qamrab oladi.
Ushbu fundamental kategoriyani
chuqur tushunmay turib, xoʻjalik faoliyati
sharoitida inson resurslaridan foydalanish va uni takomillashtirishda
zamonaviy
metodlaridan foydalanishning imkoniyati boʻlmaydi.
Oʻzaro munosabatlarga kirishayotgan tomonlar munosabatdan
koʻzlaydigan asosiy maqsadlari — oʻzaro
til topishish, bir-birini tushunishdir.
Muloqot faoliyati shunday shart-sharoitki, unda har
bir shaxsning individualligi,
betakrorligi, bilimlar va tasavvurlarning xilma-xilligi namoyon boʻladi.
SHuning uchun ham hozirda muomala, uning tabiati, texnikasi va strategiyasi,
muloqotga oʻrgatish (ijtimoiy psixologik trening) masalalari bilan shugʻullanuvchi
fanlarning ham jamiyatdagi oʻrni va salohiyati keskin oshdi.
Dostları ilə paylaş: