27
Ishtirokchilarning hammasi doira shaklida oʻtirishadi. Qoʻllar
bir-biriga
birlashtirilgan boʻladi. Ishtirokchilar birvarakayiga xohlagan tomonidagi (chap yoki
oʻng yonidagi) kishiga salomlashish uchun qoʻshqoʻllab qoʻl uzatadi. Unisi esa
qoʻllarini yonidagisiga uzatishi mumkin va birinchi ishtirokchiga navbat yetgunicha
shu holda davom etadi. SHunday qilib bir nechta mos kelmaslik holati kuzatilishi
tabiiy. Ana shunda qanaqangi qiy-chuv koʻtarilishini koʻrasiz!
Bu oʻyinni bir necha bor takrorlash nafas rostlash
va tinchlanish uchun
foydalidir.
Aziz mehmon oʻyini
Maqsad: a) shaxsning va xususan, protogonist (mehmon) shaxsining guruh
tomonidan
hurmat qilinishini tasdiqlash; b) guruhda odam bilan muomala qilish
sanhatini shakllantirish; v) bevosita (oʻyinni amalga oshirish orqali) guruhdagi ayrim
ishtirokchilarning protogonistga nisbatan salbiy munosabatini shakllantirish.
Bu oʻyinda protogonist sifatida guruhdagi eng koʻzga tashlanmaydigan, sust
oʻsmir tanlanadi.
Boshlovchi oʻyinning mohiyatini quyidagicha tushuntiradi: "Hozir bir kishi
tashqariga chiqib, to uni chaqirmagunimizcha eshik orqasida kutib turadi.
Qolganlardan 7 kishini biz har bir oʻyin qatnashchilarining ishtirokini va xulq-
atvorini baholash uchun (5 balli sistemada) hakam sifatida saylaymiz.
Vazifangiz
nimadan iboratligini aytib oling: eshik ortidagi kishi — bizning eng aziz
mehmonimiz. Tasavvur qiling, u bizning respublikamiz uchun doʻst
mamlakat
boʻlgan AQSH davlatining vakili bulib, Oʻzbekiston va Amerika oʻrtasida
mustahkam aloqalarni yoʻlga qoʻyish uchun tashrif buyurgan. Ishtirokchilardan
biri mehmonni chaqiradi, shu bilan birga unga hamrohlik va tarjimonlik ham qiladi.
Qolgan ishtirokchilarning har biri mehmon bilan koʻrishishga,
undan nimanidir
soʻrashga, unga nimalarnidir gapirib berishga harakat qilishi kerak, chunki mehmon
zerikib qolmasligi kerak. Hakam ahzolarining vazifasi: qatnashchilarning ishtirokini
kuzatib
borib,
kimda-kim
mehmon
bilan
quruq,
betakalluf,
soxta,
xushomadgoʻylarcha va odobsizlarcha munosabatda boʻlsa, ularning ballarini
tushirishdan iborat. Odobsizlar va ballari past boʻlganlar oʻyindan chiqariladi.
28
Hakamlar har bir ishtirokchining oʻrtacha bahosiga qarab, uning oʻzaro munosabatga
kirishish qobiliyatiga baho beradilar".
Boshlovchi ham ishtirokchilar bilan birgalikda hakam ahzolarini, xamrohlik
qiluvchi (tarjimon)ni va "mehmon"ni tanlaydi. Xamrohlik qiluvchi xonadan chiqib
ketadi va bir pasdan soʻng "mehmon"ni boshlab kiradi. Ishtirokchilar protogonistni
doira shaklida oʻrab oladilar va uning atrofida kim qanday istasa shundayligicha
oʻtiradilar. U bilan gaplashishning navbatma-navbatligi shart emas, muhimi har bir
ishtirokchi u bilan munosabatga kirishishi kerak.
Oldindan mahlum boʻlgan kulguli narsalar (mehmon bilan "chet
tilida
gaplashish" va muloqotning odatlanilmagan usuli) oʻyinga zavq bagʻishlaydi, kulgu
uygʻotadi, lekin tahkidlangan jiddiylik yoʻqolmaydi. Tajribalarda koʻrinishicha,
protogonist bilan muloqotda boʻluvchi shaxslar oʻz munosabatlarida xazilomuz,
kulguli harakatlarni ham qoʻllaydilar. Bunda ishtirokchilar,
hatto hakamlar
tomonidan ballar kamaytirilishi ehtimolini ham unutib qoʻyadilar. SHunday vaziyat
kuzatilganda, oʻyin nihoyasida boshlovchi ishtirokchilarning bu xil (nooʻrin)
harakatlarini yengilgina boʻlsa xam tahkidlab oʻtishi kerak.
Mehmon nomiga aytilayotgan olqishlar haqida oldindan boshqotirib oʻtirish
shart emas, balki ishtirokchilar buni oʻyin jarayonida oʻylab topishlariga imkoniyat
yaratish kerak.
Dostları ilə paylaş: