Maqsad: mashqni bir vaqtning oʻzida hamkorlikda bajarish orqali guruhning
jipsligiga erishish.
3. «Tanishuv» – Trening qatnashchilari doira shaklida oʻtirishadi. Navbati
bilan ular oʻz xarakterlaridagi bitta ijobiy va bitta salbiy tomonlarni aytadilar.
40
Boshqa qatnashchilar aniqlash uchun savollar berishlari mumkin. Guruh rahbarining
vazifasi guruhdagi oʻzaro ishonch muhitini buzadigan savollar berilishiga yoʻl
qoʻymaslik.
Maqsad: trening qatnashchilarining oʻz individual xususiyatlarini anglashlari,
guruhning boshqa ahzolari bilan tanishish.
4. «Men kimman?» – trening qatnashchilari oʻzlarini 10 ta qisqa tezislarda
tavsiflaydilar. Ular oʻz nuqtai nazarlarida oʻzlarining individualliklarini tashkil
etadigan har qanday mahlumot haqida axborot berishlari mumkin. Har bir misra «
Men …», deb boshlanadi, soʻngra atrofdagilarga yetkazmoqchi boʻlgan fikrlar
bayon etiladi.
Har bir band bir necha parametrlar boʻyicha qarab chiqiladi: salbiy yoki ijobiy
mulohazalar; shaxsiy yoki ijtimoiy (qatnashchi oʻz xarakteri qirrasi haqida
gapirayaptimi, yoki oʻz ijtimoiy roli haqida fikr yuritayaptimi?); oʻtgan zamon –
hozir zamon – kelajak zamon (mazkur mulohazalar shaxs hayotining qaysi davriga
oidligi).
Maqsad: oʻz ichki resurslari va holatlari analizi malakasini egallash.
5. «Xayrlashuv an’anasi » – Qatnashchilar doira shaklida oʻtirishadi. Har bir
qatnashchi oʻz yonida oʻtirgan sherigi bilan xayrlashadi va unga ezgu tilaklar tilaydi.
Maqsad: guruhdagi muhitni yaxshilash, mashgʻulot haqida iliq xotiralar
qolishini tahminlash.
41
3 – MASHGʻULOT
1. Salomlashish an’anasi .
2. «Tanishuv» – Har bir trening qatnashchisi kun davomida u bilan sodir
boʻlgan bitta ijobiy va bitta salbiy voqeani aytadi.
Maqsad: oʻtgan kun analizi, paydo boʻlgan muammolar haqida mulohaza
yuritish, kun davomidagi ijobiy onlarni anglash, qayd etish. U yoki bu voqeaga
nisbatan oʻz reaktsiyasi haqida boshqalarga axborot berish.
3. «Birinchi tahsurot» – Qatnashchilar odamlar orasida uni birinchi marta
koʻrayotgan kishilar uchun oʻzlarini tavsiflaydilar. Guruh ahzolarining oʻz xatti-
harakati, holati, oʻrni, imo-ishora (jest) va mimikasi haqida yozishlari soʻraladi.
Maqsad: tashqi belgilar orqali oʻz ichki holatini anglash, boshqalarni tashqi
belgilariga qarab «oʻqish» qobiliyatini rivojlantirish.
4. «Birinchi tahsurot» – Guruhda oldingi mashq muhokama etiladi. Guruh
ahzolari bir-birlari haqidagi birinchi tahsurot haqida suhbatlashadilar.
Maqsad: Trening qatnashchilari orasida «teskari aloqa»ni oʻrnatish, oʻzida
birinchi uchrashuvda kishi xarakterini bilish qobiliyati mavjudligini anglash.
5. «Yuzma – yuz» – Guruh ahzolari juftlarga boʻlinadilar va 3-5 minut
oraligʻida bir-birlarining koʻzlariga tikilishadi, ular mashqdagi sherigining bolalikda
qanday boʻlganligini tasavvur qilishga harakat qilishadi. Soʻngra taassurotlar bilan
oʻrtoqlashib, oʻz tasavvurlarining toʻgʻriligini tekshirib koʻrishadi.
Maqsad: trening qatnashchilarida shaxslararo aloqa oʻrnatish, ayni paytda
vujudga kelayotgan qiyinchiliklarga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan bolalik
xotiralariga qaytish.
6. «Xayrlashuv an’anasi ».
42
4 – MASHGʻULOT
Dostları ilə paylaş: |