53
3. Siz oʻzingizga yoqadigan ish bilan mashgʻulsiz va bu ishni yaxshi uddalashingizga
ishonasiz. Kimdir: «Menga bu ish yoqmadi» - deydi. Siz bunday vaziyatlarda
odatda:
a) «Siz toʻnkasiz» - deysiz.
b) «Men bu ishni yaxshiroq bahoga loyiq deb oʻylayman» - deysiz.
v) «Siz haqsiz, lekin aslida men boshqacha fikrdaman» - deysiz.
g) «Men buni eng yuqori daraja, deb hisoblayman. Siz nimani ham tushunardingiz»
- deysiz.
d) Oʻzingizni ranjigan sezasiz, unga hech narsa deb javob qaytarmaysiz.
4. Siz olib keldim deb oʻylagan narsangizni aslida unitib qoldirganingiz mahlum
boʻldi. Kimdir Sizga: «Qanaqa merovsiz, agar yelkangizga yopishtirib
qoʻyilmaganida boshingizni ham unitib qoldirardingiz» - deydi. Siz bunday
vaziyatlarda odatda:
a) «Har qalay sizdan koʻra esliroq boʻlsam kerak. Bundan tashqari, Siz buni
tushunarmidingiz» - deysiz.
b) «Ha, Siz haqsiz. Gohida men oʻzimni shunaqa tutaman» - deysiz.
v) «Agar kimdir merov boʻlsa, bu Sizsiz!» - deysiz.
g) «Hammadayam kamchilik boʻlishi mumkin. Men faqat biror narsani unutganim
tufayligina bunday bahoga loyiq boʻlishim notoʻgʻri» - deysiz.
d) Hech narsa demaysiz va umuman bu mulohazani ehtiborga olmaysiz.
Dostları ilə paylaş: