39
9. Konfedentsiallik tamoyili
: Guruhda kechadigan voqealarni, guruh
qatnashchilari haqidagi mulohazalarni mashgʻulotda qatnashmayotgan kishilar bilan
muhokama qilmaslik, sir tutish. Faqat oʻz harakatlari va kechinmalar haqidagi
gapirish mumkin.
10. Erkin tanlov tamoyili
: Bu tamoyil qatnashchilari mashgʻulotga koʻngilli
ravishda oʻz hoxishlari bilan qatnashishlarini anglatadi. Qatnashchilarning oʻzlari
guruhdan chiqish masalasini hal etishlari muhimdir.
Tashkiliy mashgʻulot davomida guruh qatnashchilari boshqalarga oʻzlari lozim
deb topgan mahlumotlar haqidagina axborot beradilar va oʻzlari uchun maqbul nom
taklif etadilar. Guruh rahbarining maqsadi: guruhda oʻzaro xayrixoxlik muhitini
yaratish va qatnashchilarda koʻpincha ilk uchrashuvlarda paydo boʻladigan ichki
zoʻriqishlarni yoʻqotishga harakat qilish.
2 – MASHGʻULOT
1.
Salomlashish an’anasi – Har bir mashgʻulot guruh ahzolarining soʻrashish
jarayonida bir- birlariga iliq soʻzlar bilan murojaat qilishlari bilan boshlanadi. Ular
bu bilan oʻzlarini hamkorlikdagi ishga tayyorlashadi.
Maqsad: mashgʻulot boshidagi qatnashchilardagi siqiqlik holatlarini
yoʻqotish, atrofdagilardagi ijobiy sifatlarni koʻra olish malakasini oʻzlashtirish.
2.
«Sanoq» –
Mazkur mashgʻulot uchrashuv avvalida qatnashchilardagi ichki
zoʻriqishni yengish uchun qoʻllanadi. Guruh rahbari guruh ahzolari sonidan
oshmaydigan xoxlagan raqamni aytadi. Ushbu raqamga mos miqdordagi
qatnashchilar oʻrinlaridan turishadi. Mashqni bajarishda oʻzaro mutanosib harakat
qilishga
erishish
talab
etiladi,
qatnashchilarning
bir-birlari
bilan
maslahatlashishlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
Dostları ilə paylaş: