Maqsad: oʻz baho mehyorlarini va ichki ustanovkalarini anglash, va ular
toʻgʻrisida guruh ahzolariga axborot berish.
3. «Ola qargʻa» – Qatnashchilar orasidan boshlovchi tanlanadi. U biror-bir
xatti-harakatni namoyish etadi (masalan: oʻynaydi, jahli chiqadi, kuladi va
hokazolar). Boshqalar unga butunlay teskari xatti-harakatni amalga oshirishlari
kerak. Keyin esa boshlovchi almashinadi.
Maqsad: Har bir xatti-harakatning teskari, qarama-qarshi tomoni borligini his
etish, koʻpchilik fikriga qarshi chiqa olish qobiliyati talab etiladigan vaziyatlarda oʻz
xatti-harakatlari analizi.
4. «Dialog» – Guruhning ikki qatnashchisiga oʻzaro dialog vaziyatida ikki xil
vazifa, maqsad qoʻyiladi. Ulardan biri ikkinchisini biror- bir narsaga (Masalan:
uning uyiga kelish; unga kitob javonini tuzatishga, vazifani bajarishga, koʻylak
tikishga yordam berish va hokazolarga) koʻndirishga, ikkinchisi esa unga yordam
berishni butunlay rad etishga harakat qiladi. SHu bilan birga ular suhbat davomida
axloq mehyorlari doirasidan chiqmasliklari, oʻz xoxishlarini ishonchli dalillashlar
asosida bayon etishlari lozim boʻladi. Mashq dialog qatnashchilaridan biri
ikkinchisining fikriga boʻysunmaguncha davom etadi.
Maqsad: oʻz fikr-mulohazalarini, manfaatlarini himoya qila olish malakasini
shakllantirish, bu sohada oʻzida mavjud vositalarni boyitish, ziddiyatli vaziyatlarda
oʻz xatti-harakatini boshqara olish.
5. «Teskari ertak»– Qatnashchilar doira shaklida oʻtirishadi. Ulardan biri
ertak aytishni boshlaydi, ammo u ertakni oxiridan boshlaydi, masalan, «SHunday
qilib, ular uzoq va baxtli hayot kechiribdilar». Uning yonida turgan qatnashchi esa
ungacha boʻlgan voqeani qoʻshib, uning aytganlarini takrorlaydi. Keyingi
qatnashchi ham ungacha boʻlgan voqeani aytib, oʻzidan oldin aytilganlarni
47
takrorlaydi. Oxirgi qatnashchi ertakni boshidan oxirigacha aytib berishi kerak
boʻladi.