See discussions, stats, and author profiles for this publication at:
https://www.researchgate.net/publication/371250008
Boshlang‘ich 1-2-sinflarda o‘quvchilarini vaqt o‘lchov birliklari bilan
tanishtirish va vaqt o‘lchov birliklariga doir masalalar yechishga o‘rgatish
metodikasi
Article
· June 2023
DOI: 10.5281/zenodo.7999891
CITATIONS
0
READS
211
3 authors
, including:
Worldly Knowledge
worldly Knowledge , Uzbekistan
60
PUBLICATIONS
0
CITATIONS
SEE PROFILE
All content following this page was uploaded by
Worldly Knowledge
on 02 June 2023.
The user has requested enhancement of the downloaded file.
Volume 3 issue 2 - 2023
51
Boshlang‘ich 1-2-sinflarda o‘quvchilarini vaqt o‘lchov birliklari bilan tanishtirish va vaqt
o‘lchov birliklariga doir masalalar yechishga o‘rgatish metodikasi
G‘ayrat Xudayberganov
UrDU BTM kafedrasi katta o‘qituvchisi
Gulrux Atajanova
UrDU 192-BT va STI guruhi talabasi
Annotatsiya
Maqolada 1-2-sinf o‘quvchilarini vaqt o‘lchov birliklari bilan tanishtirish va vaqt o‘lchov
birliklariga doir masalalar yechishga o‘rgatish bo‘yicha fikr-mulohazalar yuritilgan.
Kalit so‘zlar
Miqdorlar, vaqt, kun, tun sutka, oy, yil, asr, soat, minut, sekund, arifmetik amallar, masalalar,
yechim.
1-2-sinflarda o‘quvchilar uzunlik, massa, (og‘irlik) hajm, vaqt haqida va ularning o‘lchov
birliklari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar. 1-sinfda o‘quvchilar quyidagi miqdorlar bilan
tanishadilar: uzunlik – santimetr (cm), og’irlik – kilogram, hajm, vaqt haqida va ularning o‘lchov
birliklari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar. 2-sinfda soat, minut, millimeter, kilometr, kvadrat,
detsimetr kabi miqdoriy birliklar bilan tanishadilar. 3-sinfdan boshlab o‘rganiladigan
birliklarning xossalari murakkablashib boradi: asr, sekund, gramm, tonna, sentiner. Misollarni
yechish jarayonida ular baho, qiymat, miqdor, narx, tezlik, masofa, unumdorlik tushunchalari
bilan tanishadilar. Mavzuni o‘rganish jarayonida shunga erishish zarurki, o‘quvchilar o‘zaro
bog‘liq, ammo mutlaqo boshqa-boshqa, mazmunga ega bo‘lgan «miqdor» va «raqam»
tushunchalarini aniq farqiga bora olishlari kerak.
O‘quvchilarda miqdorlar va vaqt tushunchasiga oid bilimlarni shakllantirishda hayotiy
misollarning va tarixiy ma’lumotlarning ahamiyati juda katta xisoblanadi. Kundalik hayotda vaqt
bir voqeani ikkinchi voqeadan ajratib turadi. Vaqt birliklarini taqqoslash, qo‘shish, ayirish
mumkin. Insonning butun umri vaqt bilan, vaqtni o‘lchash, taqsim qilishi, qadrlash o‘quvi bilan
bog‘liq. Vaqt uzluksiz o‘tadi, uni to‘xtatish ham, qaytarish ham mumkin emas. Vaqt oraliqlari
o‘lchanadi. Birlik sifatida qabul qilingan vaqt oralig‘idan bir martagina foydalanish mumkin.
Shuning uchun vaqt birligi muntazam ravishda takrorlanuvchi jarayon bo‘lishi kerak. Xalqaro
sistemada bunday birlik qilib sekund olingan. Sekund bilan bir qatorda vaqtning boshqa birliklari
minut, soat, sutka, yil, hafta, oy, asr ishlatiladi. Yil va sutka birliklari tabiatdan olingan, soat,
minut, sekund birliklari kishilar o‘ylab topgan. Kun va tunning almashinishi Yerning o‘z o‘qi
atrofida aylanishidan, yil fasllarining almashinishi Yerning Quyosh atrofidagi harakati natijasida
sodir bo‘ladi. Yer Quyosh atrofida yil deb ataluvchi vaqt davomida to‘la aylanib chiqadi. Yil
taxminan 365 sutka-yu 6 soatga teng (yil sekundgacha aniqlikka 365 sutka 5 soat 48 minut 46
sekundnu
o‘z
ichiga
oladi).
11111111111111111111
11111
Har bir yangi yilning boshlanishi har xil vaqtga to‘g‘ri kelmasligi uchun uch yil ketma-ket
365 sutkadan (bu yillar “oddiy” yillar deyiladi). “Kabisa” yili deb atalgan to‘rtinchi yilni esa 366
sutka deb hisoblash qabul qilingan. Shunday qilib, kabisa yilda o‘tgan uchta oddiy yilda yig‘ilib
qolgan xatolik to‘la to‘g‘rilanadi. Raqamlari yig‘indisi 4 ga bo‘linadigan yillar kabisa yillar
hisoblanadi, masalan, 1948-yil, 1962-yil va hokazo. Katta aniqlik o‘rnatish maqsadida asriy
yillar (1800, 1900, 2000 va hokazo) uchun maxsus qoida mavjud, ya’ni birinchi ikki raqami 4 ga
Volume 3 issue 2 - 2023
52
karrali bo‘lgandagina bu yillar kabisa yil hisoblanishi haqida va shunga o‘xshash ma’lumotlar
masalalar yechish jarayonida berilib borilishi o‘quvchilar kompetentliklarini rivojlantiradi.
1
1
Birinchi sinfning tayyorgarlik davridayoq “oldin”, “keyin” tushunchalari kiritiladi. Masalan,
to‘rtta faslga doir rasmli ko‘rgazmadan foydalanib
, qaysi fasl oldin keladi
, qaysisi keyin keladi,
degan savollarni tushuntirish mumkin. O‘quvchilar 1-sinfdan boshlab tong, kunduz, kechqurun,
tun bugun, kecha, ertaga tushunchalari bilan tanishib boradilar. Sinfda kalendardan (taqvim)
foydalanish, shu asosda hafta, oy, yil kabi ularning orasidagi bog
‘
lanishni o‘rganish mumkin.
“Vaqt o‘lchovlari” mavzusi bo‘yicha darslarda odamlar turmushida vaqtning qanday rol
o‘ynashini, kichik chaqaloqligidan keksa bo‘lgunga qadar o‘tgan oraliqdagi odamlarning yoshi
bo‘yicha suhbat uyushtirish mumkin.
da vaqt o‘lchov birliklarini o‘rganishga doir
quyidagi misol va masalalar keltirilgan:
111111111111111111111111111
11111
1-sinf matematika darsligning [3, 33-bet] 2-bob 20-darsi “Hafta. Hafta kunlari” deb
nomlangan bo‘lib o‘quvchilarda oldin, keyin, kecha, bugun, ertaga, hafta kunlari kabi
tushunchalarni shakllantirishga asoslangan. Bundan tashqari darslikning boshqa mavzularida
ham vaqt tushunchasini rivojlantirishga oid topshiriqlarni ko‘rishimiz mumkin.
1
-masala.
[ 3, 135-bet] Bir kunda nechta qovun sotildi?
Bu masalada o‘quvchilarga kunning ikki qismdan tashkil topganini, ya’ni tushgacha bo‘lgan vaqt,
hamda tushdan keyingi vaqt haqida tushuntirib o‘tiladi. Tushdan keying sotilgan qovunlar sonini
topish uchun tushgacha sotilgan qovunlar sonidan 13 ni ayriladi va bir kunda nechta qovun
sotilganligini topish uchun tushgacha va tushdan keyin sotilgan qovunlar sonini
qo‘shiladi.
_________________________________________
2-masala.
[3, 158-bet] Nodir Azizga nisbatan maktabga yaqinroq joyda yashaydi. Ular bir vaqtda
uydan chiqib, bir vaqtda maktabga keldi. Kim tezroq yurgan?
1
M.E.Jumayev. Matematika o`qitish metodikasidan praktikum Toshkent “O`qituvchi” 2004-y. 274-bet
Volume 3 issue 2 - 2023
53
Masalada kim tezroq yurgani so‘raglan, lekin buni topish uchun o‘quvchilar qancha vaqt yurgan?
(uyidan bir vaqtda chiqib maktabga bir vaqtda kelishgani uchun bir hil vaqt yurgan) kabi savolga
javob topishimiz kerak bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida o‘quvchilar vaqt va tezlikga oid
tushunchalarga ega bo‘lishlarini talab qiladi. Ya’ni bunda o‘quvchilarga tezlik, yo‘l va vaqt
orasidagi bog
‘
lanishlar tushuntirilishi lozim.
11111
2-sinfda “Vaqt o‘lchovlari”ga oid materiallarni o‘rganishda bolalar vaqt o‘lchovining
asosiy birliklaridan yil, hafta, sutka, soat, minut haqida tasavvurga ega bo‘lishlari kerak.
O‘qituvchi o‘quvchilarni vaqtni aniqlashda soatdan foydalanishga, hodisa qachon boshlangani,
qancha davom etgani va oxirini aniqlashga, tabel kalendardan foydalanishga o‘rgatishi muhim.
2
2-sinf darsligi 2021-yil nashrida vaqt o‘lchov birliklari va vaqt o‘lchov birliklarini o‘rganishga
doir masalalar 7 bob 14-darsdan boshlab berilgan bo‘lib, uni o‘rganishga o‘quv taqvim reja
bo‘yicha 5 soat ajratilgan. 14-dars “Vaqt va vaqt o‘lchov birliklari” deb nomlangan va ushbu
darsda vaqt, soatning qoidalari, soat turlari, soat mili, minut mili kabi tushunchalar berib o‘tilgan.
1111111111111
1- masala. [4,156-bet] O‘quvchilarga minut mili va soat milini tushuntirish uchun mo‘ljallangan.
Mavzu bo‘yicha tushuncha beriladi. Minut mili bir marta aylanguncha 1 soat vaqt o‘tadi. Minut
mili yarim aylanguncha yarim soat vaqt o‘tadi. Bu holatda minut mili 6 sonini ko‘rsatadi.
Berilgan rasmlarga qaraymiz. Uni yarim deb ataymiz va quyidagi ko‘rinishda yozamiz: 7:30.
Agar minut mili (katta qizil tayoqcha) 6 sonini ko‘rsatib, soat mili( kichik qizil tayoqcha) 7 va 8
sonlari orasida bo‘lsa, soat 7 dan o‘ttiz miunt o‘tdi yoki 7 yarim bo‘ladi deb
aytiladi.
11111111111111111111111111111111111111111111111
11111
2- masala. [10, 158-bet] Rasmlarga mos keluvchi vaqtlarni aytamiz.
Bu masalada tungi soat va kunduzgi soat aytilishi va yozilishi orasidagi farq o‘rgatiladi.
Chap tomondagi rasmda 22:00, o‘ng tomondagi rasmda 10:00. Tush vaqtigacha bo‘lgan vaqtlar
1:00 dan boshlanib 12:00 gacha davom etishi, tushdan keying vaqtlar esa 13:00 dan to 24:00
gacha belgilanishini o‘quvchilarga eslatgan holda, hamda elektron soatlar orqali ko‘rgazmali
ravishda yechishga o‘rgatishimiz mumkin.
3-topshiriq.
[10,
159-bet]
Kun
tartibi.
111111111111111111111111111
Kun tartibi bo‘yicha darslikdagi savollar asosida savol-javob qilinadi. O‘quvchilar savollarga
bajaradigan ishlarining vaqtini aytish orqali javob berishadi. Topshiriqni bajarayotganda
vaqtlarning soat, minutlari to‘g‘ri aytilishi va yozilishiga e’tibor qaratiladi.
Bolalarda vaqt haqida tasavvurlar uzoq kuzatishlar, turmush tajribalarining jamlanib borishi
jarayonida asta-sekin rivojlanadi. Vaqt haqidagi dastlabki tasavvurlarni bolalar maktabgacha
2
M.Jumayev. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi. T.:2022-y.167-bet.
Volume 3 issue 2 - 2023
54
bo‘lgan davrdayoq oladilar. Tun va kunning, yil fasllarining almashinishi, bolalar hayotidagi
rejimli
vaziyatlarning
takrorlanishi
vaqt
haqidagi
tasavvurlarni
shakllantiradi.
Dostları ilə paylaş: |