528
XVIII BOB. HUDUDLAR IQTISODIY XAVFSIZLIGINI
TA‘MINLASH
18.1-§. Davlatning hududiy siyosati va mintaqalashtirish
muammolari
Samarali mintaqaviy siyosatni o‗tkazish mintaqalar ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishini chuqur tahlil qilish va tashxislashni talab
qiladi.
Mintaqalashtirish
muammosi
– bu O‗zbekiston
Respublikasi iqtisodiy makonining yagonaligini saqlab qolishdir.
Shu boisdan mintaqaviy darajadagi iqtisodiyotda iqtisodiy
o‗zgarishlar bilan bog‗liq bo‗lgan barcha masalalar markaz bilan
muvofiqlashlashtirgan holda hal etiladi.
Mintaqaviy siyosatning maqsadi mamlakatning yaxlit
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xalaqit beradigan, ijtimoiy
kelishmovchiliklarning paydo bo‗lishiga xizmat qiladigan hududiy
notengliklarni bartaraf etishdan iborat.
Mintaqaviy siyosatni amalga oshirishdan avval, birinchi
navbatda, mamlakatdagi hududiy notengliklarning sabablari
o‗rganiladi. Bunda quyidagilarga e‘tibor berish lozim:
tabiiy-iqlim
sharoitidagi
keskin
tafovutlarning
mamlakatning ayrim hududlari aholisining turmush sharoiti va
tadbirkorlik faoliyatiga ta‘siri;
Dostları ilə paylaş: