3)
barqaror iqtisodiy
o‗sish;
4)
mamlakat raqobatbardoshligini ta‘minlash maqsadida
ilmiy-texnikaviy salohiyatni rivojlantirish va uni taraqqiy etgan
dunyo mamlakatlari darajasida bo‗lishini ta‘minlash;
5)
mamlakat mudofaa qobiliyatini ta‘min etuvchi mudofaa
sanoati
kompleksini
rivojlantirish
va
uning
salohiyatini
mustahkamlash;
6)
aholi turmush farovonligi darajasi va sifatini yaxshilash.
Harakatlar strategiyasi va mamlakatni 2030-yilgacha bo‗lgan
muddatda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish konsepsiyasida
mamlakatning tashqi iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash va uni
615
baholash borasida ma‘lum ko‗rsatkichlar nazarda tutilgan.
Xususan, tashqi iqtisodiy xavfsizlikni baholash borasida quyidagi
ko‗rsatkichlardan foydalaniladi:
1)
dunyo yalpi ichki mahsulotida O‗zbekiston YAIMning
ulushi;
2)
mamlakatning, shu jumladan, davlatning tashqi qarzi;
3)
kapitalning sof olib kirilishi yoki olib chiqib ketilishi;
4)
mamlakat hududlarining iqtisodiy integratsiyalashuv
darajasi;
5)
import operatsiyalariga nisbatan mamlakat oltin-valyuta
zaxiralarining nisbati;
6)
eksport va importning fizik hajmi indeksi;
7)
savdo balansi saldosi;
8)
importning
tovar
resurslari
hajmida
iste‘mol
tovarlarining ulushi va shu kabilar.
Mamlakat va dunyo miqyosida davlatning samarali siyosatini
amalga oshirish orqali mazkur ko‗rsatkichlarga erishishni ta‘min
etish mumkin. Shu sababli ham mazkur ko‗rsatkichlarga
mamlakat va dunyo miqyosida iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash
darajasiga ko‗p jihatdan bog‗liq bo‗ladi.
Tashqi iqtisodiy xavfsizlik holatini baholash mamlakat
iqtisodiyotini ichki va tashqi muhitini monitoring qilish, rasmiy
statistik ma‘lumotlarni kuzatish va shu bilan bir qatorda, tashqi
iqtisodiy xavfsizlikka tahdid va xavf-xatarlarni baholash borasida
ekspertlarning xulosalarini hisobga olgan holda, turli davlat va
nodavlat tashkilot-idoralari, markaziy bank, mahalliy o‗z-o‗zini
boshqarish
kengashlari
tomonidan
o‗zlarining vakolatlari
doirasida taqdim etgan ma‘lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni bashoratlash va tahlil qilish
borasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va davlat
616
siyosatini amalga oshirish borasida ma‘lum bir funksiyalarni
amalga oshiruvchi ijro hokimiyati organlari iqtisodiy xavfsizlik
holatini baholash va monitoring qilishni amalga oshiradilar.
Iqtisodiy xavfsizlik holatini tahlil va monitoring qilishning
axborot-tahliliy ta‘minoti o‗zini-o‗zi boshqarish organlari, davlat
tashkilotlarining axborot resurslari, mamlakat milliy xavfsizligi
holati ko‗rsatkichlarini monitoring qilishning axborot-tahlil tizimi,
davlat miqyosida strategik rejalashtirishning axborot tizimi
resurslari bazasi orqali ham ta‘min etiladi.
Iqtisodiy xavfsizlik tizimini samarali boshqarishdan maqsad
barcha davlat institutlari rejalarini amalga oshirish natijasida
erishiladigan yutuqlar, mavjud vakolatlar doirasidagi xavfsizlikni
ta‘minlash bo‗yicha ishlar va uning nazorati bo‗lib hisoblanadi.
Ushbu maqsadlar quyidagilardan iborat:
mamlakat iqtisodiyotiga bo‗ladigan tahdidlarning oldini
olish;
iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash maqsadida xalqaro
hamkorlik;
O‗zbekiston fuqorolarining himoyalanganligi;
O‗zbekiston Respublikasining iqtisodiy mustaqilligi;
jamiyatning ijtimoiy barqarorligi;
aholining
iqtisodiy
va
mulkiy
notengsizligini
qisqartirish;
demografik vaziyatni yaxshilash;
iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini modernizatsiyalash;
yangi qazilma boyliklar konlarini o‗zlashtirish;
bank sohasini rivojlantirish;
617
ilmiy tadqiqot tashkilotlari va milliy innovatsion tizimni
rivojlantirish;
ta‘limning raqobatbardoshligi.
Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun xavfsizlikni
ta‘minlash bo‗yicha quyidagi shartlarga amal qilish kerak:
barcha tadbirlarni huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy
jihatdan kompleks hal qilish lozim;
qabul qilinadigan qarorlarning qonuniyligi;
barcha hokimiyat organlarining o‗zaro hamkorligi;
fuqorolarning
huquqlarini himoya qilish.
Yuqorida
keltirilgan
maqsadlarni amalga oshirish
uchun davlat iqtisodiyotiga
bo‗ladigan
tahdidlarni
o‗z
vaqtida
aniqlash,
davlat
tomonidan
tartibga
solish
chora-tadbirlarini
belgilash,
ijtimoiy
choralarni
qabul
qilish,
innovatsion
faoliyatni
investitsiyalashni moliyalash, eksport uchun yangi mahsulotlarni
ishlab chiqarishni tashkil etish, maqsadli xarajatlarni hamda
barcha bo‗g‗inlarning faoliyatini nazorat qilish kerak. Faoliyatning
huquqiy asosi bo‗lib O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
hisoblanadi.
Bugungi kunda O‗zbekiston Respublikasining iqtisodiy
xavfsizligiga tashqi tahdidlar bo‗lib quyidagilar hisoblanadi:
Jahon
iqtisodiy
tizimida
o‗sib
borayotgan
nobarqarorliklar va miqdor jihatdan tez o‗sib boruvchi turli xil
ziddiyatlar, tavakkalchilik va tahdidlar, global hamda mintaqaviy
tavsifdagi xavf-xatarlar;
618
Mustaqil
O‗zbekiston
taraqqiyotini,
iqtisodiy
qudratining o‗sishini, buyuk davlat sifatida jahon geosiyosiy,
geoiqtisodiy va mintaqaviy jihatdan rolini oshishini ko‗ra
olmaydigan G‗arb davlatlarining ta‘siri;
O‗zbekiston Respublikasiga nisbatan formal va
noformal shaklda olib borilayotgan axborot, moliyaviy va
iqtisodiy urushlarni kuchayishi;
O‗zbekiston
Respublikasi
iqtisodiyotiga
tormoz
bo‗luvchi, inqirozga olib boruvchi turli iqtisodiy konsepsiyalarni,
modellarni, taklif va tavsiyalarni taqdim etilishi;
HVF
va
boshqa
xalqaro
tashkilotlar,
ularning
ekspertlari, mutaxassislari va maslahatchilari orqali mamlakat
milliy boyligini tashkil etuvchi intellektual kadrlarni, g‗oyalarani,
innovatsiyalarni va boshqa potensial resurslarni, mamlakatdan
chiqib ketishini tashkil etish maqsadida mamlakat iqtisodiyotiga
ta‘sir etish;
Xalqaro mehnat taqsimotida va xalqaro savdo-iqtisodiy
munosabatlarda noekvivalent tovar ayirboshlashuvi;
Rivojlanishning iqtisodiy-xomashyo modeliga va tashqi
iqtisodiy konyunkturaga nisbatan yuqori darajada qaramlikni
saqlanib qolishi;
Boshqarib bo‗lmaydigan darajada xorijga yuqori
intellektual, malakali mehnat resurslarining chiqib ketishi;
Xorijiy tovarlar bozorlardan milliy tovarlarni siqib
chiqarishi;
O‗zbekistonda faoliyat yurituvchi xorijiy investitsiya
ishtirokidagi korxonalarning maqsadlarini milliy manfaatlarga
mos tushmasligi;
AQSH dollari kursining mustahkamlanishi;
619
Xorijiy
mamlakatlardagi
xalqaro
savdo-iqtisodiy
tashkilotlarda O‗zbekistonga nisbatan diskriminatsiya siyosatining
olib borilishi;
Transport
infratuzilmasini
eksport-import
operatsiyalarda yetarli darajada rivojlanmaganligi.
Bugungi kunda qator ekspertlar O‗zbekiston uchun eng katta
tahdidlar sifatida tashqi tahdidlarni ta‘kidlab o‗tishadi. Biroq
tashqi tahdidlarni tizimli tavsifi va G‗arb davlatlarning
O‗zbekistonga nisbatan bosimini kuchayishi sharoitida ba‘zi bir
turdagi ichki tahdidlarning roli ham oshib bormoqda.
O‗zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy xavfsizlikni
ta‘minlash va boshqarish organlari va uning mas‘ullari bo‗lib
quyidagilar hisoblanadi:
O‗zbekiston Respublikasining Prezidenti;
O‗zbekiston Respublikasining xavfsizlik kengashi;
O‗zbekiston Respublikasi Parlamenti ( Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi va Oliy Majlis Senati);
O‗zbekiston Respublikasi hukumati;
O‗zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi;
O‗zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
O‗zbekiston Respublikasi Prokuraturasi;
O‗zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;
Qoraqalpog‗iston vazirlar Kengashi;
Viloyatlar, Toshkent shahar va tuman hokimliklari.
Har bir organlarning iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashdagi
faoliyat doirasi, mas‘uliyat chegaralari va vazifalariga ega.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning tashqi iqtisodiy
mexanizmi asosiy e‘tiborni global iqlim o‗zgarishlari, global
tabiiy ofatlar, global yuqumli kasalliklar (koronavirus), jahon
iqtisodiyoti, global raqobat, global moliya, jahon tovar va moliya
620
bozorlaridagi
konyunkturaviy
tebranishlarning
kuchayishi,
axborot xavfsizligi kabi sohalarda vujudga kelishi mumkin
bo‗lgan xavflarga qaratadi.
S&P Global Reyting xalqaro reyting agentligi ham global
retsessiyani 2020-yilning asosiy ssenariysi deb hisoblaydi. Mazkur
agentlikning hisobotida aytilishicha:―Koronavirus pandemiyasi va
moliyaviy bozorlardagi o‗zgaruvchanlik ta‘sirida iqtisodiy o‗sish
sur‘atlarining pasayishi sababli, biz joriy yilda global retsessiyani
prognoz qilmoqdamiz. 2020-yilda jahon iqtisodiyotining o‗sishi 1-
1.5% ni tashkil qiladi. Xususan, Xitoy hukumati tomonidan 16-
mart kuni e‘lon qilingan statistik ma‘lumotlarga ko‗ra mamlakatda
2020-yilning dastlabki ikki oyida sanoat ishlab chiqarishining
pasayishi so‗nggi 30 yil davomida kuzatilgan eng salbiy
ko‗rsatkich bo‗ldi. Yanvar-fevral oylarida sanoat ishlab chiqarishi
o‗tgan yilning shu davriga nisbatan 13,5 foizga pasaygan.
Taqqoslash uchun, dekabr oyida – mamlakatda koronavirus hali
aniqlanmagan paytda, bu ko‗rsatkich 6,9 foizga oshgan. Ushbu
iqtisodiy ko‗rsatkichlarning pasayishi kutilganidan ham yomon
bo‗ldi, jumladan, savdo sohasida 20,5 foizga, asosiy kapitalga
investitsiyalar esa 24,5 foizga pasaygan. Shuningdek, Xitoydan
eksport qilish hajmi yanvar-fevral oylarida 17,2 foizga kamaygan.
Xitoyda koronavirus bilan zararlanishning avj pallasi yengib
o‗tilgani hisobga olinganda, ekspertlar fikriga ko‗ra ushbu
mamlakat iqtisodiyoti kamida bir necha oydan keyingina normal
holatga qaytishi mumkin.
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash ko‗p jihatdan
tashqi bozorlarda milliy manfaatlarni himoya qilishga qodir
bo‗lgan vositalarning samaradorligiga bog‗liq. Monopolistlarga
qarshi kurashish, soliq imtiyozlari, qayta ishlovchi sanoat
mahsulotlari eksportini imtiyozli kreditlash; ishlab chiqarishning
621
turli sohalarida faoliyat ko‗rsatuvchi tadbirkorlarni qo‗llab-
quvvatlash; resurs tejamkor texnologiyalarni izchil joriy etish
kabilarni ko‗zda tutuvchi va tashqi, ichki bozorlarda mahalliy
ishlab chiqaruvchilarning milliy manfaatlarini himoya qiluvchi
oqilona proteksionistik siyosatni amalga oshirish bu boradagi
samarali mexanizmlardan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini
oshirish,
iqtisodiyotni
innovatsion
yangilash,
ijtimoiy
muammolarni hal etish, umuman olganda, mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishda tashqi savdo siyosatining o‗rni va
ahamiyati tobora ortib bormoqda. Bularning barchasi umumiy
tarzda mamlakatning tashqi iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashga
xizmat qiladi. Mamlakat eksporti va uni diversifikatsiyalash
darajasining yil sayin o‗sib borishi, importning intellektuallashuvi,
mahalliy ishlab chiqaruvchilarning xalqaro kapital harakatining
turli jarayon va ko‗rinishlarida ishtirok etishlari asnosida tashqi
savdo siyosati yaxlit takror ishlab chiqarish jarayoniga tobora
singib bormoqda. Aytish joizki, bugungi kunda mamlakat
iqtisodiy xavfsizligining ichki va tashqi tahdidlari o‗zaro
chirmashib, bir butunlikni tashkil etmoqda, shu bois, iqtisodiy
xavfsizlikni ta‘minlash mexanizmida ichki va tashqi tahdidlarni
birdek baholash talab etiladi.
Bugungi kunda mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy
siyosat yaqin istiqbolda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‗llab-
quvvatlashni, sanoat ishlab chiqarishini mahalliylashtirishni
ko‗zda tutadi. Bularning barchasi mamlakat tashqi iqtisodiy
xavfsizligini ta‘minlashga xizmat qiladi.
O‗zbekiston Respublikasini 2030-yilga qadar ijtimoiy-
iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasida quyidagilar
622
tashqi iqtisodiy siyosat maqsadiga erishishning asosiy
indikatorlari hisoblanadi:
1.
YaIM yiliga o‗rtacha 6-7 % atrofida barqaror
o‗sganda va jahonning o‗rtacha narxlari yiliga 2-3 % o‗sganda
2018-yilda tovarlar eksportini 14 mlrd. AQSH dollaridan
2023-yilda 26 mlrd. AQSH dollarigacha va 2030-yilda 38
mlrd. AQSH dollarigacha oshirish.
2.
Mashinasozlik mahsulotlari eksportini 2023-yilda 1,2
mlrd. AQSH dollarigacha va 2030-yilda 2,8 mlrd. AQSH
dollarigacha, ya‘ni 2017-yilga nisbatan 7 baravardan ortiqqa
oshirish.
Ishlab chiqarish hajmlarini 19,5 mlrd. so‗mga (5,5 baravar
o‗sish), eksport hajmlarini 10 mlrd. AQSH dollariga yetkazish
(7 baravar o‗sish), tashqi bozorlarda xalqaro standartlarga
javob
beradigan
yuqori
texnologik,
raqobatbardosh
mahsulotlar keng nomenklaturasi chiqarilishini ta‘minlash,
respublikani Markaziy Osiyodagi yetakchi to‗qimachilik ishlab
chiqaruvchi mamlakatga aylantirish, xorijiy hamkorlarga
qaramlikni imkon qadar kamaytirish. To‗qimachilik hamda
tikuvchilik va trikotaj buyumlari eksporti hajmi 2030-yilgacha
2020-yilga nisbatan 5-6 baravar o‗sadi va teri mahsulotlari
eksporti hajmi 2030-yilgacha 2020-yilga nisbatan 3,5-4,0
baravar o‗sadi.
3.
2025-yilda turizm eksportini 951 mln. AQSH
dollaridan 2 mlrd. AQSH dollarigacha o‗sishini ta‘minlash.
4.
2030-yilga kelib transport xizmatlari eksportini 2017-
yilga nisbatan 3 baravardan ortiqqa (4,5 mlrd. AQSH
dollarigacha) oshirish.
623
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Oliy Majlisga murojaatnomasida 2021-yilda quyidagi vazifalarni
belgilab berdi:
Jahon savdo tashkilotiga a‘zolik masalasi hamda
Yevropa Ittifoqi bilan keng qamrovli hamkorlik bo‗yicha ishlarni
faollashtirish;
―GSPQ‖ tizimi doirasidagi imtiyozlarni mamlakatimizda
samarali qo‗llash uchun alohida dastur ishlab chiqish ;
Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a‘zo bo‗lgan davlatlar
bozorlarida to‗laqonli ishtirok etish uchun milliy texnik tartibga
solish me‘yorlarini ularning talablariga moslashtirish bo‗yicha
ishlarni jadallashtirish;
korxonalarga xomashyo sotib olish va eksportbop
mahsulotlar ishlab chiqarish uchun Eksportni qo‗llab-quvvatlash
jamg‗armasidan 100 million dollar ajratish;
eksport qiluvchilarga chet elda savdo uylari va do‗konlar
ochish hamda reklama xarajatlarining 50 foizi qoplab berish;
tovar va xizmatlar eksportini kamida 20 foizga oshirish
1
.
Dostları ilə paylaş: |