150. ―Faol tadbirkorlik, innovatsion g‗oyalar va
texnologiyalarni qo‗llab-quvvatlash yili‖ Davlat dasturi
doirasida 21 trillion so‗m va 1 milliard dollarga teng bo‗lgan
qancha loyiha amalga oshirildi?
A) 8130 ta loyiha
B) 131 mingta loyiha
S) 76 mingta loyiha
D) 105 mingta loyiha
151. 2019-yilda davlat byudjeti defitsiti ____ trillion so‗m
atrofida bo‗lishi va yalpi ichki mahsulotga nisbatan ___ foiz
bo‗lishi rejalashtirilmoqda.
A) 4,5 va 1,1
B) 3,7 va 1,1
S) 5,4 va 2,1
D) 4,3 va 1,1
152. 2019-yilda barcha manbalar hisobidan qariyb ____
trillion so‗mlik yoki 2018-yilga nisbatan ____ foiz ko‗p
investitsiyalarni o‗zlashtirish mo‗ljallanmoqda.
A) 123 va 16
B) 138 va 16
S) 134 va 16
D) 136 va 16
666
GLOSSARIY
Axborot xuruji
– jamiyat a‘zolarining ruhiyatiga, xulq-
atvoriga ta‘sir ko‗rsatish.
Aholi bandligi
— mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy
mehnatda qatnashish darajasi, qonunchilikka zid bo‗lmagan tarzda
fuqaroning shaxsiy va ijtimoiy talablarini qondirish bilan bog‗liq
bo‗lgan faoliyati.
Aholi bandligi sohasidagi davlat siyosati
— davlat
tomonidan fuqarolarning mehnatga, to‗liq, samarali va erkin
tanlangan bandlikka bo‗lgan huquqlarini ta‘minlash bo‗yicha
amalga oshiriladigan faoliyat.
Aholining umumiy daromadi
— pul daromadlari va natura
shaklidagi daromadlar hamda doimiy asosda, takrorlanuvchi
xususiyatga ega bo‗lgan, yillik yoki undan kam vaqt oralig‗idagi
davrda uy xo‗jaligi yoki uning alohida a‘zolariga tushadigan
tushumlardan tarkib topadi.
Barqaqorlik
– tinchlik-osoyishtalik va ijodiy mehnat muhiti
qat‘iy, uzil-kesil mustahkam o‗rnatilgan muhim sharoit.
Barqarorlik har qanday bunyodkorlik faoliyatining zamini va
zaruriy sharti hisoblanadi.
Bitim
– fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va
burchlarini belgilash, o‗zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan
harakatlar. Bitimlar bir taraflama, ikki taraflama yoki ko‗p
taraflama (shartnomalar) bo‗lishi mumkin. Bitim tuzish uchun
qonun hujjatlariga yoki taraflarning kelishuviga muvofiq bir
tarafning xohishi zarur va yetarli bo‗lsa, bunday bitim bir
taraflama bitim hisoblanadi. Shartnoma tuzish uchun ikki taraf
(ikki taraflama bitim) yoki uch yoxud undan ko‗p taraf (ko‗p
taraflama bitim) kelishib xohish bildirgan bo‗lishi kerak.
|