See discussions, stats, and author profiles for this publication at



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   224
30 06 2022 . (1)

Devalvatsiya
– milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan 
qadrsizlanishi.
Demarkatsiya
(fransuzcha chegaralarni o‗rnatish) – u yoki 
bu mulohazaning ilmiy yoki noilmiyligini aniqlash mezoni.
Demokratiya
– 
konstitutsiyaviy 
tuzumning 
xalq 
hokimiyatchiligi va siyosiy plyuralizm, fuqarolarning erkinligi va 
tengligi, inson huquqlarining daxlsizligi kabilarini e‘tirof etishga 
asoslangan davlatning siyosiy rejimi.
Denominatsiya
– yangi pul birligini ma‘lum nisbatda eski 
pul birligiga almashtirilishi. O‗zbekistonda milliy valyuta 1994-
yilning 1-iyulidan boshlab muomalaga kiritilganda yangi valyuta 
so‗m eski valyuta-so‗m - kuponga 1 ga 1000 nisbatda 
almashtirilgan edi.
Denonsatsiya
(fr. Denouncer - bekor qilmoq) – xalqaro 
shartnomaning bir tomonlama bekor qilinishi. Denonsatsiya 
shartnomaning o‗ziga muvofiq yoki xalqaro huquqning boshqa 
normalariga ko‗ra amalga oshiriladi. Denonsatsiya shartnomaning 
buzilishi hisoblanmaydi, balki shartnomaning huquqiy bekor 
qilinishi hisoblanadi.
Deflatsiya 
– tovarlar va xizmatlar bahosining pasayishi.
Diversifikatsiya
– ishlab chiqarishning samaradorligini 
oshirish, mahsulot va xizmatlarni sotish bozorlarini kengaytirish 
maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyati sohalarini kengaytirish, 
mahsulot va xizmatlar assortimentlarini ko‗paytirish.
Diniy bag‗rikenglik
– turli din vakillari e‘tiqodidagi mavjud 
aqidaviy farqlardan qat‘i nazar, ularning yonma-yon va o‗zaro 


669 
tinch-totuv yashashi hamda har bir diniy ta‘limotga hurmat bilan 
qarash.
Diniy ekstremizm 
– jamiyat uchun an‘anaviy bo‗lgan diniy 
qadriyatlar va aqidalarni rad etish, ularga zid bo‗lgan g‗oyalarni 
aldov va zo‗rlik bilan targ‗ib qilishga asoslangan nazariya va 
amaliyot; diniy tashkilotlardagi o‗ta mutaassib guruhlarning 
ashaddiy reaksion, dinni niqob qilib olgan, uning qonun-
qoidalariga mafkuraviy tus berib, undan o‗zlarining strategik 
geosiyosiy maqsadlariga erishish yo‗lida foydalanishga qaratilgan 
diniy-siyosiy hodisa.

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin