4.6-rasm. Dunyo iqtisodiyotining globallashuvi.
Globallashuv sharoitida mamlakatlar iqtisodiy xavfsizligi –
ko‗p qirrali tushuncha bo‗lib, hozircha uning yagona talqini qabul
qilinmagan. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida ishlab chiqarish va
tashqi iqtisodiy aloqalar jadallik bilan chuqurlashib, milliy
iqtisodiyotlarning
baynalmilallashuvi
kuchayib
bormoqda.
1
Intеrnеt ma'lumotlari
Jahon
iqtisodiyotining
globallashuvi
Ishlab chiqarish
jarayonlari
baynalmilallashuvi
ning
chuqurlashishi
Xalqaro ishchi
kuchi migratsiyasi
ko‗lamlarining
o‗sishi
Ayirboshlash
jarayonlari
baynalmilallashuvi
ning
chuqurlashishi
Ishlab chiqarish va
iste‘mol hajmlari
o‗sish sur‘atlarining
atrof-muhitga
ta‘sirining o‗sishi
Global
infratuzilmaning
shakllanishi
Ishlab chiqaish
baynalminallashuv
i ning
chuqurlashishi
Ishlab chiqarish
kuchlarining
globallashuvi
118
Bunday sharoitda iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash nafaqat
mamlakat darajasida, balki mintaqa darajasida ham eng muhim
masalalardan biriga aylanib boradi. Globallashuv dunyo
hamjamiyati ishtirokchilari uchun yangi imkoniyatlar yaratish
bilan bir vaqtda, milliy iqtisodiyotlar faoliyatiga salbiy ta‘sir
ko‗rsatadigan xavf-xatar va tahdidlarni ham vujudga keltiradi.
Globallashuv jarayonlari kuchayib borgan sari bunday tahdidlar
miqyosi kengayib, ularni bashorat qilish va bartaraf etish
qiyinlashib boradi. Bir paytning o‗zida ham dunyo hamjamiyatiga,
ham alohida olingan aniq mamlakatga tahdid soladigan yangi
global xavf-xatarlar vujudga keladi.
Shuning uchun ham mamlakat iqtisodiy xavfsizligini keng
xalqaro hamkorliksiz ta‘minlash mumkin emas. Chunki yuzaga
kelayotgan muammolarni faqat milliy vosita va mexanizmlar
yordamida hal etib bo‗lmaydi. Shu bois ―milliy iqtisodiy
xavfsizlik‖ va ―xalqaro iqtisodiy xavfsizlik‖ kabi tushunchalar
o‗rtasida aloqadorlik kuchayib bormoqda. Xalqaro iqtisodiy
xavfsizlikni
ta‘minlash
milliy
iqtisodiy
xavfsizlikni
ta‘minlashning muhim sharti sifatida qaraladi.
Globallashuv mamlakatlar iqtisodiyotini tashqi omillar
ta‘siriga ochiq qilib qo‗yadi. Masalan, XX asr 70-yillarining
o‗rtalarida OPEK a‘zolarining xatti-harakatlari natijasida neft
mahsulotlariga jahon narxlari oshib ketdi. Jahon miqyosida
energiya iste‘molining muntazam o‗sib borganligi va energiya
resurslarining cheklanganligi sharoitida ko‗p mamlakatlar oldida
energetika xavfsizligini ta‘minlash muammosi dolzarb bo‗lib
qoldi.
XX asr 70-yillarining boshlarida Bretton-Vuds xalqaro
valyuta tizimining parokandalikka yuz tutganligi va 1976-yilda
Yamayka kelishuvlari asosida ―suzuvchi‖ valyuta kurslariga
119
o‗tilganligi,
rivojlangan
mamlakatlar
tomonidan
kapital
harakatlari ustidan nazoratni sekin-asta susaytirilganligidan dalolat
beradi.
O‗tgan asrning 80-90-yillarida Lotin Amerikasi va Janubi-
sharqiy Osiyoning bir qator mamlakatlarida sodir bo‗lgan hamda
jahon moliya bozorlarida halokatga olib kelgan inqirozlar
natijasida moliyaviy xavfsizlikni ta‘minlash zaruriyati paydo
bo‗ldi.
Yer yuzi aholisi sonining ko‗payib borishi, buning natijasida
xomashyo va mahsulotlarga bo‗lgan talabning oshishi va natijada
chiqindilarning katta miqdorda to‗planib borishi atrof-muhitga
salbiy ta‘sir ko‗rsata boshladi. Bu jarayonlar global xarakterga ega
bo‗lganligi bois, dunyo miqyosida tahdidga aylanib, ekologik
xavfsizlikni ta‘minlash zaruriyatini keltirib chiqardi.
O‗zbekiston
Respublikasida
va
jahonning
ayrim
mamlakatlarida hamda mintaqaviy guruhlarida iqtisodiy o‗sish
sur‘atlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlaridan ko‗rinadiki, tadqiq
qilinayotgan davrda jahon iqtisodiyoti o‗rtacha yillik 3,5%
o‗sishni tashkil etmoqda. Xususan, jahon xo‗jaligining iqtisodiy
o‗sish sur‘atlari 2012-yilda 3,5 foizga, 2014-yilda 3,4 foizga,
2016-yilda 3,1 foizga, 2018-yilda 3,1 foizga o‗sgan bo‗lsa, 2020-
yilda bu ko‗rsatkich 3,2 foizni tashkil etmoqda. Shuningdek,
tashkilotning prognoz ma‘lumotlariga ko‗ra jahon xo‗jaligining
iqtisodiy o‗sish sur‘atlari 2021-yilda 3,5 foizni 2022-yilda 3,9
foizni tashkil etishi ko‗zda tutilgan.
Tadqiq etilayotgan davrda jahon iqtisodiyotida rivojlangan
davlatlarda iqtisodiy o‗sish sur‘atlarining pasayishi va aksincha,
rivojlanayotgan davlatlarda ayniqsa, Hindiston va Xitoyda o‗sish
sur‘atlarini yuqori darajada ekanligi bilan tavsiflanadi. Natijada
Hindiston YAIM 2018-yilga kelib, 2000-yilga nisbatan 303,1%ga,
120
Xitoy YAIM 412,3%ga o‗sdi. Buning asosiy omili bo‗lib tadqiq
etilayotgan davrda globalizatsiyaning ta‘siri natijasida jahon
mamlakatlari
guruhlari
bo‗yicha
to‗g‗ridan-to‗g‗ri
xorijiy
investitsiyalarni taqsimlanishida rivojlangan davlatlar ulushi 2005-
2007-yillarda 66%dan 2020-yilga kelib 41%ga tushib qolganligi
va aksincha rivojlanayotgan davlatlarning ulushi 30%dan
55%gacha o‗sganligi bilan baholash mumkin.
Tadqiq etilayotgan davrda jahon iqtisodiyotining muhim
mintaqaviy guruhlari bo‗lgan rivojlangan, rivojlanayotgan va
MDH
davlatlarining
iqtisodiy
ko‗rsatkichlariga
nisbatan
O‗zbekiston Respublikasi YAIM hajmini yuqori sur‘atlarda o‗sish
tendensiyasiga ega ekanligi bilan tavsiflanadi. Jahon bankining
ma‘lumotlariga ko‗ra, COVID-19 pandemiyasi va u yuzaga
keltirgan inqiroz butun jahon ishlab chiqarishida 9 trillion AQSH
dollariga teng yo‗qotishlarga, 500 milliondan ortiq ish
o‗rinlarining qisqarishiga sabab bo‗ldi. Afsuski, ushbu salbiy holat
mamlakatimizni ham chetlab o‗tgani yo‗q
1
. Xalqaro valyuta fondi
ekspertlarining
hisob-kitoblariga
ko‗ra
rivojlangan
mamlakatlarning YaIM o‗sish sur‘ati 2021-yilda 5,1% ni 2022-
yilda esa 3,6% ni tashkil etishi prognoz qilinmoqda. Bozor
qiqtisodiyoti shakllanayotgan va riojlanayotgan mamlakatlarning
YaIM 2021-yilda 6,7% ga, 2022-yilda esa 5% ga o‗sishi
kutilmoqda
2
.
Ekologik jihatdan sof texnologiyalarni ishlab chiqarishga
tezkor joriy etish, iqlim o‗zgarishlarining salbiy oqibatlari va uni
keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish tadbirlarini
moliyalashtirishni qo‗llab-quvvatlash va rivojlanish maqsadida
1
.
https://xs.uz/uzkr/post/iqtisodij-erkinlik-va-ochiqlik-orqali-khalqaro-etirof-va-khalq-
farovonligini-taminlash-sari
2
МВФ улучшил прогноз роста ВВП РФ в 2021 году до 3,8%//https ://www .interfax.
ru/business/ 759744
121
rasmiy ko‗mak ko‗rsatish, soliq va soliqqa tortish borasida xalqaro
hamkorlikni mustahkamlash va noqonuniy moliyaviy oqimlarga
qarshi kurashish, xalqaro moliyaviy xavfizlikni ta‘minlash,
qochoqlar va migrantlar bilan bog‗liq muammolarni hal etish
borasida xalqaro hamkorlik aloqalarini kuchaytirish talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: |