See discussions, stats, and author profiles for this publication at


-rasm.Iqtisodiy xavfsizlikka tashqi tahdid omillari tarkibi



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   224
30 06 2022 . (1)

 
4.4-rasm.Iqtisodiy xavfsizlikka tashqi tahdid omillari tarkibi

Eksport tovarlariga narxlarning keskin pasayib ketishi yoki 
aksincha, import tovarlariga narxlarning keskin ko‗tarilib ketishi 
tashqi bozorga g‗oyatda bog‗liq bo‗lgan iqtisodiyot uchun o‗ta 
xavfli hisoblanadi. 
O‗zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasida asosiy 
tahdidlar rasmiy holda ta‘riflangan. Mudofaa doktrinasiga 
muvofiq tahdidlar ularning sabablari vujudga keladigan joyga, 
ya‘ni mamlakat iqtisodiyotida yoki undan tashqarida paydo 
bo‗lishiga qarab ichki va tashqi tahdidlarga bo‗linadi. Xavfsizlik 
obyektlariga ichki va tashqi tahdidlarni aniqlash O‗zbekiston 


109 
Respublikasi xavfsizlik kengashining asosiy vazifalaridan biridir. 
Milliy iqtisodiy xavfsizlikka ichki tahdidlarning manbalari 
mamlakat hududida, tashqi tahdidlarning manbalari esa davlat 
chegaralaridan tashqarida joylashgan. Iqtisodiy ichki tahdidlar 
mazkur mamlakat holati, mamlakatdagi siyosiy jarayonlarning 
tavsifi, iqtisodiy yo‗naltirilganlik darajasi, mamlakatda tabiiy 
resurslarning
mavjudligi yoki mavjud emasligi va shu kabilar 
bilan shartlangan. Bular jumlasiga o‗z-o‗zini saqlab qolish va o‗z-
o‗zini 
taraqqiyotda 
innovatson 
muqaddimaning 
zaifligi, 
iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning samarasizligi, 
jamiyatni rivojlantirishning og‗riqsiz kechadigan yo‗llarni izlab 
topish uchun qarama-qarshiliklarni ijtimoiy nizolarni yengib 
o‗tishda manfaatlarning oqilona balansi (muvozanati)ni topishini 
uddalay olmaslik kabilar kiradi.
Yuqorida keltirilgan ichki tahdidlar orasida iqtisodiyot 
tarkibining deformatsiyalashuvining kuchayishi iqtisodiyotga 
sezilarli ta‘sir ko‗rsatadigan tahdidlardan biri bo‗lib hisoblanadi. 
Mamlakatda iqtisodiy o‗sishni ta‘minlash uchun birinchi navbatda 
tarkibiy o‗zgarishlarni amalga oshirish kerak bo‗ladi. Bunday 
o‗zgarishlarning mazmuni ishlab chiqarish bilan talab tarkibi 
o‗rtasidagi mutanosiblikni ta‘minlashda ifodalanadi. Shuni 
hisobga olgan holda O‗zbekistonda olib borilgan islohotlar 
davomida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‗zgarishlarni amalga 
oshirishga alohida e‘tibor berilmoqda. Ayniqsa, iqtisodiyotning 
bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish, real sektor korxonalarini 
qo‗llab-quvvatlash, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va 
texnologik yangilash kabi masalalar birinchi navbatda hal 
etiladigan vazifalar sifatida Harakatlar strategiyasidan o‗rin olgan. 
Mamlakatda investitsion va innovatsion faollikning susayishi 
ham jiddiy tahdidlardan bo‗lib hisoblanadi. Respublikada 


110 
iqtisodiyotga bo‗ladigan bunday tahdidni oldini olish maqsadida 
faol investitsiya siyosati olib borildi. Iqtisodiyotni modernizatsiya 
qilish, texnik va texnologik yangilash, uning raqobatdoshligini 
keskin oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan 
muhim ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo‗yicha Dastur ishlab 
chiqildi. Bu loyihalar yoqilg‗i-energetika, kimyo, neft-gazni qayta 
ishlash, metallurgiya tarmoqlariga, yengil va to‗qimachilik 
sanoati, qurilish materiallari sanoati, mashinasozlik va boshqa 
sohalarga tegishlidir.
Iqtisodiyotni 
modernizatsiyalash, 
islohotlarni 
chuqurlashtirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy 
fondlarni yaratish, amalda faoliyat yuritayotgan texnika hamda 
texnologiyalarni yangilash, ularni qo‗llab-quvvatlash investitsion 
jarayonlarni to‗g‗ri va samarali amalga oshirishga bog‗liq. Shu 
boisdan ham, O‗zbekiston Respublikasi davlat rahbari tomonidan 
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik 
jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va 
ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol 
investitsiya siyosatini olib borishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. 
Buning uchun markazlashgan, markazlashmagan jamg‗armalar 
mablag‗lari, xorijiy investitsiyalar va kreditlarni o‗zlashtirishga 
hamda 
ulardan 
samarali 
foydalanish 
masalalariga 
urg‗u 
berilmoqda.
Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid davlat 
dasturida 2017-yilda sanoat tarmoqlaridagi yirik korxonalarda 
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxini o‗rtacha 8 
foizga qisqartirish va raqobatdoshligini oshirishni nazarda 
tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilab 
berilgan. Shu jumladan, ma‘nan va jismonan eskirgan uskunalarni 
yangilash hamda modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishda 


111 
energiya samaradorligini oshirish, texnologik jarayonlarni 
optimallashtirishga alohida e‘tibor qaratiladi.
Tashqi tahdidlar savdo borasida jahon bozorida o‗zaro 
ta‘sirlashuvi sheriklar bo‗lishi mamlakatning siyosiy va iqtisodiy 
sohadagi 
qarshi 
kurashi, 
global 
iqtisodiy 
va 
boshqa 
muammolarning keskinlashuvi bilan shartlangan. Ular jumlasiga 
jahon narxlari va tashqi savdoning konyunkturasidagi o‗zgarishlar, 
so‗m kursidagi keskin tebranish, kapital chiqib ketishidan ko‗ra, 
kirib kelishidan ortiqligi; katta miqdordagi davlat qarzi va 
korporativ qarzning oshib ketishi, importga haddan tashqari 
qaramlik, xomashyo tovarlarini ortiqcha eksport qilish kiradi.
Tashqi omillar ichki omillar ta‘sirini kuchaytirishi yoki 
zaiflashtirishi mumkin va aksincha. Chunonchi, tashqi omillarning 
uzoq vaqt ta‘sir ko‗rsatish yoki o‗zaro ta‘sirlashuv turlarining 
kengayishi O‗zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi 
iqtisodiy 
o‗sishining 
raqobatbardoshlilik 
va 
fuqarolar 
farovonligining o‗sish sur‘atlaridan ortda qolishiga olib keladi. 
Iqtisodiy xavfsizlikni mustahkamlashning aniq va ahamiyatli 
yo‗llarini asoslab berish va uni ta‘minlovchi kuchlarni aniqlash 
uchun eng muhim bo‗lgan zamonaviy tahdidlarni ajratib ko‗rsatish 
g‗oyat muhimdir. Iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlovchi butun 
tizimning amaliy xatti-harakatini tashkillashtirish, rejalashtirish va 
amalga oshirishning asosi tahdid konsepsiyasini tahlil qilish, ichki 
va tashqi xatar hamda tahdidlarning inqirozli vaziyatlarini hamda 
boshqa nojo‗ya omillarning real va potensial (salohiyatli) 
tavsiflarni baholashdan iborat. Real va potensial tahdidlar tizimi 
doimiy bo‗lmaydi va bunday tahdidlar paydo bo‗lishi hamda 
yo‗qolib ketishi, ko‗payib va kamayib borishi mumkin, bunda 
ularning iqtisodiy xavfsizlik ahamiyati ham o‗zgarib boradi. 


112 
Har xil tarixiy davrlarda milliy xavfsizlikka bo‗lgan 
tahdidlarning turli komponentlari nisbiy ahamiyati o‗zgarib 
boradi. Xususan, hozirda tashqi harbiy agressiyaning imkoniyati 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
uchun 
ichki 
ijtimoiy-siyosiy 
barqarorlikdan, iqtisodiy inqirozdan, ekologik va texnologik 
faoliyatlardan ko‗ra kamroq xavf soladi. Shundan kelib chiqqan 
holda, 
O‗zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizlik 
vazifalari ustuvorliklarini quydagicha belgilab chiqish lozim:
Birinchi o‗rinda – ichki siyosat va ijtimoiy vazifalar – 
shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish, demokratik 
jamiyat va davlat asoslarini qurish turadi.
Ikkinchi o‗rinda – erkin va samarali iqtisodiy rivojlanishni 
ta‘minlash, fuqarolarni farovonligini oshirishdir.
Uchinchi o‗rinda – tashqaridan bo‗ladigan tahdidlardan, 
mustaqilligimiz, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijasida erishilgan 
g‗alabalarimizni himoya qilish zarurati, ya‘ni tashqi tajovuzlarni 
to‗xtatib turish va milliy hududimizdan tashqarida hayotiy zarur 
manfaatlarni ta‘minlash turadi.
Shunday qilib, hozirgi vaqtda O‗zbekiston Respublikasining 
iqtisodiy xavfsizligiga bo‗lgan bosh tahdidlar ichki sohada 
joylashgan va ijtimoiy-iqtisodiy, etnik, ekologik va boshqa 
mazmundagi ichki muammolar bilan belgilanadi. O‗zbekiston 
Respublikasi davlati uchun eng katta xavf-xatarni ichki tahdidlar 
tashkil etadi. Bu quydagi omillarning amal qilishi bilan 
izohlanadi: 

Ichki tahdidlar mamlakat iqtisodiy va ayniqsa, moliyaviy 
kuch-quvvatini zaiflashtirib, armiyani yangi tahdidlarini inobatga 
olgan holda saqlab turishga va modernizatsiyalashga xalal beradi.

Tashqi qarzlarni o‗sishi davlatning iqtisodiy zaifligiga olib 
keladi. Tashqi qarzlar nafaqat byudjet tanqisligi muammosini hal 


113 
eta olmaydi, balki tashqi qarzlarga xizmat ko‗rsatishga 
sarflanadigan xarajatlarning ko‗payishiga olib keladi.

Ichki tahdidlar, mamlakat ichida tovar ishlab chiqarishning 
ichki talabini qondirishga qodir emasligi iqtisodiyotning importga, 
tashqi bozorning tovar va moliyaviy sigmentlariga xos 
konyunkturasiga va birinchi navbatda, oziq-ovqat, mashina va 
uskunalar, xalqaro kreditlar borasidagi qaramlikka olib keladi.

Davlat ichki tahdidlarini bartaraf eta olmasa, faol tashqi 
siyosat olib borishdan, mamlakat ichidagi tovar ishlab 
chiqaruvchilarni himoya qilishdan, raqobatbardosh mahsulotlar 
eksportiga ko‗maklashishdan, yangi tovar bozorlarini egallashidan 
mahrum bo‗ladi. 

Zaiflashib qolgan iqtisodiyot va nochor moliyaviy tizim 
sharoitida davlat xalqaro moliyaviy tashkilotlarga ta‘sir o‗tkazish 
imkoniyatini yo‗qotadi. 

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin