See discussions, stats, and author profiles for this publication at


-§. Iqtisodiy xavfsizlikka ta‘sir etuvchi ichki va tashqi



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   224
30 06 2022 . (1)

4.2-§. Iqtisodiy xavfsizlikka ta‘sir etuvchi ichki va tashqi 
tahdidlar 
Iqtisodiy tahdidlar umumlashtirilgan holda ichki va tashqi 
tahdidlarga ajratilib o‗rganiladi. Iqtisodiy tahdidlar mamlakat 


102 
iqtisodiyoti rivojiga, jamiyat, davlat, xo‗jalik yurituvchi 
subyektlar, fuqarolarning iqtisodiy manfaatlariga bevosita xavf 
tug‗diradi. Bu tahdidlar ijtimoiy takror ishlab chiqarishni izdan 
chiqarib, aholining turmush darajasini pasayib ketishiga olib 
keladi, jamiyat hayotida tanglik holatlarini keltirib chiqaradi, 
ijtimoiy barqarorlikka putur yetkazadi.
Ichki 
tahdidlar 
jumlasiga 
mamlakat 
iqtisodiyotining 
rivojlanishga qodir emasligi, taraqqiyotda innovatsion asoslarning 
zaifligi, qarama-qarshiliklar va ijtimoiy ziddiyatlarni hal etishda 
manfaatlar balansiga erisha olmaslik kabilar kiritiladi. O‗zbekiston 
Respublikasida barcha ichki tahdidlar quyidagi to‗rtta yirik blokka 
bo‗linadi. 
4.2-rasm. O‗zbekiston Respublikasida iqtisodiy xavfsizlikka 
ta‘sir etuvchi ichki tahdidlar. 
 
Jahon narxlari va tashqi savdodagi o‗zgarishlar, kirib 
kelayotgan kapital (xorijiy investitsiyalar) hajmidan mamlakatdan 
chiqib ketayotgan kapital hajmining ortib ketishi, tashqi qarz 
miqdorining kattalashib ketishi, importga bog‗lanib qolish, 
O‗zbekiston Respublikasi iqtisodiy 
xavfsizligiga ichki tahdidlar 
Ishlab 
chiqarish va 
texnologik 
tavsifdagi 
tahdidlar 
Moliyaviy 
tahdidlar 
Tashkiliy 
huquqiy 
tahdidlar 
Ijtimoiy 
sohadagi 
tahdidlar 


103 
eksport tarkibida xomashyo mahsulotlari ulushining oshib ketishi 
tashqi tahdidlar qatoriga kiradi. 
Agar mamlakat ichidagi tahdidlarning oldi olinmasa, ular 
bartaraf etilmasa, ichki tahdidlar iqtisodiyotni tashqi tahdidlarga 
sezuvchan qilib qo‗yadi. Ichki tahdidlar davlatni iqtisodiy va 
moliyaviy jihatdan zaiflashtirib, harbiy sohada tahdidlarni 
kuchayishiga olib keladi. Davlatning iqtisodiy jihatdan zaif 
bo‗lishi mamlakatni xalqaro moliyaviy tashkilotlarga qaram bo‗lib 
qolishiga olib keladi. Bunda davlatning byudjet mablag‗lari 
ijtimoiy majburiyatlarni bajarishga, masalan, byudjet sohasi 
xodimlariga ish haqi to‗lash, pensiya, nafaqalar berishga ham 
yetmay qolishi mumkin. Ichki tahdidlar milliy tovar ishlab 
chiqaruvchilar tomonidan ichki talabni qondira olmaslik natijasida 
iqtisodiyotni importga, tashqi bozor konyunkturasiga bog‗liqligini 
kuchaytirib qo‗yadi. Davlatning ichki tahdidlarga qarshi turish 
qobiliyatining sust bo‗lishligi uni samarali tashqi siyosat olib 
borishdan mahrum qilib qo‗yadi va milliy tovar ishlab 
chiqaruvchilarni qo‗llab-quvvatlay olmaydi, raqobatbardosh 
mahsulotlar eksportini rag‗batlantirib, yangi tovar bozorlarini 
egallay olmaydi. 
Iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soluvchi ichki omillarga 
quyidagilar kiradi: 
- ilgarigi tizimdan biryoqlama, tarkibi deformatsiyalashgan 
iqtisodiyotning meros qolganligi; 
- ko‗pchilik tarmoqlarning qoloq texnologik bazaga, yuqori 
energiya va resurs sig‗imiga egaligi sababli milliy iqtisodiyot 
raqobatbardoshligining pastligi; 
- iqtisodiyotning yuqori darajada monopollashuvi; 
- yuqori darajadagi inflatsiya; 


104 

infratuzilma 
obyektlarining 
yetarli 
darajada 
rivojlanmaganligi va mustahkam emasligi; 
- mineral xomashyo bazalarining kam o‗rganilganligi va 
xo‗jalik oborotiga tortilish imkoniyatlarining yetarli emasligi; 
- mamlakat ilmiy-texnika salohiyatining yomonlashuvi, fan-
texnika rivojlanishining ayrim yo‗nalishlarida ilg‗or o‗rinlarning 
boy berilishi, boshqa faoliyat sohalarida intellektual mehnat 
obro‗sining (prestijining) tushib ketishi; 
- ichki bozorlardan chet el firmalari tomonidan vatanimizdagi 
tovar ishlab chiaruvchilar mahsulotlarining, shu jumladan
iste‘mol tovarlarining siqib chiqarilishi; 
- hududiy separatizm tendensiyasi va boshqarish qarorlarini 
qabul qilishda tarmoq lobbizmining yuqori darajadaligi; 
- investitsion faollikning pastligi; 
- kapital xarajatlar o‗rniga joriy xarajatlarni afzal ko‗rish; 
- sotsial konflikt (ziddiyat)larning kelib chiqish xavfining 
mavjudligi. Bunday ijtimoiy ziddiyatlar mehnatga haq to‗lash 
mexanizmining takomillashmaganligi, ishsizlik darajasining 
yuqoriligi, aholi o‗rtasidagi tabaqalanishning keskinlashib ketishi, 
aholi bilim darajasi va sifatining pasayishi tufayli vujudga keladi
Ichki omillar 
Biryoqlama, deformatsiyalashgan, 
qoloq iqtisodiyotning meros 
qolganligi 
Hududiy searatizm va lobbizmning 
yuqoriligi 
Milliy iqtisodiyot 
raqobatbardoshligining pastligi 
Iqtisodiyotning yuqori darajada 
monopollashuvi 
Investitsion faollikning pastligi 
Ijtimoiy ziddiyatlar kelib chiqish 
xavfining mavjudligi 
Yuqori darajada inflyatsiya 
Qonunchilikning rivojlanmaganligi, 
huquqiy intizomning sustligi 


105 

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin