4.1-rasm. Iqtisodiy xavfsizlikning destruktiv omillari.
Tahlikalar, qarshiliklar va tahdidlarga turli darajalar sifatida
qaraladi.
Qaltis ish (risk) – odatda, xavfsizlik subyektlarining bevosita
faoliyati natijasida vujudga keladigan noqulay va ko‗ngilsiz
vaziyatlarni anglatuvchi xavfning eng kichik ko‗rinishi – turi
hisoblanadi. U doimo qandaydir ehtimollikdir.
Xavf- xatarning manbai o‗zida yomon niyatlarni, zarar
keltiruvchi xossalarga, destruktiv xususiyatlarni yashirin holda
saqlagan va muayyan shart-sharoitlarda yuzaga chiqaradigan
Xavf - xatar – bu salbiy ta‘sirning obyektiv holda mavjud
bo‗lish
imkoniyati
bo‗lib,
uning
natijasida
holatni
yomonlashtiruvchi biror-bir zarar hamda taraqqiyotga xalal
beruvchi dinamika va parametrlar yuzaga kelishi mumkin.
94
sharoit va omillar hisoblanadi. Boshqacha aytganda, xavf-xatar
shaxsga, iqtisodiy yoki tabiiy tizimga nisbatan zarar keltirishi,
tashkillashtirishga putur yetkazish yoki uni to‗liq yo‗q qilib
yuborishgacha boradigan, barqarorlikni buzib tashlashi mumkin
bo‗lgan real yoki potensial (salohiyatli) kuch va omillarning
mavjudligi hamda ta‘sirini ko‗zda tutadi.
Xavf-xatar har xil shakllar va turlarda, xususan, maqsadga
yo‗naltirilgan g‗animlik xatti-harakatlari, odamlarning hayot
faoliyatiga tahdid soladigan xatolarning, mas‘uliyatsiz xatti-
harakatlarning oqibati, tahlika, tabiat va jamiyatga zarar
keltiruvchi ofatlar hamda boshqalar sifatida namoyon bo‗lishi
mumkin. Ushbu atamalar qatorida tahlika xavf-xatarning eng quyi
darajasi hisoblanadi, uning ortida qarshilik turadi, tahdidlar esa
xavfsizlikning eng yuqori darajasidir.
Tahlika
–
ro‗y berishi mumkin bo‗lgan xatar yoki xavf-
xatarni
tug‗dirishga
qodir
bo‗lgan
holatning
ehtimollik
imkoniyatidir. Tahlika yo‗qotishlarning, zarar, ziyon va
boshqalarning ro‗y berishi mumkinligini anglatadi. Qarshilik –
kurashga, bahslashishga kirishish istagi, uydirma xatti-harakatlar
yoki bosim o‗tkazish vositasi, talabidir.
Tahdid – xavfning eng oliy darajasi bo‗lib, unda nafaqat
yaqqol niyat, balki xavfsizlik obyektiga bevosita ziyon yetkazish
qobiliyati va tayyorgarlik namoyon bo‗ladi. Tahdid – zarar
keltirish niyati, xavf-xatar imkoniyatini amalga oshirish
jarayonida dolzarblashgan shaklidir. Tahdid – bu bevosita xavf-
xatar bo‗lib, uning manbai ko‗proq yoki kamroq darajada
aniqlangan bo‗lishi mumkin. Tahdid kimga qarshi yo‗naltirilgan
bo‗lsa, shularning unga tez munosabat bildirishini (reaksiya
qilishini) talab qiladi.
95
Zarar – tizimning tub mohiyatini belgilovchi xususiyatlar
hamda tizim mavjudligining shart-sharoitlari o‗zgarishi natijasida
barqarorligi yoki chidamliligining susayishi hisoblanadi.
Bardoshlilik (chidamlilik)
– tizimning turli vayronkor omillar
ta‘siriga qaramasdan, ko‗ngilsiz oqibatlarning kamaytirilishini
keltirib chiqaruvchi aks ta‘sir choralarni ishga solish yo‗li bilan
yoki ko‗ngilsiz tashqi ta‘sirlarga nisbatan tabiiy qarshilik
natijasida
o‗zining asosiy xususiyatlarini saqlab qolish
qobiliyatidir.
Barqarorlik– tizimga nisbatan sezilarli salbiy ta‘sirlarning
mavjud emasligi yoki uzoq muddat mobaynida bunday ta‘sirlarga
nisbatan uning bardoshliligi ta‘minlanishi natijasida muayyan vaqt
davomida tizimning muhim xususiyatlari saqlanib qolish holati.
Tahdid obyektlariga – tahdid manbai ta‘sir etishi mumkin
bo‗lgan tashkiliy tuzilmalar, jismoniy va yuridik shaxslar, xo‗jalik
subyektining moddiy va nomoddiy aktivlarining hisob birliklari
(texnik va infratuzilma obyektlari, ko‗chmas mulk obyektlari,
tovar va moddiy boyliklar, naqd pullar qimmatbaho qog‗ozlar,
hujjatlashtirilgan majburiyatlar, axborot resurslar va h.k.) kiradi.
Tahdid predmeti – tavakkalchilik hodisasi natijasida
sarflanadigan (yo‗qotiladigan) xo‗jalik subyektining resurslari
(ijtimoiy-iqtisodiy
tizimi)
bo‗lib
hisoblanadi.
Iqtisodiy
xavfsizlikka tahdidlar g‗oyat o‗zgaruvchan, diversifikatsiyalangan
va eng muhimi har doim ham oldindan aniqlash mumkin emas.
Chunki tabiiy muhitning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish holati
omillarining kompozitsiyasi doimiy ravishda o‗zgarib turadi. Shu
boisdan qulay vaziyatda, iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlarni
ta‘riflashda milliy manfaatlarni kamroq yoki ko‗proq darajada
to‗liq tushunishda yuz berishi mumkin bo‗lgan tahdidlarni keltirib
96
chiqaradigan, oldindan aytib bo‗lmaydigan omillarni hisobga olish
zarur.
Agar tahlikalar qarshilikka, qarshiliklar esa tahdidlarga
aylanayotgan bo‗lsa, bu so‗zsiz ravishda iqtisodiy xavfsizlik
tizimidagi jiddiy buzilishlarning belgisidir. Bu holatni dastlab
oddiy misolda ko‗rsatamiz. Har qanday, hatto juda tajribali
haydovchi ham avtomobilning ruliga o‗tirib, katta yo‗lga chiqar
ekan, o‗zining shaxsiy xavfsizligini va o‗z yo‗lovchilarining
xavfsizligini muayyan tahlikaga qo‗yadi. O‗rnatilgan harakat
tezligini oshirayotgan haydovchi xavf-xatarni yuqoriroq darajaga,
ya‘ni qarshilik
darajasiga o‗tkazadi. Agar u mast holda rulga
o‗tirsa yoki mashinani yo‗l harakati qoidalaridagi belgilarga
e‘tibor bermasa, bu o‗zining shaxsiy xavfsizligiga ham,
yo‗lovchilarning xavfsizligiga ham tahdid bo‗lib hisoblanadi.
Xavfsizlik darajalarining xuddi shunday ierarxiyasi piyodalar
uchun ham mavjud. Agar inson ko‗chani piyodalar o‗tadigan
yo‗lak bo‗ylab svetoforning qizil chirog‗ida kesib o‗tsa, bu
qarshilik; agar mashinalar oqimida mumkin bo‗lmagan joyidan
kesib o‗tsa, bu endi tahdid hisoblanadi.
Tahdidlarni milliy yoki xalqaro xavfsizlikning har qanday
muammosiga nisbatan qo‗llanilishi mumkin. Masalan, transmilliy
terrorizm (xususan, tolibonlarning harakati) – bu inson qo‗li bilan
yaratilgan, faqat Amerika hamda sovet maxsus xizmati
faoliyatining mahsuli bo‗lib, u biroz nazoratning bo‗shashtirilishi
oqibatidir.
Iqtisodiy xavfsizlik siyosatining eng muhim komponenti
tahdidlarni
qarshilikka,
qarshiliklarni
tahlikaga
aylanish
texnologiyalarini o‗zlashtirish va ularni oqilona qo‗llay bilishdan
iboratdir.
97
Tahdidlar iqtisodiy manfaatlarga, ularning o‗zgarishlariga,
o‗zgarib borayotgan sharoitlarda ularga tuzatishlar kiritishga,
yangi ustuvorliklar va vazifalarni belgilashga ta‘sir o‗tkazishga
qodir bo‗ladi. Ichki va tashqi tahdidlarning ta‘siri ostida
o‗zgartirish uchun tuzatishlar kiritilgan iqtisodiy manfaatlar
jamiyat va shaxsning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish
bo‗yicha samarali qarorlarni qabul qilish nuqtayi nazaridan
davlatga, mamlakat iqtisodiyotiga, tegishli tuzilmalarga va
hokimiyat organlariga ta‘sir o‗tkazadi. Agar barcha darajalarda
qabul
qilinayotgan
qarorlar
haqiqatan
ham
konstruktiv
xususiyatga ega bo‗lsa, ushbu qarorlarni ro‗yobga chiqarishning
ishonchli mexanizmi joriy etiladi va bu mamlakatning iqtisodiy
xavfsizligini mustahkamlashda ijobiy aks etadi.
Keyingi o‗rinlarda biz xavf-xatarlarning barcha darajalari –
tahlika, qarshilik va tahdidlarni ko‗zda tutgan holda ―tahdid‖
atamasini ishlatamiz. Iqtisodiy xavfsizlik uchun eng ahamiyatli
tahdidlarni aniqlash yetarlicha murakkab masaladir. Tahdidlarning
nazariyada yetarlicha tadqiq etilmaganligi ularni amalda tahlil
qilish va neytrallashning murakkabligi izohlanadi. Iqtisodiy
xavfsizlikka tahdidlarni ko‗rib chiqish chog‗ida zaiflikdan farqlay
bilish, zarur hollarda tadqiqotchilar zaiflik va tahdidlarning tabiati
garchi har xil bo‗lsa-da, ularni bir-biriga tenglashtirib qo‗yadilar.
Mazkur muammolarni oziq-ovqat xavfsizligi misolida ham
ko‗rib chiqish mumkin. Oziq-ovqat mahsulotlari importiga
qaramlik agrosanoat majmuasining zaifligi va inqiroz holatida
ekanligidan dalolat beradi, lekin oziq-ovqat mahsulotlari jahon
bozoridan erkin holda xarid qilinsa, tahdid to‗g‗risida gapirishga
hojat qolmaydi. Agar bu shart bajarilmasa yoki uni buzishning
real imkoniyatlari mavjud bo‗lsa, (masalan, embargo, sanksiyalar,
jahon bozoridagi kamyob, mamlakatimiz importyorlarida zarur
98
mablag‗larning
yo‗qligi),
tahdidlar
sifatida
agrosanoat
majmuasining zaifligi emas, balki aynan sanab o‗tilgan omillar
chiqadi.
Xuddi shu narsa xomashyo va texnologiyalar bozoriga kirish
xavfsizligining ko‗pgina muammolariga tegishlidir: tahdidni
milliy iqtisodiyotda tegishli ishlab chiqarishlarning mavjud
emasligi (xalqaro bozorga qaramlik), balki tegishli mahsulot va
texnologiyalarni sotib olishga xalal berishga qodir bo‗lgan omillar
(masalan, sanksiyalar) keltirib chiqaradi. Bu albatta zaifliklarga
e‘tibor berishga kerak emasligini anglatmaydi (aynan shular
tizimni tahdidlar uchun ochiq qilib qo‗yadi), ammo ularni
tahdidlar bilan tenglashtirish kerak emas.
Tahdid jamiyat, davlat va ularning subyektlari, alohida
shaxsning normal hayot faoliyatiga hamda manfaatlarini ro‗yobga
chiqarishga to‗sqinlik qiluvchi, ziyon-zahmat keltiruvchi, xavf-
xatar tug‗diruvchi omillar, shart-sharoit va voqealiklarni
ifodalaydi. Iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlar g‗oyat o‗zgaruvchan,
diversifikatsiyalangan va eng muhimi har doim ham oldindan
aytish mumkin emas, chunki tabiiy muhitning iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlanish holati omillarining kompozitsiyasi doimiy ravishda
o‗zgarib turadi. Shu boisdan qulay vaziyatda, iqtisodiy
xavfsizlikka tahdidlarni ta‘riflashda milliy manfaatlarni kamroq
yoki ko‗proq darajada to‗liq tushunishda yuz berishi mumkin
bo‗lgan tahdidlarni keltirib chiqaradigan, oldindan aytib
bo‗lmaydigan omillarni hisobga olish zarur. Tadqiqotchilarning
ko‗pchiligi tahdidlarni tasniflash va umumlashtirishga urunadilar
tasniflash ko‗plab ma‘lumotlarga mo‗ljal olish yengilroq bo‗lishi
uchun kerak.
O‗zbekiston Respublikasida jamiyat va uning har bir
fuqarosining xavfsizligiga, yangilanish va taraqqiyot yo‗liga,
99
jahon hamjamiyatiga qo‗shilish yo‗liga solinayotgan tahdidlarni
quyidagi guruhlarga ajratib, tahlil qilish mumkin. Barcha tahdidlar
u yoki bu belgiga (tahdidlarning manbaiga, turiga va boshqalarga)
ko‗ra guruhlarga bo‗linadi va bu quyidagi jadvalda o‗z aksini
topgan.
Tahdidlar kelib chiqishiga ko‗ra fuqarolarning konstitutsion
huquqlariga, erkinliklariga, barqaror turmush darajasi va sifatiga,
fuqarolik jamiyatini rivojlanishiga, davlat suverinitetiga, hududiy
yaxlitligiga, mudofaasiga va davlat xavfsizligiga to‗g‗ridan-to‗g‗i
yoki bilvosita yo‗llar orqali zarar, talofat keltirish imkoniyatlariga
aytiladi.
Dostları ilə paylaş: |