100
subyektining moddiy va nomoddiy aktivlarining hisob birliklari
(texnik va infratuzilma obyektlari, ko‗chmas mulk obyektlari,
tovar va moddiy boyliklar, naqd pullar qimmatbaho qog‗ozlar,
hujjatlashtirilgan majburiyatlar, axborot resurslar va h.k.) kiradi.
Tahdid predmeti – tavakkalchilik hodisasi natijasida
sarflanadigan (yo‗qotiladigan) xo‗jalik subyektining resurslari
(ijtimoiy-iqtisodiy tizimi) bo‗lib hisoblanadi.
Iqtisodiy sohada tahdidlarning manbai bo‗lib, davlat va
jamiyat taraqqiyotiga bog‗liq bo‗lgan, individual va korporativ
manfaatlar emas, balki umumjamiyat manfaatlari bo‗lgan
davlatning iqtisodiy strategiyasini amalga oshirishga tahdid
soluvchi yuridik va jismoniy shaxslar bo‗lib hisoblanadi.
Xavfsizlikka tahdid shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy muhim
manfaatlariga xavf-xatar soluvchi yalpi shart-sharoitlar va omillar
yig‗indisiga aytiladi.
Dostları ilə paylaş: