See discussions, stats, and author profiles for this publication at


-§.Shaxsning hayotiy muhim manfaatlari va uning



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   224
30 06 2022 . (1)

6.2-§.Shaxsning hayotiy muhim manfaatlari va uning 
xavfsizligiga tahdidlar 
Ijtimoiy soha nafaqat iqtisodiy, balki milliy xavfsizlikni 
ta‘minlashda ham muhim o‗rin tutadi, zero, ijtimoiy soha orqali 
shaxs, oila va shu bilan bir qatorda alohida ijtimoiy guruhlar 
hamda yaxlit tarzda jamiyatning manfaatlari va ehtiyojlari 
qondiriladi. Aynan shu joyda shaxs va davlat, shaxs va korxonalar 
o‗rtasidagi turli-tuman ijtimoiy munosabatlarning mustahkamligi 
va o‗zaro hamohangligi jiddiy sinovdan o‗tadi. Aholi daromadlari 
va aholi iste‘molining keskin tabaqalanishi, daromadlari yashash 
minimumidan past bo‗lgan insonlar sonining mutlaq va nisbiy 
o‗sishi natijasida kambag‗allikning ortishi mamlakatning barqaror 
rivojlanishi hamda xavfsizligiga katta salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Kam 
sonli boylar va kam ta‘minlangan fuqarolar sonining ko‗pligini 
ifoda etuvchi jamiyatning mulkiy jihatdan tabaqalanishi ijtimoiy 
sohada mamlakatning xavfsizligiga katta tahdid tug‗diradi. 
Aholining daromad va mulk jihatdan tabaqalanishi barcha 
mamlakatlar uchun xos bo‗lgan holat hisoblansada, mazkur 
tabaqalanish darajasi va turli aholi guruhlari daromadlarining 
o‗zgarish amplitudasi haddan ziyod ortib ketmasligi lozim. Dunyo 
tajribasi shundan dalolat beradiki, agar 10 foiz yuqori daromadga 
ega bo‗lganlar bilan 10 foiz past daromadga ega bo‗lganlarning 
daromadlari o‗rtasidagi farq 1:10 (birmuncha taraqqiy etgan 
Yevropa mamlakatlarida bu ko‗rsatkich 1:6-8 ni tashkil etadi)dan 
oshsa, u holda jamiyat ijtimoiy beqarorlik zonasiga kirib boradi. 
Rasmiy 
statistik 
ma‘lumotlarga 
ko‗ra 
mazkur 
nisbat 


151 
O‗zbekistonda 1:8 ni, ayrim shaharlar va hududlar bo‗yicha esa 
bundan ham ko‗proqni tashkil etadi.
Mamlakatda istiqomat qiluvchi fuqarolarning turmush 
darajasi va sifatining pastligi bilan bog‗liq bo‗lgan muammolar 
jamiyatda ijtimoiy nizolar va zo‗riqishlarni keltirib chiqaradi. 
O‗zbekistonda bozor munosabatlari joriy etilishining dastlabki 
davrlarida aholi daromadlari o‗rtasida tabaqalanishning keskin 
kuchayishi asnosida jamiyatda ijtimoiy nizolar xavfining kelib 
chiqishi yanada kuchaydi.
Shaxs iqtisodiy xavfsizligiga tashqi tahdidlar mamlakat 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur‘atlarining jamiyat ehtiyojlari 
o‗sishiga nisbatan orqada qolishi, siklik o‗zgarishlar, bozor 
konyunkturasidagi tebranishlar, iqtisodiy inqirozlar, ishsizlik va 
inflatsiya darajasining boshqarib bo‗lmaydigan darajalarda o‗sishi, 
hududlar rivojlanishidagi nomutanosiblikning kuchayishi, tabiiy 
yoki inson, kapital resurslarining yetarli emasligi, ijtimoiy sohalar, 
shu jumladan, ta‘lim va sog‗liqni saqlash sohalar rivojlanishining 
past darajadaligi, mamlakatda ijtimoiy-siyosiy vaziyatning 
yomonlashuvi, tabiiy muhitning yomonlashuvi, tabiiy ofatlar, 
favqulodda vaziyatlar hamda jahon iqtisodiyotidagi inqirozli 
vaziyatlar, mamlakat tashqi qarzining haddan tashqari o‗sib 
ketishi sababli ham vujudga kelishi mumkin. 
Iqtisodiy sohada inson shaxsiga nisbatan tajovuz reketda, 
tovlamachilik va firibgarlikda o‗z ifodasini topadi. Shaxsning 
xavfsizligiga nisbatan jinoiy mazmunga ega tahdidlar mamlakatda 
kriminallashuv, 
uyushgan 
jinoyatchilik 
va 
korrupsiyaning 
kuchayishi orqali vujudga keladi. 
Shaxsning o‗ziga bog‗liq bo‗lgan tahdidlar ichki tahdidlar 
hisoblanadi. Bu turdagi tahdidlarga shaxsning o‗z oldiga noto‗g‗ri 
maqsadlar qo‗yganligi; bilim va kasb-malaka darajasining pastligi 


152 
yoki yo‗qligi; kam haq to‗lanadigan ishlarda ishlashi; raqobat 
kurashida sinishi, bozori kasod bo‗lishi; daromadi kam bo‗la turib 
bolalari ko‗p bo‗lishi; tug‗ma nogironlik; insonning jismoniy va 
aqliy imkoniyatlarining cheklanganligi; qariganligi va kasalliklari 
hamda travmalar sababli mehnat qobiliyatini vaqtinchalik va 
butunlay yo‗qotganligi; boquvchisidan ayrilib qolishi; insonning 
qat‘iyatsizlik, sabrsizlik, jizzakilik, shoshqaloqlik, chidamsizlik, 
dangasalik, passivlik va boshqa shu kabi shaxsiy xususiyatlari
insonning yomon xulq va odatlar (axloqsizlik, ichkilikbozlik, 
qimorbozlik va nosog‗lom hayot tarzi)ga moyillik; omadsizlik 
kiradi. Bugungi kunda mamlakatda 12-15 foiz aholi kambag‗al 
hisoblanadi, agar ma‘lumotlarni yanada aniqroq hisob-kitob 
qilsak, bu ko‗rsatkich undan ham yuqori bo‗lishi mumkin. 

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin